Demak, 2007-yilda inflyatsiyaning o‘sish sur‘atlari taxminan 27.3% teng
bo‘lgan. Inflyatsiyaning o‘sish sur‘atlari to‘g‘risida gapirganda,
uning
rivojlanishining boshqa yo‘li ham mavjud. Bu usul << 70 lar qoidasi>>
deb ataladi. Agar har yillik inflyatsiya darajasi ma‘lum bo‘lsa, baxolar ikki
marta oshishi uchun necha yil kerak ekanligini aniqlash mumkin. Buning
uchun 70ni har yilgi inflyatsiya darajasiga bo‘lish kerak. Masalan,
inflyatsiyaning har yillik darajasi 5% bo‘lsa , baxolar darajasi 14 yildan
keyin ikki marta oshishi kerak. Agar har yillik inflyatsiya darajasi 20%
bo‘lsa, baxolar darajasi 3 yildan keyin ikki marta oshishi kerak.
Iste‘mol narxlar indeksidan tashqari inflytsiyni hisoblashning boshqa usullari
ham mavjud.
Ishlab chiqaruvchlar indeksi (Producer Price Index)-ishlab chiqarishni
yetkazish, soliq va boshqa qo‘shimcha ustamalarsiz sof o‘z
qiymatida
ifodalanishini bildiradi, PPIning ko‘rsatkichi vaqt jihatdan CPI ko‘rsatkichidan
oldinroq bo‘ladi.
Yashash xarajatlari indeksi (Cost-of-living Index, COLI)-daromad va
xarjatlarning o‘sishini hisobg olgan holda inflyatsiyani hisoblash usulidir.
YAIM deflyatori (GDP deflator)-bir xil turdagi tovarlar guruhi narxlarini
o‘zgarishi orqali inflyatsiya darajasini hisoblash usuli.
Paashe indeksi-joriy yildagi iste‘mol xarajatlarining o‘tgan yilda huddi shu
assortimentdagi maxsulotlarni olish uchun ketgan xarajatlar summasi nisbatini
ifodalaydi.
Shuni ta‘kidlash kerakki, bu
usul hamma vaqt ham masalan
inflyatsiyaning o‘sish sur‘atlari yuqori (har kuni, oyda o‘zgarib boradigan )
bo‘lsa, qulay hisoblanmaydi. << 70 lar qoidasi >> aholi jamg‘armalarining, real
yoki milliy maxsulot hajmining ikki marta oshishi uchun necha yil kerak
ekanligini to‘g‘ri aniqlab berishga imkon beradi.
Dostları ilə paylaş: