murojaat qildi. Bunday sharoitda kredit xarajatlarni avanslash uchun emas, balki
tovar-moddiy qimmatliklarning qoldig‗iga, qoplash tartibida beriladi.
Amaliyotda kreditlashning yuqorida qayd
etilgan har ikkala usuli
uyg‗unlashib, kreditlashning yangi usulini, ya‘ni aylanma-qoldiq usulini yuzaga
keltiradi.
Ushbu usulda kredit dastlab tovar-moddiy qimmatliklar va xarajatlar
shakllanishining dastlabki bosqichida beriladi,
keyingi bosqichda esa, kredit
mijozning bank oldidagi muddatli majburiyatining qoldig‗i asosida so‗ndiriladi.
Kreditlashning aylanma-qoldiq usulida kredit aniq belgilangan muddatlarda
so‗ndiriladi, biroq, bu muddatlar resurslarning bo‗shash muddatlariga mos
kelmasligi mumkin.
Kreditlashning har uchala uslida kreditlarning harakati mijozning ssuda
hisobraqami orqali amalga oshiriladi.
Berilgan kreditlar
ssuda hisobraqamining debetida, kreditning qaytarilishi
uning kreditida aks etadi.
Kredit oluvchi korxonaning aylanmasiga bog‗liq ravishda ssuda
hisobraqamlarining uch turini ajratib ko‗rsatish mumkin:
– aylanma-to‗lov ssuda hisobraqami;
– qoldiq-kompensatsion ssuda hisobraqami;
– aylanma-qoldiq ssuda hisobarqami.
Aylanma-to‗lov ssuda hisobraqami mijozga barcha majburiyatlari bo‗yicha
to‗lovlarni, jumladan, etkazib berilgan tovarlar va ko‗rsatilgan xizmatlar bo‗yicha
yuzaga
kelgan kreditor qarzdorlikni, soliqlar bo‗yicha qarzdorlikni va boshqa
to‗lovlarni amalga oshirish imkonini beradi.
Aylanma-qoldiq ssuda hisobrami ham barcha to‗lovlarni amalga oshirish
imkonini beradi. Ammo qoldiq-kompensatsion ssuda hisobraqami bo‗yicha
to‗lovlarni amalga oshirish uchun mijozning kreditlash ob‘ekti qancha bo‗lsa,
shuncha qoldiq-kompensatsion ssuda hisobraqami ochish kerak.
Zamonaviy kreditlash usullaridan foydalanish samaradorligi bevosita
qo‗llanilayotgan to‗lovlarning ketma-ketligiga bog‗liq.
Taraqqiy etgan mamlakatlar amaliyotida to‗lovlarning kalendar ketma-
ketligi qo‗llaniladi. Bunda qaysi qarzdorlik oldin paydo bo‗lgan bo‗lsa, o‗sha
birinchi bo‗lib to‗lanadi.
Shu sababli, tijorat banklari kredit olgan mijozning pul
oqimini aniq baholash imkoniga ega bo‗ladi.
O‗tish
iqtisodiyoti mamlakatlarining ko‗pchiligida, shu jumladan,
O‗zbekiston Respublikasida to‗lovlarning maqsadli ketma-ketligi qo‗llaniladi.
Bunda bank mijozining davlat byudjeti oldidagi qarzdorligini to‗lashga ustuvorlik
beriladi. Ayrim hollarda, soliq inspeksiyalari kelgusi davrdagi soliq qarzdorligi
bo‗yicha inkasso talabnomasi qo‗yadilar.
Natijada, mijozning joriy davrdagi pul
mablag‗lari oqimi zaiflashib, berilgan kreditni o‗z vaqtida undirish imkonini
bermasligi mumkin.
O‗zbekiston Respublikasida lizing ob‘ektini qabul qilish dalolatnomasi
rasmiylashtirilmagunga qadar tijorat banklarining
lizing kreditlariga foiz
hisoblashning mumkin emasligi, Respublika valyuta birjasining konvertatsiya
uchun tashlab berilgan kreditlarga konvertatsiya amalga oshirilgunga qadar foiz
hisoblamasligi ssuda hisobraqamlaridan foydalanish jarayonida hisobga olinadigan
muhim omillardan biri hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: