Har bir valyuta uchun birinchi qatorlar – bu
ikki xil usulda kvotalanadigan,
2003 yil 5 fevral chorshanba kundagi spot valyuta kursidir. Masalan, ―Euro‖
qatoridagi: 1.0795 dollar 1 yevroga va 0.9264 yevro 1 dollarga teng. Amerikaliklar
yevro 1,0795 dollar, yevropaliklar esa dollar – 0.9264 yevroga teng deb
hisoblashishadi. Qiyoslash uchun o‘tgan kun seshanba kunidagi ko‘rsatkichlar
keltirib o‘tilgan. Spot kursidan pastdagi 3ta qatorlar kelajakda (bir,
uch yoki olti
oydan keyin) qo‘llaniladigan spot kurslari uchun.
Manba: Wall Street Journal, Thursday, February 6, 2003, p. С12.
1999-yillarda yevro 1.18 dollar baholangan, lekin
moliyaviy yangiliklardan
olingan ko‘chirmaga ko‘ra 2003 yil 5 fevralda yevro narxi 1.08 dollargacha
tushganligini ko‘rish mumkin. Demak yevro 8 % ga qadrsizlandi:
(1,08-1,18)/1,18=-0,08=-8%
Bir vaqtning o‘zida AQSh dollarining qiymati 1990-yil boshida 0,85
yevrodan 2003-yil 5-fevral holatiga ko‘ra 0,93 yevroga ko‘tarilgan
Dostları ilə paylaş: