8.7.Kreditning turlari.
Kreditning turi deganda uning ma‘lum belgilariga ko‗ra o‗ta aniqlikda
shakllantirilgan tavsifi tushuniladi.
Kreditlar muddatiga ko‗ra uch turga bo‗linadi:
– qisqa muddatli kreditlar;
– o‗rta muddatli kreditlar;
– uzoq muddatli kreditlar.
Kreditlarning muddati bo‗yicha turlarga ajratish dunyo mamlakatlarida bir-
biridan farq qiladi. Masalan, AQSHda muddati 1 yildan 8 yilgacha bo‗lgan
kreditlar o‗rta muddatli kreditlar hisoblanadi. Germaniyada esa, 1 yildan 6 yilgacha
muddatdagi kreditlar o‗rta muddatli kreditlar hisoblanadi
110
. O‗zbekistonda esa,
umuman o‗rta muddatli kreditlar toifasi mavjud emas. Demak, respublikamizda 1
yilgacha muddatga berilgan kreditlar qisqa muddatli, 1 yildan ortiq har qanday
muddatga berilgan kreditlar uzoq muddatli kreditlar hisoblanadi.
Tijorat banklarining qisqa muddatli kreditlari xo‗jalik yurituvchi
sub‘ektlarning aylanma mablag‗larini to‗ldirish maqsadiga berilsa, ularning o‗rta
va uzoq muddatli kreditlari investitsion xarajatlarni moliyalashtirish maqsadiga
beriladi.
Kreditlar ta‘minlanganligiga ko‗ra quyidagi turlarga bo‗linadi:
– ta‘minlanmagan kreditlar;
– qisman ta‘minlangan kreditlar;
– to‗liq ta‘minlangan kreditlar.
Ta‘minlanmagan kreditlar deganda hech qanday ta‘minotsiz berilgan
ishonchli kreditlar tushuniladi. Bunday kreditlar tijorat banklarining to‗lovga
qobilligi yuqori bo‗lgan ishonchli mijozlariga beriladi.
Qisman ta‘minlangan kreditlar deganda ta‘minot summasi kreditning asosiy
qarz summasi va foizini to‗liq qoplashga etmaydigan kreditlarga aytiladi.
To‗liq ta‘minlangan kreditlar deganda ta‘minot summasi kreditning asosiy
qarz summasi va foizini to‗liq qoplashga etadigan kreditlarga aytiladi.
O‗zbekiston Respublikasi Markaziy bankining talabi bo‗yicha, tijorat
banklari kreditlari uchun qabul qilingan ta‘minot summasi kredit bo‗yicha
qarzdorlik summasiga nisbatan kamida 125% bo‗lishi lozim.
Kreditlar takror ishlab chiqarish jarayoniga xizmat ko‗rsatishiga ko‗ra
quyidagi turlarga bo‗linadi:
– ishlab chiqarish jarayoniga beriladigan kreditlar;
– ishlab chiqarilgan tovarlarni sotish uchun beriladigan kreditlar;
– iste‘mol maqsadi uchun beriladigan kreditlar.
Tovarlar ishlab chiqarishning uzluksizligini ta‘minlashda tijorat banklari
beradigan kreditlar muhim rol o‗ynaydi. SHuningdek, ishlab chiqarilgan tovarlarni
xarid qilish uchun iste‘molchilar har doim etarli darajada pul mablag‗lariga ega
bo‗lmaydi. Shu sababli, ular tovarlarning ma‘lum qismini tijorat banklarining
kreditlari hisobidan xarid qiladilar.
Kredit bahosiga ko‗ra quyidagi turlarga bo‗linadi:
– bepul (tekin) kreditlar;
– arzon kreditlar;
– qimmat kreditlar.
Garchi foiz to‗lashlilik kreditning prinsiplaridan biri bo‗lsa-da, ba‘zan
kreditlar foizsiz beriladi. Bunga misol qilib, Xalqaro ta‘mirlash va taraqqiyot banki
tomonidan qashshoq mamlakatlarga berilayotgan foizsiz kreditlarni keltirish
mumkin. Xususan, Afrikaning Sahara davlatidan janubda joylashgan barcha
mamlakatlarda ocharchilik hukm surmoqda. Mazkur mamlakatlarga ijtimoiy
maqsadlar uchun foizsiz kreditlar berilmoqda.
110
Деньги, кредит, банки. Учебник. – М.: КНОРУС, 2009. - С. 268.
Arzon kredit deganda, odatda, foiz stavkasi, ya‘ni bahosi bozor stavkasidan
past bo‗lgan kreditlarga aytiladi.
Kreditlarning bahso ssuda kapitallari bozorida shakllanadi. Ssuda kapitallari
bozorining ikki segmenti mavjud bo‗lib, pul bozori segmentida qisqa muddatli
kreditlarning bahosi shakllanadi. Kapitallar bozori segmentida esa, o‗rta va uzoq
muddatli kreditlarning bahosi shakllanadi.
Qimmat kreditlar deganda foiz stavkasi bozor stavkasidan yuqori bo‗lgan
kreditlarga aytiladi. Odatda, risk darajasi yuqori bo‗lgan bitimlar banklarning
qimmat kreditlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Shuningdek,
2-jadval
ma‘lumotlari respublikamiz tijorat banklari
kreditlarining foiz stavkasining ijobiy darajaga ega ekanligini, ya‘ni inflyasiya
darajasidan yuqori ekanligini ko‗rsatadi.
Kreditlar foiz stavkasining turiga ko‗ra ikkiga bo‗linadi:
– suzuvchi stavkaga ega bo‗lgan kreditlar;
– qat‘iy belgilangan stavkaga ega bo‗lgan kreditlar.
Tijorat banklari har doim suzuvchi stavkada kreditlar berishdan manfaatdor
bo‗ladi. Buning sababi shundaki, kredit suzuvchi stavkada berilganda, uning foiz
stavkasi qanday o‗zgarishidan qat‘iy nazar, bank oladigan daromad, ya‘ni marja
yoki spred, o‗zgarmasdan qoladi.
Kredit oluvchi har doim qat‘iy belgilangan stavkaga ega bo‗lgan kreditlarni
olishdan manfaatdor bo‗ladi. Chunki, bunda kreditning bahosi o‗zgarmasdan
saqlanib qoladi. Agar kredit suzuvchi stavkada olingan bo‗lsa, u holda, kreditning
bahosining oshishi kredit oluvchining foiz to‗lovlari miqdorining oshishiga olib
keladi.
Kreditlar tarmoq xususiyatiga ko‗ra quyidagi turlarga bo‗linadi:
– sanoatga berilgan kreditlar;
– qishloq xo‗jalik kreditlari;
– qurilish kreditlari;
– savdo kreditlari va h.k.
Kreditlash ob‘ektlariga ko‗ra kreditning quyidagi turlarini ajratib ko‗rsatish
mumkin:
– tovar-moddiy qimmatliklarni sotib olish uchun berilgan kreditlar;
– ishlab chiqarish xarajatlarini moliyalashtirish uchun berilgan kreditlar
(masalan, respublikamizda paxta va g‗allani etishtirish xarajatlari imtiyozli
kreditlar hisobidan moliyalashtiriladi);
– mijozlarning to‗lov aylanmasidagi uzilishni qoplash uchun berilgan
kreditlar.
Kreditning maqsadi yo‗nalishi va kredit munosbatlarida ishtirok etuvchi
sub‘ektlarga ko‗ra kreditning quyidagi turlarini ajratib ko‗rsatish mumkin:
– sinditsiyali kreditlar;
– ipoteka kreditlari;
– xalqaro kreditlar.
Sinditsiyali kredit deganda bitta ob‘ektni yoni loyihani kreditlash uchun ikki
yoki undan ortiq bank tomonildan berilgan kreditga aytiladi.
Bosh bank bilan ishtirokchi banklar o‗rtasida Bosh bitim tuziladi va ushbu
bitimga asosan bank sindikati tashkil etiladi.
Bank sindikati bilan kredit oluvchi o‗rtasida kredit shartnomasi tuziladi.
Sinditsiyali kreditlar berish quyidagi shartlar asosida amalga oshiriladi:
A. Etakchi bankning to‗lovga qobil va likvidli bo‗lishi.
B. Etakchi bank sinditsiyali kreditning kamida 25 foizini o‗zining resurslari
hisobidan beradi.
V. Markaziy bank tomonidan tijorat banklarining kreditlash faoliyatiga
nisbatan o‗rnatilgan iqtisodiy normativlarni buzmaslik:
– bir mijozga yoki o‗zaro bog‗liq mijozlar guruhiga beriladigan ta‘minlangan
kreditlarning maksimal miqdori;
– bir mijozga yoki o‗zaro bog‗liq mizojlar guruhiga beriladigan
ta‘minlanmagan kreditlarning maksimal miqdori;
– tijorat banki tomonidan beriladigan yirik kreditlarning maksimal miqdori;
– insayderlarga beriladigan kreditlarning maksimal miqdori.
G. Kredit oluvchi sub‘ektning kredit to‗loviga layoqatli bo‗lishi.
D. Kredit bilan bog‗liq bo‗lgan hujjatlarni (kredit shartnomasi, Bosh bitim va
boshqalar) yuridik jihatdan to‗g‗ri rasmiylashtirish va ushbu jarayonni nazorat
qilish.
Hozirgi kunda taraqqiy etgan mamlakatlarda suzuvchi stavkadagi sinditsiyali
kreditlardan keng ko‗lamda foydalanilmoqda. Buning sababi shundaki, mazkur
mamlakatlar tijorat banklarining depozitlari tarkibida suzuvchi stavkalarda jalb
qilingan depozitlarning salmog‗i oshib bormoqda. Bu esa, suzuvchi stavkalardagi
sinditsiyali kreditlar hajmining oshirish zaruriyatini yuzaga keltiradi. Buning
sababi shundaki, suzuvchi stavkalarda jalb qilingan depozitlar hisobidan qat‘iy
belgilangan stavkalardagi sinditsiyali kreditlarni berish tijorat banklari faoliyatida
kredit riskini chuqurlashish xavfini yuzaga keltiradi.
Sinditsiyali kreditlar bo‗yicha marja miqdori 0,5 foizdan 2,5 foizgacha
bo‗lgan darajani tashkil etadi.
Ipoteka krediti deganda qo‗zg‗almas mulkni garovga olish yo‗li bilan
beriladigan kreditlarga aytiladi.
Ipoteka kreditlari berish amaliyoti quyidagi ikki yo‗nalishga ega:
1. Xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlarga va aholiga ipoteka kreditlari berish;
2. Ipoteka kreditlarini ikkilamchi bozorda sotish.
O‗zbekiston Respublikasida ipoteka kreditlari bilan bog‗liq bo‗lgan huquqiy
munosabatlar O‗zbekiston Respublikasining ―Ipoteka to‗g‗risida‖gi qonuni bilan
tartibga solinadi. Shuningdek, O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 7
yanvardagi PQ-2282-sonli ―2015 yilda Qishloq joylarda namunaviy loyihalar
bo‗yicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi dasturi va 2016 yilgi qurilishning asosiy
parametrlari to‗g‗risida‖gi qarori ipoteka kreditlari berish amaliyotining muhim
huquqiy asosi hisoblanadi.
Qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‗yicha yakka tartibda uy-joy qurish
uchun beriladigan ipoteka kreditlari eng kam ish haqining 1000 barobari
miqdorida, Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining 50% darajasidagi foiz
stavkasi bo‗yicha beriladi.
Uy-joy qurish yoki sotib olish uchun beriladigan ipoteka kreditlari uy-joy
qiymatining 75 foizigacha miqdorda beriladi. Uy-joy qiymatining qolgan 25%
kredit oluvchining o‗z mablag‗lari hisobidan dastlabki badal sifatida to‗lanishi
lozim.
Xalqaro kreditlar – bu ssuda kapitalining davlatlararo harakati bo‗lib, ushbu
hara kat valyuta va tovar ko‗rinishidagi mablag‗larni qaytarib berishlik, foiz
to‗lashlilik va muddatlilik shartlari asosida berish natijasida berish natijasida
yuzaga keladi.
Xalqaro kreditlarning ikki asosiy turi mavjud:
1. Xalqaro bank krediti.
2. Xalqaro tijorat krediti.
Xalqaro bank krediti banklar tomonidan valyutalarda beriladi.
Xalqaro tijorat krediti firmalar, kompaniyalar tomonidan tovarlar
ko‗rinishida beriladi.
Xalqaro kreditlarning bahosi xalqaro ssuda kapitallari bozorida shakllanadi
va ular har kuni e‘lon qilinadi. Dunyodagi eng yirik xalqaro ssuda kapitallari
bozori bo‗lib, London ssuda kapitallari bozori hisoblanadi.
London ssuda kapitallari bozorida har kuni mahalliy vaqt bilan soat 11.00 da
etakchi xorijiy valyutalardagi depozitlar va kreditlarning foiz stavkalari aniqlanadi
va butun dunyoga e‘lon qilinadi.
Xorijiy valyutalardagi depozitlarning bozor stavkasi
Dostları ilə paylaş: |