izim deganda o‘zaro bog‘liq elementlarning birligi tushuniladi.
Pul tizimi – bu bir biri bilan o‘zaro bog‘liq holda xarakatlanuvchi va pul
tizimining yaxlitligini ta‘minlovchi elementlarning yig‘indisidir.
Pul tizimi – bu mamlakatda yoki alohida olingan
iqtisodiy hududda pul
muomalasini tashkil qilishning davlat-huquqiy shaklidir.
Pul tizimini obektiv va subektiv asoslari mavjud. Pul tizimining obektiv
asoslariga tovar pul munosabatlarining rivojlanganlik darajasi kiradi. Pul
tizimining subektiv asoslariga to‘lov hujjatlarini va
vositalarini hamda ulardan
foydalanish tartibini qonunchilik hujjatlarida belgilab qo‘yilishi kiradi.
Pul tizimining ikkita jihati mavjud:
1.
Funksional jihat(aspekt) – pul tizimi funksiyanal jihatidan pul
muomalasidan tashkil qilish prinsiplari, shakllari va usullarining yig‘indisidir.
2.
Instituttsional jihat – institutsional jihatdan pul tizimi pul muomalasini
tashkil qiluvchi va tartibga soluvchi institutlarning yig‘indisidir.
Bunday
institutlarga Markaziy bank,
tijorat banklari, kliring markazlari,
hisob uylari kabi
muassasalar kiradi.
Pul tizimini tashkil qilish quyidagi prinsiplar asosida amalga oshiriladi
Dostları ilə paylaş: