― pul va banklar



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə143/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   266
pul va banklar (2)

9.2. Banklarning funksiyalari 
 
anklarning mohiyati ularning funksiyalarida yanayam yaqqolroq 
namoyon bo‗ladi. Banklarning funksiyalari ularning nazariy masalalari sifatida 
e‘tirof etiladi. SHu bois ham banklarning mohiyatini yoritishda vujudga kelgan 
qator mulohazali holatlar ularning funksiyalarini yoritishda ham mustasno emas. 
Xususan, iqtisodiy adabiyotlarda banklarning funksiyalari haqida qator mulohazali 
va tushunmovchilik holatlar mavjud. Masalan, ayrim manbalarda banklar 
bajaradigan operatsiyalar ularning funksiyalari sifatida qayd etiladi. Bu erda bank 
faoliyati natijasida ular tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalari nazarda 
tutiladi. Biroq, shuni ta‘kidlash joizki, banklarning barcha operatsiyalari ham 
ularning funksiyalari bo‗la olmaydi. Bank funksiyasi uning ma‘lum ko‗rinishdagi 
faoliyatini ifodalaydigan iqtisodiy kategoriya bo‗lishi lozim.
Shunga qaramasdan, ayrim iqtisodiy manbalarda banklar to‗lov aylanmasi, 
kassaga naqd pullarni qabul qilish va berish, kredit berish, qimmatli qog‗ozlarni 
saqlash va boshqarish, naqd va naqdsiz ko‗rinishda xorijiy valyutani sotish va sotib 
olish, shuningdek, bank tomonidan bajaraladigan boshqa operatsiyalar ularning 
funksiyalari sifatida ta‘kidlanadi.



Bundan tashqari, iqtisodiy adabiyotlarda banklarning qimmatbaho metallar va 
buyumlarni saqlash uchun maxsus seyflar berish, xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlarning 
kapitalini shakllantirishda ishtirok etishi, kreditlash uchun resurslarni jalb etish va 
boshqa shu kabi operatsiyalari ularning funksiyalari sifatida talqin etiladi. Albatta, 
bu banklarning pul – kredit siyosatini amalga oshiruvchi muassasa sifatidagi 
faoliyatini aniqroq tushinishda va ularning imkoniyatlari kengligidan dalolat 
beradi. Biroq, ushbu operatsiyalarning barchasi banklarning funksiyalari bo‗lib 
hisoblanmaydi. Chunki yuqorida ta‘kidlaganimizdek, banklarning har – bir 
operatsiyasini ularning funksiyalari sifatida e‘tirof etadigan bo‗lsak, demak 
zamonaviy banklar 300 dan ortiq funksiyani bajaradi degan fikr paydo bo‗ladi.
Banklarning funksiyalari haqida gap ketganda, bu jarayonni nafaqat banklar 
nuqtai nazaridan, balki uning mijozlari manfaatlaridan ham kelib chiqib so‗z 
yuritish lozim. Shu jihatdan banklarning funksiyalarini o‗rganishda ularni quyidagi 
mezonlariga e‘tibor qaratish lozim:
1.
makroiqtisodiy darajada, banklar va real sektor ishtirokchilari o‗rtasida 
iqtisodiy munosabatlar; 
2.
banklarning tashkiliy – huquqiy va mulkiy shakli jihatidan amal qilishi 
(Markaziy bank, tijorat banki, ixtisoslashgan bank va boshqalar). 
Banklarning funksiyalari to‗g‗risida fikr yuritganda quyidagi masalalarni 
e‘tibordan chetda qoldirish kerak emas. Birinchidan, banklarning funksiyalari 
ularning mohiyatini kengroq ochishga xizmat qilishi lozim, ikkinchidan
banklarning funksiyasi sifatida ta‘kidlangan iqtisodiy kategoriya barcha moliyaviy 
institutlarning xususiyatlariga xos bo‗lgan jarayon emas, balki faqat banklargagina 
xos bo‗lgan iqtisodiy kategoriya bo‗lishi lozim. 
Ma‘lumki, banklarning asosiy operatsiyalaridan biri iqtisodiyotdagi bo‗sh pul 
mablag‗larini tegishli shartlar asosida o‗ziga jalb etishga qaratilgan. Bu 
banklarning funksiyasi bo‗la oladimi, degan savol tug‗iladi. Markaziy bankda 
tijorat banklarining majburiy zaxiralari jamg‗ariladi, banklarda esa aholi va 
mijozlarning vaqtinchalik bo‗sh pul mablag‗lari jamg‗ariladi. Iqtisodiyotda 
vaqtinchalik bo‗sh pul mablag‗larni jamg‗arish banklarning qadimiy 
operatsiyalaridan biri hisoblanadi. Bu erda asosiy masala shundan iboratki, 
vaqtinchalik bo‗sh pul mablag‗larni jamg‗arish faqatgina banklarga xos bo‗lgan 
operatsiya emas, ushbu operatsiyani jismoniy shaxslar yoki boshqa yuridik 
shaxslar ham amalga oshirishi mumkin. CHunki, har qanday sub‘ekt u yoki bu 
ob‘ektni moliyalashtirish uchun dastlab ma‘lum miqdordagi moliyaviy 
mablag‗larni jamg‗arishi lozim. Biroq, masalaga yanayam chuqurroq 
yondashadigan bo‗lsak, banklar ushbu operatsiyani bajarganda boshqa xo‗jalik 
yurituvchi sub‘ektlar bajaradigan operatsiyalardan jiddiy farq qiladi. Ular asosan 
quyidagi holatlarda namoyon bo‗ladi: 
1. Banklar pullarni jalb etganda o‗z pullarini emas, balki begona shaxslarning 
mablag‗larini jamg‗aradi; 
2. Banklar jamg‗argan mablag‗larni o‗zining ehtiyoji uchun emas, balki 
boshqa shaxslarning ehtiyojlari uchun sarflaydi (qayta taqsimlash asosida). 


Banklarning funksiyalari xususidagi mulohazalarni chuqurlashtirish fikridan 
yiroq ekanligimizni ta‘kidlagan holda, ularning quyidagi funksiyalari mavjudligini 
qo‗llab – quvvatlaymiz. 
Birinchi funksiyasi, vaqtinchalik bo‗sh pul mablag‗larni jalb qilish, 
jamg‗arish va ushbu mablag‗larni kapitalga aylantirish funksiyasi. Banklarning
juda qadimiy funksiyalaridan hisoblanadi. Banklar jamiyatdagi vaqtinchalik bo‗sh 
pul mablag‗larini tegishli shartlar asosida o‗zlariga jalb qiladi va ushbu 
mablag‗larni samarali yo‗nalishlarga joylashtiradi. Albatta, banklardan tashqari 
turli investitsion fondlar, moliya – sanaot korxonalari ham pul mablag‗larini jalb 
qilish va jamg‗arish bilan shug‗ullanadi, biroq ularning pul mablag‗larini jalb 
qilish va jamg‗arishi bilan banklarnikidan jiddiy farqlar mavjud. Banklarning 
itiyorida bo‗lgan mablag‗larning deyarli 90 foizi chetdan jalb qilingan pul 
mablag‗lari hisoblanadi. Bu banklarning asosiy faoliyati boshqa shaxslarning 
mablag‗lari hisobiga amalga oshirilishi anglatish bilan birga, yuqori darajada 
riskka bog‗liqligini keltirib chiqaradi.
Ikkinchi funksiyasi, korxona va tashkilotlar, davlat, kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlik sub‘ektlarini kreditlash. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish 
va mehnat taqsimotining chuqurlashuvi mulkiy shaklidan qa‘tiy nazar barcha 
xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlarni aylanma mablag‗larga bo‗lgan ehtiyojini oshiradi. 
Xususan, korxona va tashkilotlar ishlab chiqarish jarayonini modernizatsiyalash va 
kengaytirish, mehnat taqsimotini takomillashtirish, qo‗shimcha aksiyalarni sotib 
olish va boshqa maqsadlarni amalga oshirishda qo‗shimcha moliyaviy 
mablag‗larga kuchli ehtiyoj sezadi. Xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlarning bu 
ehtiyojining asosiy qismi banklarning kredit berish funksiyasi orqali qondiriladi. 
Albatta, banklar ushbu funksiyani amalga oshirishda kreditning tegishli 
tamoyillariga (muddatlilik, ta‘minlanganlik, to‗lovlilik, qaytarishlik va 
maqsadlilik) amal qilgan holda xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlarga tijorat asosida 
taqdim etadi.
Uchinchi funksiyasi, xo‗jalik sub‘ektlari pul hisob – kitoblarini amalga 
oshirish hisoblanadi. Iqtisodiyotda faoliyat yuritayotgan xo‗jalik sub‘ektlari kun 
davomida bir necha yuz minglab turli darajadagi pul aylanmalarini (asosan naqdsiz 
pul ko‗rinishida) amalga oshiradi. Banklarning bevosita ishtiroki natijasida ushbu 
o‗tkazmalar jo‗natuvchidan oluvchiga etib boradi. SHuningdek, banklar pul 
o‗tkazmalari orqali iqtisodiyotning turli tarmoqlariga kapitalni joylashtiradi va 
kredit liniyalari ochadi. Bularning barchasi banklarning pul hisob – kitoblarni 
amalga oshirish funksiyasi orqali bajariladi va tartibga solinadi.
Banklarning pul aylanmasini tartibga solish funksiyasi orqali Markaziy bank 
iqtisodiyotdagi tovar massasi va pul massasi o‗rtasidagi o‗zaro muvozanatlikni 
ta‘minlaydi. Ma‘lumki, ushbu muvozanatning buzilishi iqtisodiyotda inflyasiya 
darjasini ortib ketishi yoki pul taqchilligini vujudga kelishiga olib keladi. SHu bois 
ham Markaziy bank o‗zining pul – kredit instrumentlari orqali pul aylanmasi uchun 
zarur bo‗lgan to‗lov vositasining miqdorini tartibga solib turadi.
To‗lovni amalga oshirishda vositachilik qilishi banklarning to‗rtinchi 
funksiyasi hisoblanadi. Banklar iqtisodiy munosabatlarga kirishuvchi tomonlar 
o‗rtasida to‗lovlarni amalga oshirish orqali vositachilik ishlarini amalga oshiradi. 


Banklar orqali bank mijozlarining, aholining, davlatning moliyaviy mablag‗lari 
o‗tadi, bank ular o‗rtasida to‗lovlarni amalga oshiruvchi moliyaviy muassasa 
sifatida vositachilik vazifasini amalga oshiradi. Banklar vositachilik funksiyasi 
orqali nafaqat pullarni bir xo‗jalik yurituvchi sub‘ektdan ikkinchisiga o‗tkazadi, 
balki iqtisodiyotdagi moliyaviy kapitalni bir tarmoqdan ikkinchisiga o‗tishini 
nazorat qilib boradi va ushbu tarmoqlarning rivojlanishida muhim ahamiyat kasb 
etadi. 
Kredit mablag‗larni muomalaga chiqarish banklarning beshinchi funksiyasi 
hisoblanadi. Ta‘kidlash joizki, ushbu funksiyani barcha banklar bajarish huquqiga 
ega emas. Bozor iqtisodiyoti sharoitida muomalaga kredit pullarni chiqarish 
Markaziy bank zimmasiga yuklatilgan. Markaziy bank muomalaga chiqarayotgan 
pul 
massasini 
mamlakatda 
yaratilayotgan 
tovar 
massasiga 
nisbatan 
muvozanatligini ta‘minlashga e‘tibor qaratadi. Markaziy bankning ushbu 
funksiyani samarali bajarayotganligi milliy valyutaning sotib olish qobiliyatini 
mustahkamligi va inflyasiya darajasining pastligi belgilaydi.
Demak, tijorat banklari kredit pullarini muomalaga emissiya qilish huquqiga 
ega emas, ular muomaladagi mavjud pul hajmi doirasida faoliyat yuritadi. 
Muomaladagi pul massasining hajmini o‗zgarishiga tijorat banklari bevosita ta‘sir 
qila olmaydilar, bunga faqat Markaziy bankning huquqi mavjuddir.
Iqtisodiy va moliyaviy maslahatlarni berish banklarning oltinchi funksiyasi 
hisoblanadi. Banklar iqtisodiyotdagi moliyaviy muassasa sifatida mulkiy shaklidan 
qa‘tiy nazar mamlakatdagi barcha xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlarga o‗zlarining 
huquqiy imkoniyatlaridan kelib chiqib, turli darajadagi iqtisodiy va moliyaviy 
maslahatlarni beradi. Albatta, ushbu maslahatlar mijoz va bank o‗rtasida tuzilgan 
tegishli shartnomalar yoki o‗zaro kelishuvlar asosida amalga oshiriladi.
Xulosa qilib aytganda, banklarning funksiyalari ularning mohiyatini va 
bajaradigan operatsiyalarining mazmunini anglashga xizmat qiladi. Banklarning 
funksiyalari turli iqtisodiy adabiyotlarda turlicha talqin etilishining asosiy sababi 
ijtimoiy – iqtisodiy hayotda yuz berayotgan va rivojlanib borayotgan 
munosabatlarning doimiy ravishda yangi qirralarining vujudga kelayotganligi bilan 
izohlanadi. 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin