2) qo‘shaloq valyuta tizimi – ikki metall o‘rtasidagi o‘zaro nisbat davlat
tomonidan ushbu metallarga bo‘lgan talabga, shuningdek, ushbu davlatdagi
iqtisodiy va siyosiy vaziyatga qarab belgilanadi;
3) nuqsonli valyuta tizimi – metallar iqtisodiy tizimda mavjud bo‘ladiyu,
lekin teng huquqlarga ega bo‘lmaydi. Odatda, davlat kumush valyutaning zarb
qilinishi va foydalanishiga cheklashlar kiritadi.
Faqat bir metallning amal qilishi tizimi sifatidagi monometallizmda ham
ayrim o‘zgarishlar yuz berdi:
1) oltin tangali standart – to‘laqonli oltin valyutaning amal qilishi, unda
tovarlarning qiymati ham ushbu valyuta bilan hisoblanadi;
2) oltin yombili standart – oltin muomalada bulmaydi, lekin unga katta
miqdorlardagi (yombi miqdorida) almashinish amalga oshiriladi;
3) oltin valyutali (oltin devizli) standart – pullarning almashinishi faqat oltin
yombili standartli mamlakatlarning valyutalariga amalga oshiriladi.
Valyuta tizimi - bu, mamlakatlar o‘rtasida valyuta munosabatlarini tashkil
etish shaklidir.
Valyuta tizimi - bu, xo‘jalik aloqalarini baynalmilallashuvi asosida tarixan
shakllangan, valyuta amali bilan bog‘liq iqtisodiy munosabatlar yig‘indisidir.
Valyuta tizimining mohiyati, tashkil etilish shakllari va roli jamiyatning
iqtisodiy tizimi bilan belgilanadi.
Valyuta tizimi davlat, rezident va norezident shaxslarga tashqi iqtisodiy
faoliyatni amalga oshirish uchun sharoit yaratib beradi. Sub‘ektlarning ushbu
faoliyati amalga oshishida valyuta qonunchiligi alohida ahamiyat kasb etadi.
Maxsus adabiyotlarda valyuta tizimlarining 3 ko‘rinishi farqlanadi, ya‘ni
milliy, jahon va hududiy valyuta tizimlari.
Dostları ilə paylaş: