― pul va banklar


 Fondlar aylanishi va kreditning zarurligi



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə131/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   266
pul va banklar (2)

8.2. Fondlar aylanishi va kreditning zarurligi 
 
shlab chiqarish fondlarining doiraviy aylanishidagi va fondlarning bir 
marta aylanishidagi qiymatning harakati kredit munosabatlari paydo bo‗lishining 
iqtisodiy asosidir.
Bizga ma‘lumki, korxonalarning ishlab chiqarish fondlari (qiymat shaklidagi 
mehnat vositalari va predmetlari) muayyan bir muddatda pul (P), ishlab chiqarish 
va tovar (T) shakllarida bo‗lishi mumkin. Korxona ishlab chiqarish fondlarining 
doiraviy aylanishini quyidagi formula orqali ifodalash mumkin: 
P T ... Ishlab chiqarish ... T

 P
I

103
Деньги, кредит, банки: Учебник для вузов. Под. ред. проф.– Щегорцова В.А. 


М.:ЮНИТИ – ДАНА, 2005. –С.176. 
104
Деньги, кредит, банки: учебник/кол. авт.: под ред.засл.деят. науки РФ, д.э.н. проф. 
О.И.Лавшурина. – 5 – е изд., стер. –М.: КНОРУС, 2007. –С. 237 – 238. 
105
Деньги, кредит, банки: Учеб. – 2 – е изд., перераб. и доп./под ред. В.В.Иванова, 
Б.И.Соколова. –М.: ТК Велби, изд – во Проспект, 2008. –С.428. 
106
Абдуллаева Ш.З. Пул, кредит ва банклар. –Т.: ―Иқтисод – молия‖, 2007, 165 – б.



Fondlar doiraviy aylanishining birinchi bosqichida (PT) pul fondlarining 
ishlab chiqarish fondlariga aylanishi sodir bo‗ladi. Bunda mavjud pul 
mablag‗lariga mehnat predmetlari va vositalari sotib olinadi.
Fondlar aylanishining ikkinchi bosqichida ishlab chiqarish jarayoni sodir 
bo‗lib, bunda tayyor mahsulotni yaratish ro‗y beradi, mahsulot ko‗rinishi tovar 
ko‗rinishini oladi, ishlab chiqarish vositalari qiymatiga yangi qiymat qo‗shiladi. 
Uchinchi bosqichda (T

P
I
) tayyor mahsulot sotiladi. Tovar o‗zining 
boshlang‗ich pul shakliga o‗tadi, lekin bunda tovar ham, pul ham o‗zining ishlab 
chiqarish jarayonidan oldingi holatiga nisbatan qiymat jihatdan va miqdor jihatdan 
ortgan holda bo‗ladi. 
Mahsulotni sotgandan keyin olingan pul fondlari, o‗z navbatida, yana xarajat 
qilinadi, yani yangi ishlab chiqarish jarayoni uchun yangi ishlab chiqarish 
vositalari sotib olinadi, ish haqi to‗lanadi va boshqa xarajatlarga sarflanadi. 
SHunday qilib, aylanma mablag‗larning aylanishi qaytaqayta takrorlanaveradi va 
fondlarning doiraviy aylanishi vujudga keladi.
Fondlarning har bir individual doiraviy aylanishi ijtimoiy takror ishlab 
chiqarishning bir qismi sifatida boshqa doiraviy aylanishlar bilan uzviy 
bog‗langan.
Ma‘lumki, 1-bosqich korxonalar tomonidan yaratilgan mahsulot 2- bosqich
korxonalari va noishlab chiqarish sohasi tomonidan iste‘mol qilinadi. O‗z 
navbatida, 2-bosqich mahsuloti nafaqat o‗z iste‘molchilari ehtiyojini, shuningdek, 
1-bosqich istemolchilarining ham ehtiyojini qondirish uchun ishlatiladi.
Bularning hammasi aylanma fondlarining doiraviy aylanishi uzluksizligidan 
va fondlarning individual aylanishlari o‗rtasida uzviy bog‗liqlik mavjudligidan 
dalolat beradi. 
Asosiy fondlar qiymati harakati jarayonida resurslarni ishlab chiqarishdan 
bo‗shatilishi ko‗zga tashlanadi. Ma‘lumki, ishlab chiqarish vositalari ishlab 
chiqarish jarayonida uzoq muddat xizmat qiladi va ularning qiymati tovar 
mahsuloti qiymatiga astasekin o‗tib boradi. Asosiy fondlarning astasekin eskirish 
qiymati o‗z o‗lchami bo‗yicha korxonaning yangi vositalar sotib olish hajmini 
ta‘minlay olmaydi.
Fondlarning aylanishida asosiy fondlarning o‗zgaruvchan harakati ro‗y 
beradi. Shuni ta‘kidlab o‗tish lozimki, bunda ba‘zi korxonalarda bo‗sh pul 
mablag‗lari to‗planib qoladi, boshqalarida esa katta xarajatlarga ehtiyoj tufayli 
mablag‗lar etishmovchiligi yuzaga keladi. 
Xuddi shunday vaziyat aylanma fondlari harakatida ham vujudga keladi. Bu 
erda ularning uzluksiz aylanishidagi tebranishlar yanada xilmaxildir. Dastavval bu 
tebranishlar ishlab chiqarishning mavsumiyligi, mahsulot ishlab chiqarish davri 
bilan mahsulotni sotish vaqti birbiriga mos kelmasligi tufayli vujudga keladi.
Mablag‗lar harakatidagi tebranishlar tovar mahsulotini jo‗natish bilan 
bog‗liq xarajatlar tufayli ham vujudga keladi. Ma‘lumki, mahsulotni jo‗natish vaqti 
bilan uni sotishdan olinadigan tushumning korxona hisob raqamiga kelib tushish 
vaqti ko‗p hollarda to‗g‗ri kelmaydi. Bu hol turlicha sabablar tufayli yuzaga kelishi 
mumkin. Masalan, mahsulotni ishlab chiqaruvchi korxona bilan uni iste‘mol qiluvchi 
korxona birbiridan muayyan masofada joylashganligi, mol sotib oluvchi korxonaning 


ayni vaqtda tovar va xizmatlarga to‗lash uchun hisobkitob raqamlarida pul 
mablag‗larining etarli emasligi va boshqalar tufayli kelib chiqadi.
Fondlarning doiraviy aylanishidagi tebranishlar zaminida ishlab chiqarish 
vaqti bilan mahsulotlarni sotish vaqtining mos kelmay qolishidan vujudga 
keladigan qiyinchiliklarni bartaraf etuvchi munosabatlarning paydo bo‗lishi tabiiy 
holga aylanadi. Bu munosabatlar mablag‗larning vaqtincha bekor turib qolishi 
bilan bu mablag‗larga bo‗lgan ehtiyoj o‗rtasidagi qaramaqarshilikni bartaraf etadi. 
Bunday munosabatlar odatda, kredit munosabatlar deb yuritiladi va kredit 
munosabatlar asosida iqtisodiy jihatdan mustaqil bo‗lgan 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin