― pul va banklar


Xitoy va Global iqtisodiyotning o‘zgarish dinamikasi



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   266
pul va banklar (2)

Xitoy va Global iqtisodiyotning o‘zgarish dinamikasi
73
 (2010-2014 yy.,%) 
Yuqoridagi rasmda jahon iqtisodiyoti hamda Xitoy iqtisodiyotining YaIM 
o‘sish ko‘rsatkichlari namoyon bo‘lgan. 2008 yilda AQSHda boshlangan iqtisodiy 
inqiroz qolgan davlatlarga ham yoyildi. Shunga ko‘ra ko‘pchilik rivojlangan va 
rivojlanayotgan davlatlar iqtisodiyoti qiyin vaziyatga tushib qoldi. Bu murakkab 
vaziyatdan ko‘pgina davlatlar hali hanuz chiqib keta olgani yo‘q. So‘zimiz tasdig‘i 
sifatida yuqoridagi rasmdan ko‘rishimiz mumkinki, jahon iqtisodiyotining o‘rtacha 
rivojlanish ko‘rsatkichi yildan-yilga tushish tendensiyasida. Jumladan, 2010 yilda 
bu ko‘rsatkich 5 foiz atrofida bo‘lsa, 2014 yilga kelib esa 3 foiz atrofida bo‘lgan.
Jahon iqtisodiyotidagi inqiroz hatto Xitoy iqtisodiyotiga ta‘sir qilmay 
qolmadi. Oxirgi yigirma yilda Xitoy iqtisodiyoti o‘sish ko‘rsatkichi ikki xonali 
raqam bilan ifodalangan bo‘lsa, 2010 yildan boshlab hozirga qadar bu davlat 
iqtisodiyoti orqaga ketmoqda. Jumladan, 2010 yilda Xitoy YaIM o‘sish 
ko‘rsatkichi 10 foizdan ortiq bo‘lgan bo‘lsa, 2014 yilga kelib 7,4 foizga tushgan. 
Xalqaro Valyuta fondi ekspertlarining fikricha agar iqtisodiy islohotlar o‘z vaqtida 
amalga oshirilmasa, Xitoy iqtisodiyotining o‘sish ko‘rsatkichi 2015 yilda 7 foizga 
tushishini taxmin qilmoqda. 
Xitoy iqtisodiyotining pasayishiga sabab jahon iqtisodiyotining pasayishi 
bilan izohlanadi. Chunki Xitoy aholisi dunyo aholisining taxminan beshdan bir 
qismini tashkil etsada ichki iste‘mol darajasi ya‘ni yalpi ichki talab pastligicha 
qolmoqda. Shuning uchun ham rivojlangan davlatlardagi ishlab chiqarish Xitoyga 
ko‘chgan, ya‘ni Xitoyda ishchi kuchi arzon hisoblanadi. Buning salbiy tomoni 
shundaki, Xitoy iqtisodiyoti eksportga mo‘ljallangan iqtisodiyotga aylanib qoladi. 
Demak, jahon iqtisodiyotidagi o‘zgarish Xitoy iqtisodiyotidaham ta‘sir qiladi. 
73
Annual report. 
www.cbc.org
  



Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin