Xitoy pul massasi va kreditlarining o‘sishi
75
(2010-2014 yy.,%).
Xitoy Xalq banki iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlash uchun, hamda
birjadagi ortiqcha chet el valyutalarini intervensiya yo‘li bilan olish sababli
muomalada yuan miqdorini doimiy oshirib bormoqda. Jumladan Xitoyda 2014
yilda M2 monetizatsiya koeffitsienti 187 foizni tashkil etgan.
Bu holat dunyoda
Yaponiyadan keyingi ikkinchi o‘rinni egallaydi. Shu sababli hozirda Xitoy tijorat
banklarida kredit resurslari yetarlicha katta salmoqqa ega. Yuqoridagi rasmdan
ko‘rishimiz
mumkinki, 2010 yildan 2014 yilga qadar Xitoy iqtisodiyoti bir
maromda saqlangan, shu sababli tijorat banklarining kreditlash hajmi, qabul qilgan
depozitlari hajmi bir maromda bo‘lib kelmoqda. Shunga qaramasdan, Xitoy tijorat
banklarining kreditlash salohiyati dunyoda eng yuqori o‘rinda turadi.
2014 yil noyabr oyidan boshlab Xitoy hukumati bank tizimida islohotlarni
yanada chuqurlashtirish hamda ularni yanada erkinlashtirish
chora-tadbirlar
doirasida kredit va depozit foiz stavkalarini tijorat banklari ixtiyoriga sekinlik bilan
topshirish yo‘lga qo‘yildi.
Dostları ilə paylaş: