― pul va banklar



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   266
pul va banklar (2)

O`rmolovchi inflatsiya.
Bunda narx-navo sekin o`sadi va
inflatsiya suratlari yiliga 1-3 % dan 5-10 % gacha bo`ladi. Mamlakatda
iqtisodiy o`sish davom etadi, ishsizlik katta bo`lmaydi, bunday inflatsiya
odatda, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarga xosdir. Bu inflyatsiya
aksincha ishlab chiqarishni yanada rivojlantirishni rag`batlantiruvchi omil 
sifatida namoyon bo`lishi mumkin. Pulning qiymati barqarorligidagi
o`zgarish sеzilmasligi mumkin. Masalan 1998 yilda inflatsiya suratlari
Avstriya, Belgiya, Germaniyada – 1.0 %, Ispaniya, Buyuk Bretaniya va 
AQSH da – 2 %, Gresiyada esa 4.8 %ni tashkil etgan. Bulardan tashqari
bu guruhga G`arbiy Yevropaning boshqa mamlakatlari, Kanada, Yaponiya,
Sengapur, Malayziya, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni va boshqalar kiradi. 
Suzib yuruvchi inflatsiya.
Bunda yillik inflatsiya suratlari 10 % dan 100 
% gacha bo`ladi. Mamlakatda narx-navo tezroq o`sa boshlaydi, iqtisodiy 
o``sish suratlari pasayadi, ishsizlik ko`paya boradi. Bunday inflatsiya 
rivojlanayotgan mamlakatlarga xosdir. Masalan 2001 yilda Rossiyada 
inflatsiya – 18 % ni, O`zbekistonda esa – 24 % ni tashkil etgan. 2002 yili 
O`zbekistonda inflyatsiya darajasi ancha pasaydi, uning o`rtacha oylik
miqdori 1.6 %dan iborat bo`ldi. 
Geperinflatsiya.
Bu haddan tashqari kuchaygan inflatsiya bo`lib,
uning yillik o`sish sur‗atlari 100 % dan ko`p bo`lib ayrim holatlarda
1000 % dan ham ortadi. Narx-navo shiddat bilan o`sadi, pul qadri g`oyat
tez pasayadi, pul topishga intilish eng past darajaga keladi. Geperinflatsiya
sharoitida korxonalar va aholi nima qilib bo`lsa xam, chet el
valyutasini yig`ishga xarakat qilishadi. Narx-navoni umuman tartibga 
solib bo`lmay qoladi, narxlar oyiga 50 % dan o`sadi. Tovarlarni sotib 
olishda barter usulida foydalanish vujudga keladi. Pul muomalasi izdan
chiqadi. Geperinflatsiya sur‗atlari 1985 yilda Boliviyada-38000 %, 1990 
yilda Nekaraguada-8500 %, Peruda-8291 %ni tashkil etgan. 1991 yilda SSSR 
parchalanib ketgandan so`ng, sobiq ittifoqdosh respublikalarda ham
geperinflatsiya ro`y berdi. O`zbekistonda esa 1994 yilda inflatsiya darajasi eng 
yuqori cho`qqiga chiqib 1282 % ni tashkil etgan
87
. Inflyatsiyaning kеlib 
87
Z.D.Niyozov ―Pul kredit va banklar‖ S. 2012 – Niyozov Z.D. 


chikish sabablariga qarab uning ikki toifasini ko`rsatish mumkin: talab 
inflyatsiyasi va ishlab chiqarish bilan bog`liq inflyatsiya (taklif inflyatsiyasi). 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin