ma‘lumotlar mavjud emas. Ayrim iqtisodchi olimlar banklarni feodalizm davrida
vujudga kelganligini ta‘kidlashsa, ularning ayrimlari esa kapitalistik tuzumning
dastlabki davrlarida paydo bo‗lganligini ta‘kidlaydi. Uchinchi guruh olimlar,
banklar faoliyatiga xos bo‗lgan operatsiyalar miloddan ilgarigi davrlarda paydo
bo‗lganligini qayd etadilar.
Manbalarga ko‗ra, dastlabki bankirlar kichik – kichik do‗konlarda mahalliy
pullarni xorijiy pul birliklariga ma‘lum darajadagi to‗lov
evaziga almashtirib
berishgan. Shuningdek, yirik pul egalarining pullari va tijorat veksellarini tegishli
haq evaziga saqlash bilan shug‗ullangan. Keyinchalik banklar vaqtinchalik bo‗sh
pul mablag‗larni tegishli shartlar asosida jalb etib, ushbu mablag‗larga ehtiyoji
bo‗lgan shaxslarga ma‘lum to‗lov evaziga bera boshlagan.
Bankning kelib chiqish tarixini o‗rgangan bir qator iqtisodchi olimlarning
xulosasiga ko‗ra dastlabki banklar Italiyaning Venetsiya va Genuya shaharlarida
X asrda paydo bo‗lgan. Shuning uchun ham bank so‗zi italyancha ―
banco
‖
so‗zidan olinib ―stol‖ degan ma‘noni anglatadi. Garchi valyuta ayirboshlash
operatsiyalari dastlabki banklarning 1-operatsiyasi bo‗lsada , hozirgi paytda
banklarning jamiyatdagi o‗rni ularning kredit operatsiyalari bilan belgilanadi.
Qadimgi Gretsiyada pul almashtiruvchi odamlarni ―trapezida‖ (grekcha-stol),
Qadimgi rimda ―mensarilar‖( lotincha-stol) deb atashgan
111
.
Qadimgi Bobilda er. av. VIII asrda faoliyat olib borgan Bobil bankining
bajargan funksiyalari e‘tiborni tortmay qolmaydi. Ular sirasiga: omonatga foiz
to‗lovlari asosida pullar qabul qilingan, yozma shaklda ssuda va kredit berish,
xattoki «gudu» (hudu-«gudu») deb nomlangan bank biletlarini chiqarish kirgan.
Bobilda «Igibi» bankirlar uyining bir muncha murakkabroq vazifalarini alohida
ta‘kidlab o‗tish mumkin. «Igibi» banki mijozlar hisobiga vositachilik orqali savdo-
sotiqda va to‗lovda
ishtirok etish, pul omonatlari qabul qilingan, kredit berilgan
(bunda omonatchi omonatiga foiz to‗lovlarini natural shaklda olgan, ya‘ni
omonatchi bankdan pul olgan shaxsning xosilini bir qismiga egalik qilish xuquqi
berilgan), shartnomalarga kafil bo‗lish, turli savdo tadbirlarini moliyalashtirish,
turli akt va shartnomalarni rasmiylashtirishda maslaxatchi
hamda vakolatli shaxs
sifatida ishtirok etganlar.
Qadimgi Bobildagi bank tizimini xuquqiy asoslari shox Xammurapi
qonunlarida er.av. XVII asrda belgilab qo‗yilgan. Bu Qonunda sudxo‗rlik foizlarini
ta‘qiqlovchi qoidalar ham ko‗rsatilgan. Bunga ko‗ra yillik puldagi foiz mikdori
20% yoki hosilning 1/3 qismidan ko‗p bo‗lmasligi. Yana sudxo‗rlik foizlarini
to‗lay olmagan insonlarni qullik bo‗lish muddatini 3 yil qilib belgilangan.
1401-yili turli savdo uyushmalari birlashtirilib, mashhur Muqaddas Grigoriy
banki Genuyada ochildi. Bu bank shahar xokimligining ximoyasida bo‗lib, shahar
meri xokimlik lavozimiga o‗tirayotganda bu bankni himoya qilishga qasam ichgan.
Chunki bu bank Respublikaning kreditori vazifasini bajargan. 1463-yildan to 1505-
yilgacha Rim papasigi bankning qarzdorlarini murtab deb e‘lon qilish (cherkovdan
chetlashtirish bunday takdirga uchraganlar ko‗p xuquqlardan mahrum bo‗lib, qattiq
111
―Money, Bank credit and Economic cycles‖. JESÚS HUERTA DE SOTO. Second edition 2009. 41-42 pages.
jazolangan) xuquqi berilgan hamda buning natijasida
bankning qarzdorlari
bo‗lmagan.Faqatgina 1675-yildagina bu bank jirobankka aylantirildi.
XV asrda Fransiyada tarixda birinchi marta Lombardlar paydo bo‗ldi, ular
asosan sudxo‗rlik bilan shug‗ullanganlar. 1848 yillardan esa Prussiyada ham
Lombardlar o‗z faoliyatlarini boshlaganlar.
XVI asr oxirlarida va XVII asrning boshlarida Gollandiyada kassirlar pul
almashtiruvchilarning faoliyatini bajarardilar. SHuning uchun kassirlik hamda pul
almashtiruvchi ixtisosliklari qo‗shilib ketish xavfi paydo bo‗ldi va kuchaydi. SHu
xavfni oldini olish uchun Amsterdam xukumati 1609-yili Amsterdam jamoatchilik
bankini tashkil qildi. Bu bank pul almashtirishda o‗rnatilgan rasmiy foiz stavkasi 5
% bo‗lgan hamda bank ma‘lum muddat monopol bo‗lib faoliyat yurgiza boshladi.
Ammo 1621-yili pul almashtiruvchi kassirlar faoliyati qaytadan tiklandi, natijada
pul almashtiruvchi kassirlar va bank o‗rtasida raqobat kuchaydi. 1641-yili
harakatdagi pullarni qiymatini o‗rnatilgan qonuniy narxlarga yaqinlashtirish uchun
ba‘zi monetalar «yaxshi bank pullari» deb nomlandi. Bank kreditor sifatida
«yaxshi» pullardan, pul almashtiruvchi sifatida esa «kassa pullari» deb nomlangan
pullardan foydalangan. 1651-yili shahar xukumati pul islohotini amalga oshirdi va
harakatga mayda pul birliklari «gulden»lar zarb qilina boshlandi va nihoyat 1681-
yili bu bank depozit va jirobank ko‗rinishini oldi.
Amstredamning tajribasiga tayangan holda xuddi o‗sha
sabablar bilan
Gamburg shahrida ham Gamburg Veksel Banki tashkil etildi hamda u 1812-
yilgacha faoliyat olib bordi.
Bu banklarda pul almashinuvi asosiy operatsiya bo‗lganligi uchun ularda
almashinuv birliklari paydo bo‗la boshladi. Ularning mashhurlari Hamburger-Mark
Banco, Bankgeld Surantgeld va boshqalar.
Germaniyalik YA. Fuggerning (1450-1528) savdo uyi turli xildagi pulli va
bank operatsiyalarini bajargan. Ammo bu savdo muassasasi 1637-yili
Genuyaliklarga sotib yuborilgan. 1648-yili yirik fransuz savdogarlari Germaniyada
birinchi xunarmandlik hamda savdogarlik tijorat bankini tashkil qilishdi. Bu bank
«Germen Credit» deb nomlangan.
Shu tarzda banklar yangi-yangi jiro banklarning paydo bo‗lishi hisobiga
rivojlanib bordi. Bu davr uchun xarakterli bo‗lgan bank operatsiyasi bir hisob
raqamdan ikkinchi hisob raqamga o‗tkazish operatsiyasi keng qo‗llanilgan. Bu
bosqichda depozit banklarning kurtaklari paydo bo‗la boshlagan. Ammo bu
operatsiya keyingi davrda rivojlandi. Bu bosqichda
hech bir bank banknotalar
emissiyasi bilan shug‗ullanmagan.
Dastlabki banklar valyuta ayirboshlash operatsiyalaridan tashqari ,
odamlarning pul boyliklarini saqlash va omonatchilarga hisob-kitob xizmatlari
ko‗rsatish bilan ham shug‗illanganlar. Keyinchalik bankerlar shu narsani tushindiki
, bankda harakatsiz yotgan pullarni ma‘lum foiz evaziga berib daromad olish
mumkin. Shu tariqa banklarning kredit operatsialari paydo bo‗lgan.
Bank deb pul mablag‗larini yig‗uvchi, saqlab beruvchi, kredit-hisob va
boshqa har xil vositachilik operatsiyalarini bajaruvchi muassasaga aytiladi.
Banklar paydo bo‗lishining asosi tovar-pul munosabatlarining
rivojlanishi
hisoblanadi. Tovar-pul munosabatlarining yuzaga kelishi va ularning rivojlanib
borishi barcha ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlarda banklarning mavjud bo‗lishini taqozo
qiladi.
Banklar o‗rta asrlarda puldorlar tomonidan pulni qabul qilish va boshqa
davlat, shahar puliga almashtirib berish asosida kelib chiqqan. Keyinchalik
puldorlar o‗z bo‗sh turgan mablag‗laridan foyda olish maqsadida ularni vaqtincha
foydalanishga mablag‗ zarur bo‗lgan sub‘ektlarga berishgan. Bu hol pul
almashtiruvchi puldorlarning bankirlarga aylanishiga olib kelgan.
Dostları ilə paylaş: