― pul va banklar


Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarda pul agregatlari va



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   266
pul va banklar (2)

 
4. Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarda pul agregatlari va 
ularning tarkibi. 



izning pul ta‘minotida pul bazasidagi o‘sishiga qaramasdan, ko‘paytiruvchi 
pul kamayishini va faqatgina uncha katta bo‘lmagan miqdorda ta‘minlovchi 
pulning oshishini taxmin qiladi.
61
Pul agregatlari – bu pul massasini muqobil o‘lchash imkoniyatini beruvchi 
ko‘rsatkichlardir. Xalqaro amaliyotda quyidagi pul agregatlaridan keng 
foydalaniladi: 
1. M0 – bu agregatni hisoblash uchun Markaziy bank tomonidan muomalaga 
chiqarilgan ya‘ni emissiya qilingan barcha naqd pullar summasidan banklar va 
korxonalarning kassasidagi naqd pullarning qoldig‘I ayirib tashlanadi. Tarqqiy 
etgan mamlakatlar bank amaliyotida M0 hisobga olinmaydi. 
2. M1 = M0 + talab qilib olinadigan depozitlar + yo‘l cheklari. Ayrim 
mamlakatlarda kredit kartalari ham M1 tarkibiga kiritiladi. 
3. M2 = M1 + muddatli depozitlar + jamg‘arma depozitlar. M2 hisoblashda 
summasi uncha katta bo‘lmagan muddatli va jamg‘arma depoztlar olinadi.
4. M3 = M2 + yirik summadagi muddatli depozitlar + deposit sertifikatlari + 
jamg‘arma sertifikati. 
5. M4(L- AQShda) = M3 + davlatning qisqa muddatli obligatsiyalari + 
korporativ obligatsiya + jamg‘arma obligatsiyalar + bank akseptlari + pul bozori 
o‘zaro fondlari paylari.
Taniqli olim F.Mishkenning fikriga ko‘ra Markaziy bank pul agregatlarining 
qisqa muddatli davriy orqalidagi o‘sishini e‘tiborga olmasligi lozim, chunki pul 
agregatlarining qisqa davrda o‘sishi mavsumiy omillar ta‘sisirida bo‘ladi. Shuning 
uchun pul massasining yillik o‘sish sur‘atlarini nazorat qilish lozim. 
Sanoati rivojlangan mamlakatlarning moliya statistikasida pul massasini 
aniqlashda quyidagi asosiy pul agregatlari to‘plamidan (guruhidan) foydalaniladi:
M-1 agregati – muomaladagi naqd pullar (banknotalar, tangalar) va joriy bank 
schyotlaridagi mablag‘larni o‘z ichiga oladi;
M-2 agregati – M-1 agregati va tijorat banklaridagi muddatli va jamg‘arma 
qo‘yilmalaridan (to‘rt yilgacha) tarkib topgan;
M-3 agregati – o‘z ichiga M-2 agregati va ixtisoslashgan kredit 
muassasalaridagi jamg‘arma qo‘yilmalarini kiritgan; 
M-4 agregati – M-3 agregati hamda yillik tijoriy banklarining depozitli 
sertifikatlaridan iborat.
AQSh da pul massasini aniqlash uchun 4 ta pul agregati, Yaponiya va 
Germaniyada – 3 ta, Angliya va Frantsiyada – ikkita pul agregatidan foydalaniladi.
Pul massasi tarkibi va dinamikasini tahlil qilish Markaziy bank tomonidan 
to‘g‘ri pul-kredit siyosati olib borishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Rossiya Federatsiyada muomaladagi jami pul massasi hisob-kitobi uchun 
quyidagi pul agregatlari qo‘llaniladi.
M-O agregati – naqd pullar;
M-1 agregati – M-O agregati va hisob-kitob, joriy va boshqa schyotlar 
(maxsus schyotlar, kapital qo‘yilmalar schyotlari, akkreditiv va chek schyotlari, 
61
Frederic S.Mishkin. The economics of money, banking and financial markets. Pearson Education Limited pp. 
2013. pp. 379-403 


mahalliy byudjet schyotlari, byudjet, kasaba, uyush-malari, jamoat va boshqa 
tashkilotlarning schyotlari, davlat sug‘urta mablag‘lari, uzoq muddatga kreditlash 
fondi) dagi mablag‘lar ti-jorat banklariga qo‘yilmalar va jamg‘arma banklaridagi 
talab qilib olinadigan depozitlarning yig‘indisiga teng;
M-2 agregati – M-1 agregati va jamg‘arma banklaridagi muddatli 
qo‘yilmalardan iborat;
M-3 agregati – M-2 agregati hamda depozitli sertifikatlar va davlat zayom 
obligatsiyalari yig‘indisidan iborat.
Pul massasi tarkibini uning harakatiga qarab ikkiga bo‘lish mumkin, ya‘ni pul 
massasining aktiv qismi – bu pul mablag‘larining xo‘jalik faoliyatidagi turli xil 
shakldagi hisob-kitoblarni olib borish bilan bog‘liq qismi va ikkinchisi passiv qism 
– jamg‘ar-madagi pullar va hisob raqamlardagi qoldiqlar hisoblanadi.
Pul massasi naqd pullardan tashqari muddatli hisob raqamdagi mablag‘ va 
jamg‘armalarni, depozit sertifikatlari, investitsion fondlarning aktsiyalarini o‘z ichiga 
oladi. Pul massasining yuqoridagi elementlari «kvazi» - ―qariyb pullar‖ deb ham 
yuritiladi. Kvazi - pullar likvid aktivlar bo‘lib, ular tez orada pulga aylanishi mumkin.
 
O‗zbekistonda pul massasi quyidagi tarkibiy qismlardan iborat.
M
0
– naqd pullar; 
M
1
– M
0
+ schyotlardagi pul qoldig‗i + mahalliy byudjet mablag‗lari + 
byudjet, jamoa va boshqa tashkilot mablag‗lari;
M2 –M1 + tijorat banklaridagi muddatli jamg‗armalar;
M3 – M2 + sertifikatlar + maqsadli zayom obligatsiyalari + davlat zayom 
obligatsiyalari + xazina majburiyatlari.
Pul agregatlari M1 va M2 ning bir-biridan farqi M2 ning o‗z tarkibiga yaqin 
orada pulga aylanishi mumkin bo‗lgan «kvazi» - qariyb pullarni olishdadir.
Pul massasining turli xil ko‗rsatkichlarini ishlatish pul muo-malasi holatini 
tahlil qilishga turli tomonlardan yondashishga im-kon beradi.
Mamlakat miqyosida pul massasi hajmining o‗zgarishi muomala-dagi pul 
massasining o‗zgarishi natijasi va pulning aylanish tez-lashganligining natijasi 
bo‗lishi mumkin.
Pulning aylanish tezligi – pul muomala va to‗lov vositasi sifa-tida amal 
qilgandagi uning harakat ko‗rsatkichidir. Uning miqdori ni hisoblash qiyin, 
shuning uchun uni hisob-kitob qilishda bil-vosita ma‘lumotlardan foydalaniladi. 
Sanoati rivojlangan mamlakatlarda asosan pul aylanish tez-ligi o‗sishining 
ikki ko‗rsatkichi hisoblanadi:
– daromadlar aylanmasi pulning muomalada bo‗lish tezligi ko‗rsatkichi. Bu 
ko‗rsatkich yalpi milliy mahsulot (yamm) yoki milliy daromadning pul massasiga, 
aniqrog‗i M-1 yoki M-2 pul agregatiga nisbati bilan aniqlanadi. Bu ko‗rsatkich pul 
muomalasi va iqtisodiy rivojlanish jarayoni orasidagi o‗zaro aloqadorlikni ko‗rsatadi; 
– to‗lov aylanmasida pulning aylanuvchanlik ko‗rsatkichi. Bu ko‗rsatkich 
joriy bank hisob raqamlari bo‗yicha o‗tkazilgan mablag‗lar yig‗indisining pul 
massasi o‗rtacha qiymatiga nisbati sifatida aniqlanadi.
Pulning aylanish tezligi o‗zgarishi umumiqtisodiy (iqtisodiyot-ning davriy 
rivojlanishi, iqtisodiy o‗sish, narxlar sur‘atlari), ham to‗la monetar (to‗lov 


aylanmasi tarkibi, kredit operatsiyalari va o‗zaro hisob-kitoblarning rivojlanishi, 
pul bozorida foiz stavka-larning darajasi va h.k. lar) omillariga bog‗liq.
Pul aylanishining tezlashuviga metall pullarning kredit pul-lar bilan 
almashishi, o‗zaro hisob-kitoblar tizimining rivojla-nishi, banklar ishiga EHMning 
kiritilishi, pullik hisob-kitob-larda elektron vositalarning ishlatilishi yordam beradi.
Pul qadrsizlangan hollarda iste‘molchilar pullarining to‗lov qobiliyatini 
saqlab qolish uchun ko‗proq tovarlar ko‗proq xarid qiladilar. Bu esa pul aylanishini 
tezlashtiradi. Boshqa ko‗rsatkichlar o‗zgarmas bo‗lganida pul aylanishining 
tezlashishi pul massasi oshishini bildiradi. 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin