― pul va banklar


Kredit munosabatlari va ularning turlari



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə134/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   266
pul va banklar (2)

8.3.Kredit munosabatlari va ularning turlari. 
 
redit o‗zining tarixiy rivojlanishida quyidagi bir necha bosqichlarni 
bosib o‗tgan.
Boshlang‗ich shakllanish
. Boshlang‗ich rivojlanish bosqichi natural 
xo‗jalikdan tovar xo‗jaligiga o‗tish bilan yuzaga kelgan. Ishlab chiqarish davrning 
o‗zaro mos kelmasligi, bir mahsulot egasi ikkinchi zarur mahsulotni olish uchun 
o‗z mahsulotini sotishga majbur bo‗ladi. Bunday jarayonda to‗lovlarning ikkinchi 
mahsulotni ishlab chiqarilgunga qadr kutishni talab qiladi. Ushbu jarayonda 
xaridor qarzdor bo‗lib, sotuvchi kreditor bo‗ilb yuzaga chiqadi. SHu bilan tovar 
ko‗rinishidagi kredit munosabatlari shakllana boshlangan. Ushbu rivojlanish 
bosqichining rivojlanishida sudxo‗rlik krediti muhim ahamiyat kasb etdi. Boy 
oilalar o‗z mahsulotlarini vaqtinchalik kreditga berib, evaziga shaxsning o‗zini 
garovga yoki er, mol-mulkini garovga olishgan.
Bu bosqichning asosiy belgisi ssuda kapitali bozorida maxsus vositachilar 
faoliyat yuritmasdan, kredit munosabatlari, bo‗sh pul mablag‗lar egalari va qarz 
oluvchilar o‗rtasida bevosita amalga oshirigan. Bu erda kredit sudxo‗rlik kapitali 
sifatida namoyon bo‗ladi.
Tarkibiy 
rivojlanish

Ushbu 
bosqichda 
boshqariladigan 
kredit 
munosabatlariga o‗tilgan. Kredit rivojlanishining ushbu bosqichi ssuda kapitali 
bozorida kredit-moliya tashkilotlari kabi maxsus ilk vositachilarning paydo 
bo‗lishi bilan xarakterlanadi.
Kreditga zaruriyat tug‗ilganda quyidagi manbalardagi bo‗sh 
mablag‗lardan kredit resurslar sifatida foydalanish mumkin. 

asosiy fondlarni tiklash, kapital ta‘mirlash uchun ajratiladigan eskirish 
sifatidagi pul mablag‗lari; 

tovarlarni sotish va yangi moddiy resurslarni sotib olish vaqtlarining bir 
biriga mos kelmaganligi tufayli yuzaga kelgan bo‗sh pul mablag‗lari; 

tovarlarni sotishdan tushgan tushum bilan ish haqini to‗lash vaqtlari orasida 
vaqtincha bo‗sh turib qolgan pul mablag‗lari; 

kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonida yig‗iladigan va 
kapitallashtirish uchun mo‗ljallangan qo‗shimcha mablag‗lar;

shaxsiy sektor daromadlari, jamg‗armalari va boshqa bo‗sh pul mablag‗lari. 
K


Kredit munosabatlari juda qadim zamonlarda vujudga kelgan. Dastlab 
natura shaklida (g‗alla, chorva va boshqalar) mulkdorlar tomonidan qarzga
berish rasm bo‗la boshlagan. Keyinroq pul shaklida ham beriladigan bo‗ldi.
Qarzga pul berishning dastlabki shakli sudxo‗rlik bo‗lib, u nihoyatda yuqori
darajada foiz bilan qaytarilishi bilan kreditdan farq qiladi. Qadimgi
Gretsiyada eramizgacha IV- asrda oyiga 42 %, yiliga 570 % gacha foiz
to‗langani tarixiy manbalarda qayd etilgan.
Sudxo‗rlik krediti nafaqat mayda ishlab chiqaruvchilarni, balki yirik 
quldorlarning xo‗jaliklariga ham putur etkazgan. Shuningdek, bu kreditning 
mavjudligi quldorlarning mavjud bo‗lishiga zid ijtimoiy hodisa edi.
Sudxo‗rlikka qarshi, shuningdek, yana bir grek faylasufi Arastu ham o‗z 
fikrlarini aytib o‗tgan. U sudxo‗rlarni ishratxonalarni va o‗g‗ri, qaroqchi kazzoblar, 
kisavurlar qatoriga qo‗ygan. U aniq chegaralagan holda 2 xil xo‗jalik faoliyatini 
ajratadi: iqtisod va xrematistika.
Xrematistika esa faoliyatning asosiy maqsadi ehtiyojdan ortib boylik 
orttirishga yo‗naltiriladi. Arastu buni 2 argument bilan asoslaydi:
1) bunday operatsiyalar narsalar tabiatiga qarshi bo‗lib,pulning o‗sishiga olib 
keladi, pul pulni yaratmaydi va foiz daromad keltirmaydi;
2) pulning asosiy va haqiqiy vazifasi-tovar almashinuvini ta‘minlaydi.
Sobiq ittifoq davriga qadar kreditning ikki asosiy nazariyasi shakllangan 
bo‗lib, ular naturalistik va kapital yaratuvchilik nazariyalaridir.
Naturalistik nazariyaning asoschilari ingliz iqtisodchilari A.Smit va 
D.Rikardolardir. Fransuz iqtisodchilari J.B.Sey, F.Bastiya hamda amerikalik 
iqtisodchi D.Mak-Kulloxlar ham ushbu nazariya tarafdorlaridir.
J.Keyns nazariyasi kreditning kapital yaratuvchilik qobiliyatiga asoslangan. 
J.Keyns ssuda kapitalini pulga tenglashtirgan va foiz darajasini umumiy 
muomaladagi pul miqdori orqali aniqlagan. Uning biroz keyin yaratgan 
konsepsiyasiga ko‗ra pul foizga ta‘sir ko‗rsatadi, foiz – investitsiyaga, investitsiya 
ishlab chiqarishga, ishlab chiqarish – daromadga, daromad esa narxga ta‘sir 
qiladi.
Ayni vaqtda, pul massasi foizga ma‘lum bir darajagacha ta‘sir qiladi, foiz esa 
har doim ham investitsiyaga istalgan shaklda ta‘sir qila olmaydi.
Kapital yaratuvchilik nazariyasining keyingi rivoji monetarizm nazariyasida 
o‗z aksini topdi. Monetarizm nazariyasi (ta‘limotchilari) vakillari AQSHda 
M.Fridmen, P.Rouz, A.Berns, Fransiyada J.Ryueff, GFRda O.Faytlardir. Ushbu 
nazariyaning etakchi namoyondasi bo‗lib, M.Fridmen hisoblanadi. Uning 
konsepsiyasi (ta‘limoti)ga ko‗ra iqtisodiyotni boshqarishning asosiy instrumenti 
kredit emas, balki pul massasi hamda foiz stavkalarining o‗zgarishidir.
Krediy munosabatlari rivojlanishini belgilovchi omillarga quyidagilar kiradi: 
1.Iqtisodiyotning rivojlanishi; 
Iqtisodiyot rivojlanish bosqichida bo‘lgan davlatlarda kreditlarga bo‘lgan 
talab ortadi. Kreditlash jarayonidagi risklar kamayadi.
Kredit munosabatlari siklik mazmunga ega bu iqtisodiyotning siklik 
rivojlanishi bilan bog‘liq.
2.Bank tizimining rivojlanganlik darajasi.


3. Kredit oluvchining to‘lovga bobilligi.
4. Iqtisodiy inqirozlarning yuzaga kelishi. 
5.Markaziy bank monitar siyosatining o‘zgarishi. 
6. Siyosiy risk darajasi. 
Siyosiy risk – mamalakatda siyosiy vaziyat yomonlashishi natijasida zarar 
ko‘rish havfidir. 
7.Mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarning rivojlanganlik darajasi. 
Bunda xalqaro moliya institutlari bilan bo‘ladigan hamkorliklar ham kiradi. 
Kredit munosabatlari rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari.
1.Bank krediti kreditning asosiy shakliga aylandi va uning miqdori dunyo 
mamlakatlarida o‘sish tendensiyalariga ega bo‘lmoqda.
2.Trasmilliy banklarning paydo bo‘lishi bilan bank kreditining davlatlararo 
xarakatining hajmi va miqyosi kengaydi. 
3.Kreditning xilma-xil turlari va shakllari paydo bo‘ldi. 
4.Kredit munosabatlari bilan moliya bozorilari o‘rtasida kuchli aloqadorlik 
yuzaga keldi. Ushbu aloqadorlik quyidagi shakllarda namoyon bo‘ladi: 
a) moliya bozori instrumentlarining o‘zgarishi kreditlar bahosining 
o‘zgarishiga bevosiya ta‘sir qila boshladi. 
b)qimmatli qog‘ozlar tijorat banklari kreditlari uchun garov obyekti 
hisoblanadi. Hulumatning qimmatli qog‘ozlari eng yuqori likvidli garov obyekti 
hisoblanadi. Bazel qo‘mitasining standartiga ko‘ra kamida 3B reytingiga ega 
bo‘lgan har qanday emitentning qimmatli qog‘ozi likvidli garov obyekti 
hisoblanadi. 
c)yuqori riskli qimmatli qog‘ozlar muomalasi (obsionlar, fyucherslar) 
kreditlarning qaytmaslik ehtimolini oshirmoqda. 
d)tijorat banklari kreditlari turli valyutalarda berilmoqda. Bu esa ayrim 
hollarda kredit riskining chuqurlashishiga olib keldi.
6.kreditning sug‘urta bilan bog‘liqligi yuzaga keldi.
O‘zbekistonda kredit munosabatlarining o‘ziga xos xususiyatlari: 
1.Bank krediti kreditning yagona shakli hisoblamadi. 
Respublikamizda tijorat kreditlari mavjud emas. Shu tufayli tijorat veksellari 
muomalasi ham mavjud emas. 
2.Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini imtiyozli kreditlash 
maqsadida maxsus bank Mikrokreditbank tashkil etildi.
3.Davlat ehtiyojlari uchun yetishtiriladigan paxta va bug‘doyni yetishtirish 
xarajatlari Agrobank tomonidan amalga oshitiladi. 
4. O‘zbekistonda kreditning maqsadlilik ta‘moyiliga amal qilinadi. Shu 
sababli kredit mijozning joriy hisob raqamiga tashlab berilmaydi. 
5.Respublikamizda to‘lovlarning maqsadli ketma-ketligi amal qiladi. Bu esa 
ayrim hollarda banklar tomonidan berilgan kreditlarni o‘z vaqtida qaytarilishiga 
to‘sqinlik qiladi. 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin