― pul va banklar



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə142/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   266
pul va banklar (2)

Izokrat va Demosfenlar ma`ruzalarining lotin tilida ekvivalentlari 
bo‗lmaganligi tufayli, Rim banklari Greklarga o‗xshamagan holda unchalik 
hujjatlashtirilmagan. Biroq, Rim qonunlaridan bilamizki, bank va monetar 
betartib deposit judayam yaxshi rivojlangan va bu sohadagi ta`minlangan Rim 
klassik qonunlarining boshqarilishini ko‗rib chiqqandik. Haqiqatdan ham, Rim 
argentariilari tantundem depositlarini ishlatishda istagancha erkin bo‗lmaganlar, 
lekin eng olisdagi harakatning qo‗riqlanishi topshirilgan. SHundan ma`lumki, 
garchi depositor bankni o‗z nomidan to‗lovlar qilishi uchun ishlata olsa ham, pul 
depozitlari foizlar to‗lamaganligi va nazariyada qarzga olinmagan. SHunga mos 
xolda, bankirlar banklarga kredit yoki mutuum shartnomalar hisoblangan 
muddatli depositlarni qabul qilgan. Bular kelishilgan muddatlarda mos holda 
ishlatilishi huquqini bergan. Bu amaliyot ma`lumotlari mil. Avv. 350 yillarga 
Plutoning Captivi, Asinaria and Mostellaria,va Terensening Phormio kabi bir 
qator komediyalarda paydo bo‗ladi. Shuningdek bu asarlarda biz moliyaviy 
operatsiyalar, klering xizmatlari, hisob balanslari, cheklarning ishlatilishi kabi 
aniq dialoglarni uchratishimiz mumkin. Har qanday vaziyatda ham , bu Rim bank 
tizimini yaxshiroq boshqargan va nima qonuniy va nima qonuniy bo‗lmasligi 
haqida ba‘zi fikrlar bilan ta‘minlagan professional yuristlarning asarlari paydo 
bo‗lishiga olib keldi. Biroq, bankirlarning qonuniy harakat qilishiga va talab qilib 
olingungacha bo‗lgan depozitlardagi pullarni o‗z foydasiga ishlatmsligiga hech 
qanday kafolat yo`q. Ma`lumotlarga ko‗ra, Pergamum dagi savdogarlaga 
Hadrianning asari mavjud. U noqonuniy harakatlar va bankirlarning haqqoniy 
bo‗lmagan harakatlaridan shikoyat qiladi. Shuningdek, Mylasa shaxridan 
imperator Septimius Severusga yollangan yozma hujjat shahar hokimi va 
odamlarning o‗zlarning banklari faoliyatini nazorat qilishga qaratilgan qarorini 
o‗z ichiga olgan. Bularning hammasi shuni taklif qiladiki, yunon dunyosida oddiy 
hol bo‗lganiga qaraganda ehtimolliklar juda kam bo‗lgan davrda o‗z 
depozitorlarining mablag‗lari o‗zlashtirib olgan va natijada inqirozga yuz tutgan 
bankirlar mavjud.
112
 
XII asrlarda Genuyada pul almashtiruvchilar «bancherii» deb atagan. Agar 
puldorlardan birortasi ishonchni oqlamasa va o‗z ishiga mas‘uliyasizlik qilsa, u 
o‗tirgan stolni sindirib tashlashgan va uni «Banco rotto», yani bankrot deb 
atashgan. Ya‘ni bizga ma‘lum bo‗lgan «bankrot» so‗zi ham italyancha «banca» 
so‗zidan olingan. 
Banklar paydo bo‗lishining boshlang‗ich bosqich XVI asrda Florensiya va 
Venetsiyada tashkil qilingan kichik jirobanklar hisob-lanadi. Keyinchalik shunday 
112
―Money, Bank credit and Economic cycles‖. JESÚS HUERTA DE SOTO. Second edition 2009. 52-53 pages. 


banklar Amsterdamda (1605 y.), Gamburgda (1618 y.), Milanda, Nyurnbergda, 
Genuyada vujudga kelgan. Bu banklar asosan o‗z mijozlari–savdogarlarga xizmat 
qilgan, ular o‗rtasida naqd pulsiz hisob-kitoblarni olib borgan. Bu banklar o‗z 
mijozlarini monetalar tarkibi buzilishi tufayli zarar ko‗rishdan himoya qilgan. Ular 
hisoblarni ma‘lum summadagi qimmatbaho metallni ifodalovchi maxsus pul 
birligida olib borishgan. O‗zlari-ning bo‗sh pul mablag‗larini jirobanklar davlatga, 
shaharlarga, chet el savdogarlariga ssudaga berishgan. 
Tarixda birinchi yuzaga kelgan bank Angliya banki hisoblanib, u 1694 yilda 
aksionerlik banki sifatida tashkil bo‗lgan. Bu bank aksioner-emission bank bo‗lib, 
unga davlat tomonidan banknotlar chiqarishga ruxsat berilgan. Keyinchalik, sanoat 
rivojlanishi nati-jasida banklar boshqa mamlakatlarda ham tashkil qilinib borgan. 
Banklarning kelib chiqishi va rivojlanish ishlab chiqarish bilan bog‗liq xarajatlar 
va talablarning oshishi, savdo kapitali aylani-shining tezlashuvi bilan bog‗liq 
bo‗lgan. 
Natural 
xo‗jalik 
munosabatlarining 
tugashi, 
savdo-sotiq 
munosabatlarining rivojlanishi pullik hisob-kitoblar olib borishga, kreditning 
rivojlanishiga yo‗l ochdi. Ishlab chiqarishni rivojlantirish yollanma mehnatni jalb 
qilishga olib kelgan. Yollanma mehnat uchun haqning pul shaklida to‗lanishi, 
doimiy pul aylanishini yuzaga keltirdi. Pul aylani-shini esa bank tomonidan 
boshqarilishi zarur edi. SHunday qilib, banklar mablag‗larni yig‗ish va taqsimlash 
orqali ssuda kapitali harakatini boshqara boshladi. Ssuda kapitalistidan farqli 
o‗laroq bankir tadbirkor sifatida o‗z ish faoliyatini olib borgan. 
Agar sanoat sohasidagi puldor o‗z kapitalini sanoatga, savdogar o‗z 
mablag‗ini savdoga qo‗ysa, bankir o‗z kapitalini bank ishiga qo‗yadi. Ssuda 
kapitalisti asosan o‗zining bo‗sh kapitalini qarzga bersa, bankirlar asosan chetdan 
jalb qilingan mablag‗larga tayanadi. Ssudaga mablag‗ beruvchi puldorning 
daromadi ssuda foizi bo‗lsa, bankir-ning daromadi bank foydasi hisoblanadi. 
Banklar korxona, tash-kilot, davlat muassasalari, aholi bo‗sh pullarini jalb qilish 
orqa-li katta hajmdagi kapitalni o‗z qo‗llarida jamlaydilar va daromad keltiruvchi 
kapital harakatini boshqarib boradilar. Banklarning yiriklashuvi va ular 
faoliyatining takomillashuvi ularning maxsus korxonalar – kredit muassasalariga 
aylanishiga olib keladi.
Shunday qilib, bank faoliyati xalq xo‗jaligi mavjud bo‗lgan bo‗sh 
mablag‗larni jalb qilish va ssuda kapitalini taqsimlashni o‗z ichiga oladi. Bank o‗z 
faoliyati davomida ma‘lum daromadga ega bo‗ladi. Bu daromad bank jalb qilgan 
resurslarga yo‗naltirilgan foiz va joylashtirgan resurslar bo‗yicha oladigan foiz 
o‗rtasidagi farqdan iborat bo‗ladi. 
Kredit tizimi deb kredit munosabatlar majmuasi va kredit munosabatlarni 
tashkil qiluvchi va amalga oshiruvchi kredit insti-tutlar yig‗indisiga aytiladi. Kredit 
tizimi orqali huquqiy va jis-moniy shaxslarning vaqtincha bo‗sh mablag‗lari 
yig‗iladi va korxona, tashkilotlarga, aholiga, davlatga vaqtincha foydalanishga 
beriladi. Kredit tizimi bir necha bo‗g‗inlardan iborat bo‗lishi mumkin. Mab-
lag‗larni jalb qilishi va taqsimlanishiga qarab kredit tizimi bo‗g‗inlari o‗z 
xususiyatlariga ega bo‗ladi. Jahon amaliyotida kredit tizimi o‗zining tashkil 
qilinish turiga qarab quyidagi guruhlarga bo‗linadi: 
– Markaziy bank; 


 – tijorat banklar; 
– maxsus-kredit institutlar. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ikki pog‗onali kredit bank tizimi ko‗p 
mamlakatlar iqtisodining asosi hisoblanadi. Bu Markaziy bank, bank institutlari va 
nobank kredit muassasalaridir. 
Bank institutlariga quyidagi banklar kiradi: 
– tijorat banklar; 
– investitsiya banklari; 
– jamg‗armalar jalb qiluvchi banklar (O‗zbekistonda Xalq banki); 
– ipoteka banki; 
– savdo banklari; 
– tashqi iqtisodiy aloqalar bo‗yicha banklar;
– tarmoqlar bo‗yicha ixtisoslashgan banklar va boshqalar. 
Nobank kredit tashkilotlarga: 
– investitsiya kompaniyalari; 
– sug‗urta kompaniyalari; 
– nafaqa va boshqa fondlar kiradi. 
Kredit tizimida asosiy o‗rinni bank institutlari, bank ins-titutlari tarkibida 
salmoqli o‗rinni tijorat banklari egallaydi. Tijorat banklari kredit tizimining boshqa 
bo‗g‗inlariga nisbatan ko‗proq bo‗sh resurslarni jalb qiladi va ko‗p miqdorda 
mijozlarga kreditlar beradi. 
Maxsus ixtisoslashgan kredit institutlari (banklar) tijorat banklari faoliyatini 
to‗ldiradi va ular iqtisodiyotning kam renta-bellik, kam foydali tarmoqlariga 
(qishloq xo‗jaligi, uy-joy quri-lish, tadbirkorlikni rivojlantirish va boshqalar) engil 
sharoitda kreditlar berish yo‗li bilan ularning faoliyatini rag‗batlantirib, 
rivojlantirib boradi.

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin