― pul va banklar



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   266
pul va banklar (2)

 
 
 
6.2. Pul tizimining elementlari. 
 
amonaviy pul tizimi quyidagi elementlarni o`z ichiga oladi: pul birligi; 
valyuta kursini o‘rnatish qoidalari, baholar masshtabi; pul ko‘rinishlari; emissiya 
tizimi; davlat yoki kredit apparati. 
Pul tizimining tarkibiy qismi milliy valyuta tizimidir. 
Pul biriligi - qonuniy tarzda o`rnatilgan pul belgisi bo`lib, barcha tovarlar 
bahosini o`zaro solishtirish va ifodalash uchun xizmat qiladi. Ko`pincha pul biriligi 
mayda bo`linuvchi qismlarga ajraladi. Kupchilik mamlakatlarda o`nlik bo`linish 
tizimi urnatilgan. Masalan, 1:10:100 (AQSh dollari 100 sentga, 1 funt sterling - 
100 pensga, 1 Indoneziya rupiyasi - 100 sentga teng va x.k) 
Rasman baholar masshtabi o‘zining iqtisodiy ma‘nosini davlat monopolistik 
kapitalizmi rivojlanishi va kredit pullarni oltinga almashinishi to‘xtatilgandan 
so‘ng yo‘qotdi. 1976-1978 yilda o‘tkazilagan Yamayka valyuta isloxoti natijasida 
oltinning rasmiy narxi va pul birliklarning oltin tarkibi bekor qilindi. 
Qonuniy to‘lov vositasi bo‘lgan pul ko‘rinishlari - bular asosan bank kredit 
biletlari, qog‘oz pullar (xazina biletlari) va tangalardir. Masalan,AQSh da 



muomalada quyidagi pullar mavjud: 100, 50, 20, 15, 5 va1 dollarlar, bank biletlari. 
Xazina biletlaridan tashqari 
;
kumush-mis va mis-nikel tangalar (50,20, 10, 5, 1 
sentli) chiqariladi. Buyuk Britaniyada muomalada 50, 20, 10, 5, 1 f. st. 
banknotalar: 1 f. st., 50, 10, 5, 2 pensli, 1 va 1/2 pensli tangalar amal qiladi. Yana 
eski 2 va 1 shilling tagalari yuritiladi, ular yangi 
10 va 5 pensga teng. Agar rivojlangan mamlakatlarda asosan bank biletlari 
chiqarilsa, qator rivojlanayotgan mamlakatlarda ko‘prok xazina biletlari chiqarish 
keng tarqalgan. Masalan, Indoneziyada 50, 25, 10, 5, 1 sent qiymatli, Xindistonda - 
1 rupiya qiymatli xazina biletlari chiqariladi. 
Yuzaga kelgan vaziyat va pul tizimi rivojining yuqorida ko‘rsatilgan 
variantlari tahlili asosida dastlab O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 1993 yil 12 noyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi hududida 
so‘m-kuponlarni muomalaga kiritishni joriy qilish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq 
1993 yil 15 noyabrdan boshlab oraliq valyuta sifatida «so‘m-kupon» 1 so‘m - 1 
rubl nisbatda muomalaga kiritildi. 
1994 yilda milliy valyutaning muomalaga kiritilishi bank tizimi 
rivojlanishining birinchi bosqichini yakunladi va ikkinchi bosqichini boshlab berdi. 
Bu iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan islohotlarda sifat jihatidan yangi bosqich 
boshlanganidan darak berardi. Bu davrda Markaziy bank asosiy e‘tiborni 
makroiqtisodiy barqarorlikni ta‘minlashga va shu asosda iqtisodiy islohotlarni 
chuqurlashtirish va iqtisodiy o‘sish uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratdi. 
Bu davrda pul tizimining huquqiy bazasi mustahkamlanib, bank qonunchiligi 
takomillashtirildi. 1995 yili «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki 
to‘g‘risida»gi Qonuni va 1996 yili O‘zbekiston Respublikasining «Banklar va bank 
faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunining yangi tahrirda qabul qilinishi zamonaviy pul 
tizimini tashkil etilishini, tijorat banklarini xalqaro moliya bozorlariga chiqishini, 
aholi, korxonalar va xorijiy sarmoyadorlarning pul tizimiga bo‘lgan ishonchini 
mustahkamlanishini, barqaror iqtisodiy o‘sishni hamda xalq farovonligini 
oshirilishini ta‘minlashga qaratilgan istiqbollarni belgilab berdi. 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin