― pul va banklar


O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 2009 yil 1-



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə129/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   266
pul va banklar (2)

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 2009 yil 1-
sentabrda o‘rnatilgan majburiy rezerv me‘yorlari
101
 
Yuridik 
shaxslarning 
talab qilinguncha 
saqlanadigan va 
muddati 

yilgacha bo‘lgan 
depozitlari 
bo‘yicha 
Yuridik 
shaxslarning 
muddati 1 yildan 

yilgacha 
bo‘lgan 
depozitlari 
bo‘yicha 
Yuridik 
shaxslarning 
muddati 3 yildan 
ortiq 
bo‘lgan 
depozitlari 
bo‘yicha 
Yuridik 
shaxslarning 
xorijiy valutadagi 
depozitlari uchun 
15 % 
12 % 
10.5 % 
15 % 
Bu guruhlashning avvalgisidan farqli jihati shundaki 2009 – yil 31 – avgust- 
gacha yuridik shaxslarning muddati 3 yildan ortiq bo‘lgan depozitlari bo‘yicha 
15% lik miqdor belgilangan bo‘lsa 2009 – yil 1 – sentabrdan e‘tiboran bu toifa 
ham 2 guruhga ajratildi va yuridik shaxslarning muddati 1 yildan 3 yilgacha 
bo‘lgan depozitlari bo‘yicha 12 %, yuridik shaxslarning muddati 3 yildan ortiq 
bo‘lgan depozitlari bo‘yicha 10.5 % lik me‘yor o‘rnatildiqolgan guruhlar va 
ularning foiz ko‘rsatkichlari o‘zgarishsiz ya‘ni 15 %lik miqdorda belgilanligini 
ko‘rishimiz mumkin. Hozirgi paytda ham respublikamizda mazkur zaxira 
me‘yorlari qo‘llanib kelinmoqda. 
Markaziy bankning valyuta siyosati uning an‘anaviy pul-kredit 
instrumentlaridan biri hisoblanadi. SHu sababli, valyuta siyosatining pirovard 
maqsadi milliy valyutaning barqarorligini ta‘minlash hisoblanadi. 2016 yilda 
valyuta siyosati milliy valyuta almashuv kursi keskin tebranishlari oldini olishga, 
inflyatsion jarayonlarni jilovlashga hamda mahalliy ishlab chiqaruvchi
korxonalarning ichki va tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini qo'llab-
quvvatlashga yo'naltirildi. Bunda valyuta bozorini samarali tartibga solish 
maqsadida valyuta kursining o'zgarib boruvchi boshqariladigan strategiyasini 
qo'llash orqali so'mning AQSh dollariga nisbatan kursini bosqichma-bosqich 
pasaytirish choralari ko'rildi. 
Mamlakatimiz tashqi savdo operatsiyalarining asosiy qismi AQSh dollarida 
amalga oshirilishini inobatga olib, so'mning boshqa xorijiy valyutalarga nisbatan 
almashuv kurslarini belgilashda operatsion mo'ljal sifatida so'mning AQSh 
dollariga nisbatan almashuv kursidan foydalanildi. Shunga muvofiq, so'mning 
AQSh dollaridan boshqa xorijiy valyutalarga nisbatan almashuv kurslari ushbu 
valyutalarning tashqi valyuta bozorlaridagi AQSh dollariga nisbatan kurslari 
dinamikasi va ichki valyuta bozorida so'mning AQSh dollariga nisbatan almashuv 
101
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki rasmiy sayti 
www.cbu.uz
ma‘lumotlari 


kursi ta'siri ostida shakllandi. Mazkur davrda so'mning Buyuk Britaniya funt 
sterlingiga nisbatan almashuv kursi 11 foizga, evroga nisbatan 2,8 foizga, Xitoy 
yuaniga nisbatan 15,8 foizga, Yaponiya ienasiga nisbatan 17 foizga va Janubiy 
Koreya voniga nisbatan 8,7 foizga pasaydi. Markaziy bank milliy valyuta 
almashuv kursini maqsadli koridor doirasida ushlab turish uchun valyuta bozorida 
xorijiy valyutalarni sotuvchi va sotib oluvchi sifatida qatnashib, valyuta 
operatsiyalarini amalga oshirib bordi.
Markaziy bankning valyuta siyosati bilan pul-kredit siyosati o‗rtasida qarama-
qarshilik tez-tez uchrab turadi. Masalan, respublikamizda tijorat banklariga naqd 
pul tushumi bo‗yicha «naqd pullarni qaytish koeffitsienti» deb nomlanuvchi 
ko‗rsatkich sifatida majburiyat yuklangan. Bundan tashqari respublikamiz tijorat 
banklarining aylanma kassalariga kelib tushgan naqd pullarning asosiy qismi (75-
80%) birinchi darajadi to‗lovlarni (davlat byudjetining kassa ijrosi bilan bog‗liq 
bo‗lgan to‗lovlar) to‗lashga yo‗naltirilmoqda. Natijada, respublikamizning tijorat 
banklarida so‗mdagi naqd pullarning etishmasligi muammosi yuzaga keldi. 
Bunday sharoitda tijorat banklari naqd xorijiy valyutalarni sotib olishdan 
manfaatdor bo‗lmaydi. CHunki naqd xorijiy valyutalarni bank tomonidan sotib 
olinishi uning so‗mdagi chiqimlari summasining oshishiga olib keladi va buning 
oqibatida naqd pullarning etishmasligi muammosi yanada chuqurlashadi. Xorijiy 
mamlakatlarning amaliyotida ham pul-kredit siyosati bilan valyuta siyosati 
o‗rtasidagi qarama-qarshilikni ko‗zatish mumkin. Masalan, Rossiyada 1998-2000 
yillarda milliy bank tizimidagi zaxiralarning o‗sishi sharoitida rubldagi pul 
massasining ma‘lum qismini muomaladan olish imkonini beradigan moliyaviy 
instrumentlar etarli bo‗lmaganligi sababli pul agregatlarining o‗sishi yuz beradi. 
Buning natijasida baholarning o‗sish jadallashdi. SHunday qilib, pul-kredit 
munosabatlarini muvofiqlashtirish uchun Markaziy bank tomonidan pul-kredit 
siyosatining diskont, ochiq bozorlardagi operatsiyalar, majburiy zaxira normalari 
va valyuta siyosati instrumentlaridan foydalaniladi. Ushbu instrumentlardan 
foydalanishdan bosh maqsad mamlakat pul birligi barqarorligini ta‘minlashdan 
iborat. Bunga erishish uchun esa pul bozorida talab va taklifga ta‘sir ko‗rsatish 
orqali muomaladagi pul massasini muvofiqlashtirishdan iboratdir.Markaziy 
bankning valyuta siyosati doirasida amalga oshiriladigan valyuta operatsiyalarining 
uch asosiy turi xalqaro bank amaliyotida keng qo‗llanilmoqda. Ular quyidagi 
operatsiyalardan iboratdir:
1. Valyuta intervensiyasini amalga oshirish maqsadida o‗tkaziladigan 
operatsiyalar. Valyuta intervensiyasi doirasida amalga oshiriladigan valyuta 
operatsiyalari xorijiy valyutani milliy valyutaga sotib olish va sotish 
operatsiyalaridan iboratdir. Respublikamizda intervensiya vositasi sifatida 
ishlatilayotgan bazaviy valyuta AQSH dollari bo‗lganligi sababli, shu maqsadda 
amalga oshirilayotgan operatsiyalar AQSH dollarini sotib olish va sotish 
operatsiyalaridan iboratdir. Odatda, markaziy banklar valyuta intervensiyasining 
samaradorligini ta‘minlash maqsadida intervensiya fondidan sotilgan xorijiy 
valyutadagi mablag‗larning miqdorini va intervensiya hisobarqamining qoldig‗ini 
sir tutadilar. Buning sababi shundaki, valyuta intervensiyasining samaradorligi 
deganda uning vositasida milliy valyutaning xorijiy valyutaga nisbatan almashuv 


kursining favqulodda va keskin tebranishiga barham berilishi hisoblanadi. Agar 
xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar Markaziy bank tomonidan xorijiy valyutani sotish 
hajmining o‗sib borishi sharoitida milliy valyutaning qadrsizlanishi davom 
etayotganligini sezib qolsalar, bu holat valyuta bozorida ruhiy vahima holatini 
yuzaga keltiradi va buning natijasida xorijiy valyutaga bo‗lgan talab keskin ortishi 
mumkin. Bunga xalqaro amaliyotdan ko‗plab misollar keltirish mumkin. Masalan, 
1992 yilning sentyabr oyida G‗arbiy Evropadagi valyuta bozorlarida yuz bergan 
inqiroz natijasida Buyuk Britaniya funt sterlingi va Italiya lirasining nominal 
almashuv kursining keskin pasayib ketishi natijasida ular Evropa valyuta tizimidan 
chiqib ketdi. Buning sababi shundaki, Angliya va Italiya markaziy banklari o‗z 
milliy valyutalari kurslarining favqulodda tebranishiga valyuta intervensiyasi 
orqali barham berishning uddasidan chiqa olmadilar. Masalan, Angliya Markaziy 
banki valyuta intervensiyasi doirasida AQSH dollarini sotish hajmini oshirishi 
bilan London valyuta bozori ishtirokchilari tomonidan AQSH dollarini sotib olish 
hajmi ham oshib bordi. Buning oqibatida valyuta intervensiyasi samara bermadi. 
CHunki bozorda ruhiy vahima kuchli edi. Bu esa, bozorda AQSH dollariga 
nisbatan kuchli talabni yuzaga keltirdi.
2. Hukumatning tashqi qarzini to‗lash bo‗yicha Markaziy bank tomonidan 
amalga oshiriladigan valyuta operatsiyalari. Ma‘lumki, rivojlangan sanoat 
mamlakatlarida, xususan, AQSH, GFR, Fransiyada hukumat xorijiy valyutalarda 
zaxiralarga ega emas, chunki bu mamlakatlarda davlatga tegishli barcha oltin-
valyuta zaxiralari Markaziy bankning balansiga qonuniy asosda o‗tkazilgan. 
Bunday sharoitda hukumatning tashqi qarzi Markaziy bankning balansidagi 
oltin-valyuta zaxiralari hisobidan to‗lanadi. To‗lov amalga oshirilgandan so‗ng, 
Markaziy bank, xorijiy valyutada to‗langan mablag‗ning milliy valyutadagi 
ekvivalentini hukumatning joriy hisobraqamidan chegirib oladi. Hukumatning 
tashqi qarziga xizmat ko‗rsatishning mazkur shakli hukumatning tashqi qarz 
botqog‗iga botib qolishdan saqlaydi. CHunki Markaziy bank hukumatning 
to‗lanishi lozim bo‗lgan tashqi qarzining milliy valyutadagi ekvivalenti mavjud 
bo‗lmagan sharoitda to‗lov topshiriqnomasini qabul qilmaydi. SHu o‗rinda 
ta‘kidlash joizki, hukumatning tashqi qarziga xizmat ko‗rsatishning mazkur 
tartibidan foydalanishda Markaziy bankning iqtisodiy va siyosiy jihatdan 
mustaqilligining ta‘minlanganligi muhim rol o‗ynaydi. Chunki Markaziy 
bankning mustaqilligi to‗liq ta‘minlangan sharoitdagina uning Prezidenti 
hukumatning tashqi qarzini qonuniy to‗lanishini talab qila oladi. Aks holda, 
Hukumat Markaziy bankni tashqi qarzni to‗lashga majbur qiladi. Bunday 
sharoitda hukumat Markaziy bankning kreditlaridan tashqi qarzni to‗lashda 
manba sifatida foydalanishi mumkin. Xalqaro bank amaliyoti tajribalarini 
o‗rganish natijalari shuni ko‗rsatadiki, hozirgi davrda, Markaziy bank o‗zining 
balansidagi oltin valyuta zaxiralarini boshqarishda asosan quyidagi usullardan 
foydalanadi:
– valyuta zaxiralarini diversifikatsiya qilish usuli;
– valyutaviy svop operatsiyalaridan foydalanish;
– Gold svop operatsiyalaridan foydalanish;
– ochiq valyuta pozitsiyalarini qisqartirish.


Valyuta zaxiralarini diversifikatsiya qilish deganda tarixan bir vaqtning 
o‗zida bir nechta yetakchi va barqaror valyutalarda zaxiralar tashkil qilish 
tushuniladi. Shunisi harakterliki, so‗nggi yillarda bir qator iqtisodchi olimlar 
tomonidan (masalan, L. Krasavina, A. Kireev va boshq.) tomonidan valyuta 
zaxiralarining tarkibini nobarqaror valyutalarni sotish va ularning o‗rniga barqaror 
valyutalarni sotib olish yo‗li bilan yangilash operatsiyalari ham valyuta zaxiralarini 
diversifikatsiya qilish sifatida e‘tirof etilmoqda. Fikrimizcha, bu e‘tirof 
mantiqan 
asoslidir. 
CHunki 
valyuta 
zaxiralarining 
tarkibini 
oldi-sotdi 
operatsiyalari orqali yangilash valyuta zaxiralarining diversifikatsiya 
darajasining sifatini oshiradi va valyuta zaxiralarining riskka uchrash xavfini 
pasaytirishga xizmat qiladi.
O‗zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini rivojlantirishning hozirgi bosqichida 
milliy 
valyuta 
bozorida 
oldi-sotdi 
ob‘ekti vazifasini AQSH dollari 
bajarayotganligi, 
xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlarning xorijiy valyutadagi 
zaxiralarining 80 foizdan ortiq qismini AQSH dollarida shakllanganligi, 
mamlakatimiz tijorat banklari tomonidan chet el valyutasida berilgan kreditlarning 
66 foizdan ortiq qismini (2006 yilning 1 yanvar holatiga) AQSH dollarida 
berilganligi O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalardagi 
zaxiralarining diversifikatsiya darajasiga salbiy ta‘sir qilmoqda. Oltinni xalqaro 
oltin bozorlarida (asosan London va Syurix bozorlarida) qulay bozor baholarida 
sotish malakali mutaxassislarning mavjud bo‗lishini taqozo etadi, mabodo, 
respublikamiz Markaziy bankida bunday kadrlarning, ya‘ni oltin savdosi bilan 
shug‗ullanuvchi kadrlarning etishmasligi muammosi mavjud bo‗lsa, u holda Gold 
svop operatsiyalarini xalqaro hisob-kitoblar banki orqali amalga oshirish mumkin. 
Halqaro hisob-kitoblar banki markaziy banklarga valyutalar va oltindagi 
zaxiralarni svop sharti bo‗yicha joylashtirish, depozit-ssuda operatsiyalarini 
amalga oshirishda amaliy yordam ko‗rsatadi. SHuningdek, Markaziy bank 
O‗zbekiston hukumatiga, uning xorijiy investitsiyalar va xalqaro kreditlar 
bo‗yicha bergan kafilliklari bo‗yicha majburiyatlarini bajarishda, Gold svop 
operatsiyalari orqali amaliy yordam ko‗rsatishi mumkin. YA‘ni, Markaziy bank 
hukumatning xorijiy valyutadagi to‗lovlari uchun zarur bo‗lgan miqdordagi 
tushumni olish imkonini beradigan miqdordagi spot sharti bo‗yicha sotadi. Xorijiy 
valyutada olingan tushumni hukumatga beradi. Undan keyin esa, Markaziy bank 
bilan hukumat o‗rtasida to‗zilgan to‗lov shartnomasining muddatidan kelib 
chiqqan holda, Markaziy bank xorijiy Markaziy bank bilan forvard valyuta 
shartnomasini to‗zadi. Forvard shartnomasining muddati tugashi bilan 
O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki Hukumatdan olingan xorijiy 
valyutadagi tushum hisobidan oltinni forvard kursi bo‗yicha sotib oladi. Milliy 
valyuta kursining iste‘mol tovarlarining bahosiga nisbatan yuzaga kelishi 
mumkin bo‗lgan salbiy ta‘siriga barham berish markaziy banklarning valyuta 
siyosatida muhim o‗rin egallaydi. Buning boisi shundaki, inflyasiya va valyuta 
kursi o‗rtasida o‗zviy aloqadorlik mavjud. Odatda, milliy valyuta kursining 
pasayishi kelgusida inflyasiyaning o‗sishiga olib keladi. Inflyasion tayziq foiz 
stavkalarining o‗sishi bilan susayishi mumkin, ammo foiz stavkalarining o‗sishi 
investitsion va iste‘molchi talabining pasayishiga olib kelishi mumkin. Agar 


milliy valyutaning qadrsizlanishi xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlarning investitsiya 
portfelining o‗zgarishi natijasi bo‗lsa, u holda, bunday qadrsizlanish yuqori 
darajadagi inflyasiyani yuzaga keltirishi mumkin. Bunday sharoitda foiz 
stavkalarining o‗sishini ta‘minlash inflyasiyani jilovlashning oqilona yo‗li 
hisoblanadi. Agar milliy valyutaning qadrsizlanishi tashqi savdo shartlarining 
o‗zgarishi oqibati bo‗lsa, u holda foiz stavkalari pasaytirilishi lozim. CHunki 
bunday sharoitda sof eksport va umumiy talab qisqaradi. SHunisi harakterliki, 
milliy valyutaning qadrsizlanishi umumiy talabning qisqarishiga olib kelgan 
sharoitda Markaziy bank tomonidan restriksion pul-kredit siyosatining qo‗llanilishi 
milliy iqtisodiyotning rivojiga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi, ya‘ni YAIMning o‗sish 
sur‘ati sekinlashadi. O‗zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti rivojlanishining 
hozirgi davrda foiz stavkalari va inflyasiya o‗rtasida bevosita aloqadorlik mavjud 
emas. Masalan, 2003-2006- yillarda tijorat banklari kreditlarining o‗rtacha 
tortilgan foiz stavkasining pasayishi tendensiyasi ko‗zatilmoqda. Buning 
natijasida tijorat banklarining kredit emissiyasi hajmi sezilarli darajada oshishi, 
inflyasiyaning o‗sishi ko‗zatilishi lozim edi. Lekin bu holatlar 2003-2006- 
yillarda ko‗zatilmadi. Masalan, 2003- yilda inflyasiyaning yillik darajasi 3,8 foizni 
tashkil etgan bo‗lsa, 2004- yilda — 3,7 foizni, 2005- yilda — 7,8 foizni, 2006- 
yilda — 6,8 foizni tashkil etdi. Fikrimizcha, foiz stavkalari va inflyasiya o‗rtasida 
bevosita aloqadorlikning mavjudligi ko‗zatilmagan sharoitda, milliy valyutaning 
nominal va real almashuv kurslarining import qilinayotgan tovarlarning va eksport 
qilinayotgan tovarlarning bahosiga ta‘sirini tahlil qilish va yuzaga kelishi mumkin 
bo‗lgan salbiy ta‘sirning oldini olish O‗zbekiston Respublikasi Markaziy 
bankining valyuta siyosatida muhim o‗rin tutishi lozim. 
Ochiq bozordagi operatsiyalar muomaladagi pul massasini boshqarish, bank 
tizimi likvidligini tartibga solish va foiz stavkalari barqarorligini ta‘minlovchi 
asosiy instrumentlardan biri sifatida Markaziy bank tomonidan muntazam 
ravishda keng qo‗llanilib kelinmoqda.
Markaziy bank tomonidan pul-kredit ko‗rsatkichlarining maqsadli 
parametrlaridan kelib chiqqan holda, to‗lov balansining ijobiy saldosi hisobiga 
shakllangan qo‗shimcha likvidlikni sterilizatsiya qilish operatsiyalari o‗tkazilib 
borildi.
O‗zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ochiq bozor operatsiyalarida 
oldi-sotdi ob‘ekti bo‗lib hukumatning qisqa muddatli obligatsiyalari va o‗rta
muddatli xazina majburiyatlaridan foydalanilmoqda. SHu bilan birga, 
respublikamizda muomalada O‗zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 
obligatsiyalari mavjud. Ammo bu obligatsiyalar tijorat banklarining vakillik 
hisobraqamlaridagi likvidlilikning ma‘lum qismini olib qo‗yish maqsadida 
emissiya qilingan. Bir qator rivojlangan sanoat davlatlarida, masalan, AQSH, 
GFR, Buyuk Britaniya va Fransiyada Markaziy bankning qimmatli qog‗ozni 
bevosita emitentning o‗zidan sotib olishi ochiq bozor operatsiyasi hisoblanmaydi, 
balki kredit operatsiyasi hisoblanadi. Masalan, hukumatning qimmatli qog‗ozlarini 
bevosita hukumatning o‗zidan sotib olish Davlat byudjeti harajatlarini Markaziy 
bank tomonidan kreditlanishi hisoblanadi. SHuningdek, hukumatning qimmatli 
qog‗ozlarining kursini saqlash maqsadida amalga oshiriladigan joriy operatsiyalar 


ham ochiq bozor operatsiyalari hisoblanmaydi. Markaziy bank, odatda, ochiq 
bozor siyosatini amalga oshirish yo‗li bilan milliy bank tizimining zaxiralariga 
ikki usul bilan ta‘sir qiladi:
1. Agar Markaziy bank tijorat banklarining likvidliligini oshirishni va milliy 
valyutadagi pullarning taklifini oshirishni maqsad qilib olgan bo‗lsa, u holda, 
Markaziy bank bozorda qimmatli qog‗ozlarni sotib oluvchi bo‗lib ishtirok etadi. 
Bunda Markaziy bank qimmatli qog‗ozlarga qat‘iy belgilangan kurs o‗rnatishi va 
kurs shu belgilangan darajaga etishi bilan taklif qilingan barcha qimmatli 
qog‗ozlarni sotib olish yo‗lidan foydalanishi mumkin. YOki Markaziy bank taklif 
etilgan paytdagi kursning qanday bo‗lishidan qat‘iy nazar, ma‘lum turdagi 
qimmatli qog‗ozlarni sotib olish miqdorini belgilashi mumkin.
2.Agar Markaziy bank milliy bank tizimidagi ortiqcha likvidlilikni 
kamaytirishni maqsad qilib olgan bo‗lsa, u holda, Markaziy bank qimmatli 
qog‗ozlar bozorida sotuvchi bo‗lib ishtirok etadi. Bunda ham Markaziy bank ikki 
imkoniyatga ega bo‗ladi:
– Markaziy bank ma‘lum kursni e‘lon qilishi va qimmatli qog‗ozlarning kursi 
e‘lon qilingan darajaga etishi bilan istalgan miqdordagi qimmatli qog‗ozni sotish 
majburiyatini olishi mumkin;
– Markaziy bank qo‗shimcha tarzda ma‘lum miqdordagi qimmatli qog‗ozni 
sotish majburiyatini olishi mumkin. Buning natijasida davlatning qimmatli 
qog‗ozlaridan va boshqa yuqori likvidli qimmatli qog‗ozlardan keladigan 
daromadlarning miqdori oshadi va shuning asosida ularning investitsion 
jozibadorligi oshadi. Pirovard natijada, tijorat banklari va boshqa kredit 
institutlarining mazkur qimmatli qog‗ozlarga bo‗lgan qiziqishi kuchayadi va 
ularning kreditlash salohiyati pasayadi. Bu esa, o‗z navbatida, kreditlarning foiz 
stavkalarining oshishiga olib keladi. Agarda foiz stavkalarining shu taxlitda o‗sishi 
Markaziy bankni qoniqtirmasa, u yana qimmatli qog‗ozlarni sotib olishi mumkin. 
Bunday holatni bir qator rivojlangan sanoat mamlakatlari markaziy banklarining 
faoliyatida ko‗zatish mumkin. Masalan, GFR Federal banki (Bundesbank) 
tomonidan ochiq bozorda qat‘iy foizli qimmatli qog‗ozlarni sotib olish 1975- 
yilning ikkinchi yarmiga kelib o‗zining yuqori cho‗qqisiga chiqdi. Bu vaqtda 
Bundesbank banklarning likvidliligini ta‘minlash va foiz stavkalarini o‗zining pul-
kredit siyosatining oraliq va taktik maqsadlariga mos keladigan darajasidan oshib 
ketishiga yo‗l qo‗ymaslik maqsadida 7,5 mlrd. nemis markasi miqdoridagi 
summaga yuqori likvidli qimmatli qog‗ozlar sotib olgan edi. 1976 yilda esa, 
aksincha, Bundesbank bunday qimmatli qog‗ozlarni juda katta miqdorda sotdi34. 
Buning sababi shundaki, Bundesbank qat‘iy foizli qimmatli qog‗ozlarning kursini 
oshishi natijasida bank kreditlari va depozitlari foiz stavkalarining pasayish 
jarayonini to‗xtatib qo‗ymasdan turib, bozordan katta miqdordagi likvidlilikni olib 
qo‗yishi zarur edi. Birgina 1976- yilning o‗zida Bundesbankning qimmatli 
qog‗ozlar portfeli 6,5 mlrd. nemis markasiga kamaydi. SHunisi harakterliki, 
ko‗pchilik rivojlangan sanoat mamlakatlarida ma‘lum turdagi qimmatli 
qog‗ozlarga nisbatan kursni belgilab qo‗yish siyosati qo‗llaniladi. Mazkur usulning 
mohiyati shundaki, Markaziy bank, qisqa muddatli qarz majburiyatlari bilan 
operatsiyalarni amalga oshirayotganida, minimal stavkani ko‗rsatadi. SHundan 


keyin tijorat banklari, ularning kreditga bo‗lgan talablari qondirilgan sharoitda, 
to‗lashga rozi bo‗lgan stavkani ko‗rsatib ariza beradilar. Markaziy bank tushgan 
arizalar asosida o‗zining hisob stavkasini aniqlaydi. Bunda yuqori foiz stavkalari 
taklif qilgan kredit institutlari katta miqdorda kredit resurslari oladilar. Ochiq bozor 
operatsiyalarining e‘tiborga molik jihatlaridan biri shundaki, xalqaro bank 
amaliyotida Markaziy bank bilan tijorat banklari o‗rtasida kursni belgilash 
borasidagi shartnomani imzolashda quyidagi ikki xil standart mavjud:
1. Foiz stavkalari barcha tijorat banklari uchun yagona stavkada belgilanadi.
Ushbu standart «kreditlarni taqsimlashning gollandcha usuli» deb ataladi.
2. Foiz stavkalari har bir tijorat bankiga nisbatan alohida o‗rnatiladi. Ushbu 
standart «amerikacha standart» deb ataladi.
Markaziy bankning ochiq bozor siyosati orqali tijorat banklari tomonidan 
depozitlarga to‗lanadigan va kreditlardan olinadigan foiz stavkalariga ta‘sir 
ko‗rsatish mumkin. Mazkur ta‘sir mexanizmi quyidagi ko‗rinishga ega: Markaziy 
bank iqtisodiyotning nobank sektoridagi xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar bilan ochiq 
bozor operatsiyalarini amalga oshirganida pul bozorini tartibga solish maqsadini 
ko‗zlamaydi. Demak, Markaziy bank tomonidan sotib olinuvchi qimmatli 
qog‗ozlar tarkibiga kirmaydigan qimmatli qog‗ozlarning sotilishi ham bank 
tizimining likvidliligini kamaytiradi. Bundan tashqari, Markaziy bank, nobank 
sektoridagi xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlarga qimmatli qog‗ozlarni sotishda yuqori 
foizlar belgilash yo‗li bilan, tijorat banklarining depozitlarga to‗laydigan foiz 
stavkalariga faol tarzda ta‘sir ko‗rsatishi mumkin. 2015- yilda bank ustav kapitalini 
oshirish maqsadida aktsiyadorlik-tijorat banklari tomonidan jami 553,6 mlrd. 
so'mlik aktsiyalar investorlar o'rtasida joylashtirildi va ularning 319,6 mlrd. so'mlik 
qismi nodavlat sektori hissasiga to'g'ri keldi. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi 
Prezidentining tegishli qarorlariga asosan «O'zsanoatqurilishbank» tomonidan 157 
mlrd. so'mlik, Xalq banki tomonidan 54 mlrd. so'mlik aktsiyalar chiqarilib, 
investorlar orasida joylashtirildi. Shuningdek, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy 
bankining ustav kapitali – 35 mlrd. so'mga, «Agrobank»niki – 50 mlrd. so'mga, 
«Mikrokreditbank»niki – 25 mlrd. so'mga va «Qishloq qurilish bank»niki – 25 
mlrd. so'mga oshirildi. Tijorat banklarining kapitallashuv darajasini oshirish 
bo'yicha amalga oshirilgan maqsadli chora-tadbirlar natijasida bank tizimining 
umumiy kapitali so'nggi 5 yil davomida 2,4 martaga o'sdi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida inflyatsiya mavjudligi tabiyi bo`lgani kabi, 
mamlakatning «soliq infratuzilmasi»da ham inflyatsiyaning qay darajada bo`lishi 
olib borilayotgan chora -tadbirlarga bog`liqdir. Xususan, O`zbekiston 
Respubliksi xukumati tomonidan tayinlangan ma`sul muassasalar (O`zbekiston 
Respublikasi Moliya Vazirligi, O`zbekiston Respublikasi Markaziy Bank, 
O`zbekiston Respublikasi Soliq Qo`mitasi) tomonidan olib borilayotgan barcha iqti 
o`sish choralari «soliq inflyatsiya» siga qarshi olib borilmoqda. Sababi shundaki, 
«soliq inflyatsiya»sining dinamik pasayishi sodir bo`lganda quyidagi o`zgarishlar 
kuzatiladi: Ishlab chiqarish samaradorligi barqarorlashadi, real daromadlar 
ko`payadi. Demak, soliq to`lovchi xo`jalik yurituvchi sub`eklar xam kupayadi; 
xukumat tomonidan byudjetdan ajratiladigan loyihalarni moliyalashtirish 
bo`yicha investitsiyalar iqtisod qilinib, ularni real va effektiv moliyalashtirish 


uchun xususiy sektor jalb etiladi; Umuman olganda, mamlakatda barcha tovar va 
xizmat belgilangan yuqori soliq bojxona stavkalari iste`mol va noiste`mol tovar va 
xizmatlarga belgilangan baholarning o`sishiga olib keladi. Inflyatsiya o‘zi bilan 
birga katta iqtisodiy va ijtimoiy xarajatlarni olib keladi. Natijada resurslar
noto‘g‘ri joylashtiriladi, va bu o‘z navbatida iqtisodiy samaradorlikning
pasayishiga olib keladi. Shuningdek, inflyatsiya iqtisodiy vakillarga o‘z
faoliyatini kelgusida rivojlantirishga halaqit beradi, hamda ularning olib
borilayotgan iqtisodiy siyosatga bo‘lgan ishonch darajasini pasaytiradi. Bundan
tashqari u milliy daromadni aholining bir qismi foydasiga va ikkinchi qismi
zarariga qayta taqsimlaydi. 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining monetar siyosatini asosiy
vazifalardan ham inflyatsiya sur‘atlarini pasaytirishdan iborat. Chunki
Markaziy bankning monetary siyosati to‘g‘ri olib borilishiga ta‘sir qiluvchi
omillardan biri bo‘lib inflyatsiya hisoblanadi. Yuqorida qayd etilgan masalalar
to‘la hal qilinsa, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining monetary
siyosatini yanada takomillashtirish, demakki, natijada bank tizimini yanada
rivojlantirish mumkin. Bu o‘z navbatida iqtisodiy o‘sish sur‘atlarini oshirishi
va natijada axolining turmush darajasini yanada oshirishi mumkin. 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin