― pul va banklar



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   266
pul va banklar (2)

82
,%. 
Ushbu statistik ma‘lumotdan shuni ko‘ramizki, Yevropa Markaziy banki pul 
emissiyasini 2008 yildan keyin kamaytirdi. Chunki YMB iqtisodiy inqiroz 
natijasida ishlab chiqarish tushib ketgandan so‘ng inflyatsiyaning oshib ketishini 
prognoz qilib pul emissiyasini qisqartirdi. Bu monetar siyosat YMBning eng katta 
xatosi bo‘ldi deb hisoblaymiz. AQSHda oxirgi besh yilda o‘tkazilgan miqdoriy 
yengillik siyosatining ijobiy natijasini ko‘rib, YMB 2014 yil oxiriga kelib o‘z 
siyosatini o‘zgartirdi va pul emissiyasini maqsad qilib qo‘ydi.
81
Annual report 2014. 
www.ecb.eu
 
82
Annual report 2014. 
www.ecb.eu
 


Jumladan, 2008 yil boshida pul emissiyasi 12 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 
2010 yilga kelib esa 0 foizdan ham pastga tushgan. Bu holat iqtisodiyotning 
rivojlanishiga katta to‘sqinlik qildi. Natijada 2010 yilda boshlab qisman pul 
emissiyasini oshirdi. 2014 yilga kelib pul emissiyasi o‘sish tendensiyasiga ega.
2008-2014 yillarda muomaladagi yevro banknotalarining soni va 
qiymati
83
 
Yevropa Markaziy bankining pul siyosatini doim ijobiy baholab bo‘lmaydi, 
shunga qaramasdan yevro pul birligi butun dunyo davlatlarida katta obro‘ga ega. 
Yevropa Markaziy bankining pul tizimining elementlariga nazar tashlasak 
quyidagilarga voqif bo‘lamiz.
Yevropa Markaziy bankining pul bazasi 2008 yilda 800 mlrd. yevroni tashkil 
etgan bo‘lsa, 2014 yilga kelib esa bu ko‘rsatkich 1200 mlrd. yevroga yaqinlashgan. 
Bu holat YMB tomonidan pul emissiyasini oshirayotganidan va inflyatsiya past 
darajada ekanligidan dalolat beradi.
Shuningdek, Yevropa Markaziy banki emissiya qilgan banknotalar soni 
2008 yilda 10 mlrd. donani tashkil etgan bo‘lsa, 2014 yilga kelib 15 mlrd. donani 
tashkil etgan.
YMB emissiya qilgan banknotalar tarkibiga nazar tashlasak quyidagilarga 
guvoh bo‘lamiz.
83
Annual report 2014. 
www.ecb.eu
  



Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin