Rossiyaning O‘rta
Osiyoga yurishi natijasida, 1865 yilda Toshkent ruslar
qo‘liga o‘tgan. Keyinchalik Buxoro davlatining O‘ra tepa, Jizzax, Samarqand,
Kattaqo‘rg‘on, Urgut kabi shaharlari Rossiya tasarrufiga o‘tgan. Buxoro amiri
Rossiya bilan do‘stlik shartnomasini tuzgan va yarim mustaqil davlat bo‘lib
o‘zining mustaqil pul tizimini saqlab qolgan hamda mustaqil pul siyosatini olib
borgan. O‘sha davrda muomalaga oltin, kumush, mis tangalar chiqarilgan. 1 tillo
Rossiyaning 6 rubl 80 kopeek, 1 tanga (kumush) 15 kopeekka, 1 mis tanga - (mira)
4 kopeekka, pul 1/4 kopeekka tenglashtirilgan. Muomalada ko'proq kumush tanga
ishlatilib, uning kursi 1 tangaga 12 kopeekdan 20 kopeekkacha o‘zgarib turgan.
O‘tgan asrning 90-yillarida Rossiya Toshkent va Qo'qonda, keyinchalik, Buxoroda
o‘z banklarini ochgan.
Muomalaga rus oltin, kumush tangalari va kredit biletlari
kirib kelgan. Buxoroda rus oltin, kumush tangasidan ko‘ra kredit biletlari juda
mashhur bo‘lgan. Buxoro beklariga amirga to‘laydigan soliq va boshqa to‘lov,
in‘omlarini kumush tangada karvonlarda olib kelgandan ko‘ra, kredit biletlarda
olib kelish arzon va oson bo‘lgan. Shuning uchun kumushlar rus kredit biletlariga
almashtirilgan. Rus banklarida kumush tangalar qaytib muomalaga chiqmagan.
Ular Rossiyaga jo‘natilgan va Peterburgdagi zarbxonada qayta ishlatilib rus
kumush tangasi sifatida
muomalaga chiqarilgan
67
.
Kumush monometalizmi Rossiyada 1843-1852 yillarda, Gollandiyada 1847-
1875 yy. da mavjud bo`lgan.
Chor Rossiyada kumush monometalizmi tizimi 1839-1843 yillarda
o‘tkazilgan pul isloxoti natijasida qabul qilingan. Pul birligi kumush rubli bo‘lgan.
Keyinchalik muomalaga kredit biletlari xam chiqarilgan, ular kumush tanga bilan
teng muomalada qatnashgan va erkin tarzda metallga almashtirilgan.
Lekin bu
isloxot sunayotgan krepostnoylik tizimi davlat byudjeti va tashqi savdo balansi
taqchiligi sharoitida pul muomalasini uzoqroq muddatga tartibga sola olmagan.
1853-1856 yillardagi Qrim urushi ko‘p miqdorda qo‘shimcha kredit pullar
emissiyasini talab qildi va natijada ular qog‘oz pulga aylanib qoldi.
Ilk bor oltin monometalizmi (standart) pul tizimi sifatida Buyuk Britaniyada
XVIII asr oxirida qaror topgan va qonun bilan 1816 yilda tasdiqlangan. Ko‘pchilik
boshqa davlatlarda u XIX asrning oxirlarida joriy qilingan: Germaniyada - 1871-
1873 yilda, Shvetsiya, Norvegiya, Daniyada - 1873 yilda, Fransiyada - 1876-1878
yilda, Avstriyada - 1892 yilda, Rossiya za Yaponiyada - 1897 yilda, AQSh da -
1900 yilda.
Oltin tanga standarti kapitalizmning erkin raqobatiga juda mos kelgan, ishlab
chiqarish,
kredit tizimi, jaxon savdo kapitali kelib chiqishining rivojlanishiga
yordam bergan.
Dostları ilə paylaş: