― pul va banklar


Davlatlarning belgilangan talablarni bajargan holda Yevropa Ittifoqiga



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   266
pul va banklar (2)

Davlatlarning belgilangan talablarni bajargan holda Yevropa Ittifoqiga 
kirish jarayonlari
79
 
Yil 
EVI ga qo‗shilgan davlatlar 
1999 
Portugaliya, Ispaniya, Irlandiya, Fransiya, Italiya, Germaniya, 
Gollandiya, Belgiya, Lyuksemburg, Avstriya, Finlandiya 
2001 
Gretsiya 
2007 
Sloveniya 
2008 
Malta, Kipr 
2009 
Slovakiya 
2011 
Estoniya 
2014 
Latviya 
2015 
Litva 
Yevroning muomalaga kiritilishi orqali Yevropa Valyuta Ittifoqi o‗zining 
to‗laqonli faoliyatini boshladi. Jumladan Yevropa Markaziy banki YVIga a‘zo 
davlatlarning pul-kredit siyosatlarini muvofiqlashtirib turuvchi yagona markazga 
aylandi. U tomonidan qabul qilinadigan yagona valyuta va kredit siyosatining aniq 
bajarilishi nazorat ostiga olindi. YMBning Boshqaruv Kengashi a‘zo davlatlar 
zaxirasida asosiy foiz stavkalari va pul agregatlarini belgilab, shu bilan bir qatorda 
oltin valyuta zaxiralari ustidan umumiy nazoratni o‗rnatadigan bo‗ldi. Yevroning 
muomalaga kiritilishi natijasida yillar davomida oldindan rejalashtirilgan bir qator 
ijobiy maqsadlarga erishildi: 
1. Asosiy maqsad bo‗lgan narxlar barqarorligiga erishildi. 15 yillik 
muomalada bo‗lish jarayonida yevrohududda barqaror narx darajalariga va past 
darajadagi inflyasiya ko‗rsatkichlariga erishildi.
2. Narxlar barqarorligidan kelib chiqqan holda past darajadagi foiz stavkasiga 
ega bo‗lindi. Past foizlarda pul va kapital bozorlarida kredit resurslarini yig‗ish 
osonlashdi va investitsiya tavakkalchiligini kamaydi.
3. Valyuta Ittifoqi savdo va investitsiyalarni rag‗batlantirdi. Yagona 
valyutaning kiritilishi yevrohududda valyutalarni ayirboshlash bilan bog‗liq 
xarajatlar va tavakkalchiliklarga barham bergan holda, kompaniyalar uchun ichki 
savdo va investitsiyalarda ishonch darajasini oshirdi.
4. Yevro moliyaviy bozorlar integratsiyasini tezlashtirdi. Yevropada 
moliyaviy bozorlarni birlashtirgan holda yagona moliyaviy bozorni tashkil qilish 
va bu orqali iqtisodiyotning real sektoriga qilinadigan qo‗yilmalarda foiz darajasini 
pasaytirishga erishish maqsad qilingan va unga erishilganini ijobiy baholash joiz.
5. Katta valyuta hududi iqtisodiy tavakkalchilik darajalarini pasaytirdi. 
Yevropa Valyuta Ittifoqining ijobiy ta‘sirlaridan biri yirik valyuta hududini tashkil 
79
 
http://en.wikipedia.org/euro/
  


etilishi va buning natijasida, moliyaviy bozorlardagi tavakkalchilik darajasini 
pasayishiga olib kelishi bo‗ldi.

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin