― pul va banklar



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə146/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   266
pul va banklar (2)

 
– 
banklar ochiq va yopiq turdagi jamiyatlar sifatida 
tasniflanadi. Banklarning kapitalini asosiy ulushi yuridik shaxslar hissasiga to‗g‗ri 
keladi, ushbu banklar ochiq aksiyadorlik yoki yopiq aksiyadorlik banklari bo‗lishi 
mumkin.
Ochiq yoki yopiq aksiyadorlik banklari deyilishiga sabab ularning aksiyalarini 
sotish va sotib olish jarayoni bilan bog‗liq bo‗ladi. Qatnashchilari o‗zlariga tegishli 
aksiyalarini o‗zga aksiyadorlarning roziligisiz boshqa shaxslarga berishi mumkin 
bo‗lgan aksiyadorlik jamiyati ochiq aksiyadorlik jamiyati deb hisoblanadi.
Aksiyalari faqat o‗z muassislari yoki oldindan belgilangan doiradagi shaxslar 
orasida taqsimlanadigan aksiyadorlik jamiyati yopiq aksiyadorlik jamiyati deb 
hisoblanadi. Mamlakatimizda mulkiy jihatdan tashkil topishidan qa‘tiy nazar, 
faoliyat yuritayotgan barcha banklar ochiq aksiyadorlik banklari hisoblanadi. 
Banklar bajaradigan funksiyasi (operatsiyalari) jihatidan

emission, tijorat, 
investitsion, ipotekali va jamg‗arma banklar sifatida tasniflanadi. Emission banklar 
mamlakat iqtisodiyotiga pullarni emissiya qilish, shuningdek, kredit muassasalari 
faoliyatini tartibga solish va pul – kredit siyosatini amalga oshirish bilan 
shug‗ullanadi. Bunday vazifani hozirgi paytda mamlakat Markaziy banklari
bajaradi. Markaziy banklar bevosita mijozlarga bank xizmatlarini ko‗rsatmaydi va 
tijorat faoliyati bilan shug‗ullanishi ta‘qiqlanadi. 
Tijorat banklari mamlakat bank tizimi va kredit muassasalari tarkibidagi 
muhim ahamiyatga ega bo‗lgan moliyaviy muassasalar hisoblanadi. Ushbu banklar 
banklar bajarishi mumkin bo‗lgan barcha operatsiyalarni bajaradi. 
Investitsion banklarning asosiy faoliyati passiv operatsiyalari natijasida 
shakllantirgan moliyaviy mablag‗larini asosiy ulushini qimmatli qog‗ozlarga 
investitsiya qilishdan iborat bo‗ladi. Mamlakatda investitsion banklar faoliyat 
yuritishi uchun qimmatli qog‗ozlar bozori rivojlangan va etarli darajada 
investitsion muhit yaratilgan bo‗lishi lozim. 
Ipoteka banklari jismoniy va yuridik shaxslarga garov asosida uzoq muddatli 
kreditlar berish bilan shug‗ullanadi. Ipoteka atamasi ko‗chmas mulklarni garovga 
qo‗yish natijasida vujudga keladigan moliyaviy munosabat bo‗lib, uning o‗ziga xos 
xususiyatlaridan biri garovga qo‗yilgan ko‗chmas mulk kredit (qarz) oluvchining 
tasarrufida qolishidir. Odatda ipoteka banklari faoliyatining asosiy yo‗nalishini 
ipoteka krediti berishga qaratilgan bo‗lishi lozim. Biroq, amaliyotda ushbu qoida 
doimo ham o‗zining isbotini topmaydi, chunki hozirgi kunda faoliyat yuritayotgan 
ipoteka banklari kredit portfeli tarkibida nafaqat ipoteka krediti, balki boshqa 
maqsadlarga yo‗naltirilgan kreditlarning hajmi salmoqli ulushni tashkil etadi. 
Jamg‗arma banklarining asosiy mijozlari jismoniy shaxslar bo‗lib, ushbu 
banklarning asosiy faoliyati aholidan muddatli omonatlarni jalb qilishga qaratilgan 
bo‗ladi. Jamg‗arma sifatida shakllantirilgan mablag‗larni yirik tijorat banklariga, 
savdo va qurilish tashkilotlariga investitsiya va kreditlar ko‗rinishida joylashtiradi.


Banklar bajaradigan operatsiyalarining tabiati jihatidan

universal va 
ixtisoslashgan banklarga bo‗linadi. Universal banklar banklar bajaradigan barcha 
operatsiyalarni bajaradi. Bunga misol sifatida tijorat banklarini keltirish mumkin. 
Ixtisoslashgan banklar esa iqtisodiyotning ma‘lum tarmog‗iga xizmat ko‗rsatish va 
shu 
tarmoqni 
rivojlantirish 
maqsadida 
tashkil 
etiladi. 
Mamlakatimiz 
mustaqilligining 
dastlabki 
yillarida 
qator 
ixtisoslashgan 
banklar 
(O‗zmevasabzavot, Zaminbank, Engilsanaot, G‗allabank, Paxtabank) tashkil etildi. 
Milliy iqtisodiyotning rivojlanishi va bozor munosabatlarining chuqurlashuvi 
natijasida ushbu banklar universal banklarga aylantirilib, bir – biriga qo‗shib 
yuborildi yoki universal tijorat banklariga aylantirildi.
Shuningdek, ixtisoslashgan banklar, tashqi iqtisodiy operatsiyalarni bajarish, 
investitsion faoliyat bilan shug‗ullanishi mumkin. Biroq mamlakatimizda, alohida 
tarmoqqa xizmat ko‗rsatadigan yoki operatsiyalarni bajaradigan ixtisoslashgan 
banklar mavjud emas.
Shu bilan birga banklarning faoliyati xizmat ko‗rsatadigan tarmoqlari, 
filiallarining soni, xizmat ko‗rsatish doirasi, kapitalining hajmi nuqtai nazaridan 
ham tasniflanadi. 
Xizmat ko‗rsatadigan tarmoqlari bo‗yicha

banklarning faoliyatiga e‘tibor 
qaratadigan bo‗lsak, ayrim banklar iqtisodiyotning turli tarmoqlariga xizmat 
ko‗rsatadi. Jumladan, avtomobilsozlik, neft sanoati, qurilish va boshqa sohalar. 
Masalan, mamlakatimiz Sanoatqurilishbanki ko‗plab tarmoqlarga xizmat 
ko‗rsatadi, biroq asosiy faoliyati og‗ir sanoat korxonalariga xizmat ko‗rsatishga 
qaratilgan. SHuningdek, Agrobankning asosiy faoliyati qishloq xo‗jaligi 
korxonalariga, Asakabank mashinasozlik sohasiga va hokazo. 
Filiallarining soni bo‗yicha
 –
ayrim banklarda filiallar umuman mavjud emas, 
ayrimlarida 
esa 
mamlakatning 
barcha 
hududlarida 
filiallari 
mavjud. 
Mamlakatimizda 
bunday 
banklar 
sirasiga 
Agrobank, 
Xalqbank, 
Mikrokreditbanklarni kiritish mumkin. Ushbu banklarning mamlakatimiz 
tumanlarining deyarli barchasida o‗z filiallari faoliyat yuritadi. Banklarning 
filiallari yuridik shaxs sifatida barcha huquq va majburiyatlarga ega bo‗lmaydi, 
ular tegishli nizom asosida bosh bank tomonidan berilgan chegaralangan huquq va 
majburiyatlar doirasida faoliyat yuritadi.
Xizmat ko‗rsatish doirasi bo‗yicha

banklar ma‘lum hududga, hududlararo, 
xalqaro darajada mijozlarga xizmat ko‗rsatishi e‘tiborga olinadi. Buning uchun 
banklar Markaziy bankning tegishli litsenziyalariga ega bo‗lishi talab etiladi. 
Masalan, mamlakatimizda Markaziy bankning tegishli talablarni bajargan tijorat 
banklariga milliy valyutada va xorijiy valyutalarda faoliyat yuritishi uchun alohida 
– alohida litsenziyalar beradi.
Kapitalining hajmi bo‗yicha
 –
banklar kichik, o‗rta va yirik tijorat banklarga 
guruhlanadi. Masalan, mamlakatimiz barcha banklari ustav kapitalining 40 foizdan 
ortig‗i TIF Milliy banki hisasiga to‗g‗ri keladi, yoki mamlakatimizda beshta yirik 
bankning (TIF Milliy banki, Sanoatqurilishbank, Agrobank, Asakabank, 
Ipotekabank) kapitali jami banklar kapitalining 85 – 90 foizini tashkil etadi.
Yakuniy so‗z sifatida ta‘kidlash mumkinki, banklarning turlarini 
ko‗pqirraligi, ularning bajaradigan operatsiyalarining sonini ortib borishi 


jamiyatning ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishi bilan bevosita bog‗liqdir. Bozor 
iqtisodiyoti sharoitida bularning barchasi tegishli qonun, qoida, tartib va 
mexanizmlar asosida tartibga solib boriladi.

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin