― pul va banklar


Tijorat banklarining vazifalari va funksiyalari



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə152/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   266
pul va banklar (2)

10.4.
Tijorat banklarining vazifalari va funksiyalari
 
ijorat banklarining iqtisodiy mavqei faoliyat doirasining keng 
bo‗lishiga olib keladi. Tijorat banklari quyidagi asosiy funksiyalarni 
bajaradi. 
1. Vaqtincha bo‗sh turgan pul mablag‗larni yig‗ish va ularni kapitalga 
aylantirish. 
2. Korxona, tashkilotlar, davlat va aholini kreditlash; 
3. muomalaga kredit pullar (muomalaning kredit vositalari) ni chiqarish. 
4. Iqtisodiyotda hisob-kitoblar va to‗lovlarni amalga oshirish. 
5. Moliya - valyuta bozorida faoliyat ko‗rsatish. 
6. Iqtisodiy-moliyaviy axborotlar berish va konsultatsiya xizmatlarini
ko‗rsatish. 
Banklar bo‗sh pul mablag‗larini yig‗ish va ularni kapitalga aylantirish 
funksiyasini bajara turib, mavjud bo‗sh pul daromadlari va jamg‗armalarni yig‗adi. 
Jamg‗aruvchi (bo‗sh pul mablag‗i egasi) o‗z mablag‗larini bankka ishonib 
topshirgani uchun va bank bu mablag‗lardan foydalangani uchun ma‘lum foiz 
hisobida daromad oladilar. Bo‗sh pul mablag‗lari hisobidan ssuda kapitali fondi 
vujudga keladi va bu fond xalq xo‗jaligi tarmoqlarini kreditlash uchun ishlatiladi. 
Tijorat banklar faoliyatida asosiy o‗rinni korxona, tashkilotlarni, aholini, 
davlatni kreditlash egallaydi. Kreditlash jarayonini tashkil qilishda bank moliyaviy 
vositachi rolini o‗ynaydi. U bo‗sh turgan mablag‗larni jalb qiladi va o‗z nomidan 
mijozlarga vaqtincha foydalanishga beradi. Bank krediti hisobidan xalq xo‗ja-
ligining muhim tarmoqlari – sanoat, qishloq xo‗jaligi, savdo va boshqalar 
moliyalashtiriladi va ishlab chiqarishni kengaytirishga asos bo‗ladi. 
Muomalaga kredit pullarni chiqarish funksiyasi tijorat banklarini boshqa 
moliya institutlaridan ajratib turadi. Tijorat banklari depozit-kredit emissiya 
qilganida, ssudalar berganida, pul massasi oshadi va ssuda bankka qaytarilganda, 
muomaladagi pul massasi kamayadi. 
Tijorat banklari kredit pullarni yaratishning emitenti hisoblanadi. Tijorat bank 
tomonidan mijozga berilgan kredit uning hisob raqamiga o‗tkaziladi va bankning 



qarz majburiyati ortadi. Mijoz bu mablag‗ning ma‘lum qismini naqd pul shaklida 
hisob raqamidan olishi mumkin. Bu holda muomaladagi pul massasining miqdori 
oshadi. SHuning uchun ham, Markaziy bank tijorat bank-larining faoliyati ustidan 
nazorat olib boradi. 
Tijorat banklarining muhim funksiyalaridan biri hisob-kitoblarni olib 
borishdir. Hisob-kitoblarni olib borishda bank mijozlar o‗rtasida vositachi bo‗lib 
xizmat qiladi. 
Tijorat banklari qimmatbaho qog‗ozlar chiqarish va joylashtirish bilan ham 
shug‗ullanishi mumkin. 
Tijorat banklari iqtisodiy ahvolni nazorat qilish jarayonida mijozlarga har xil 
axborotlar, maslahatlar berishi mumkin.
Aksioner tijorat banklarning yuqori organi – aksionerlarning umumiy 
yig‗ilishi hisoblanadi. Har yili aksionerlarning yig‗ilishi nizomdagi va nizom 
kapitalidagi o‗zgarishlarni, yillik faoliyat va uning natijalarini, bank daromadlarini 
tasdiqlash, Bank Kengashi tarkibini saylash bankning sho‗‗ba muassasalarini 
tashkil qilish va bekor qilish kabi masalalarni ko‗rib chiqishi mumkin. 
Tijorat banklari quyidagi operatsiyalarni bajaradi: 
– passiv operatsiyalar; 
– aktiv ssuda operatsiyalar; 
– bank xizmatlari va vostitachilik operatsiyalari; 
– bankning o‗z mablag‗lari hisobidan amalga oshiradigan operasiyalar va 
boshqalar. 
Tijorat banklarni ochishga litsenziya (ruxsatnoma)ni Markaziy bank beradi. U 
tijorat banklar faoliyatini olib borish bo‗yicha iqtisodiy normativlar belgilab beradi 
va ularning bajarilishini nazorat qilib boradi 
 
Bu bobda biz banklarga taalluqli bo‗lgan umumiy funksiyalar to‗g‗risida 
gapirib o‗tmoqchimiz. Keyingi boblarda biz alohida-alohida olingan holda birinchi 
va ikkinchi bo‗g‗in banklarining funk-siyalari to‗g‗risida fikr yuritamiz. 
SHunday qilib, bank tizimi miqyosida olib qaraydigan bo‗lsak, banklar 
quyidagi funksiyalarni bajaradi: 
– vaqtincha bo‗sh turgan mablag‗larni yig‗ish va kapitalga aylan-tirish; 
– kredit munosabatlarida vositachilik qilish; 
– to‗lov jarayonlarida vositachilik qilish; 
– muomalaga kredit vositalarini chiqarish. 
Xalq xo‗jaligidagi vaqtincha bo‗sh turgan mablag‗larni yig‗ish va ularni 
kapitalga aylantirish – banklarning ilk funksiyalaridan biri hisoblanadi. Bu 
funksiya amalga oshirilishi natijasida bir tomondan, huquqiy va jismoniy shaxslar 
jalb qilingan mablag‗lari bo‗yicha ma‘lum miqdorda daromadga ega bo‗ladilar, 
ikkinchi tomon-dan bu mablag‗lar banklarning kreditlash salohiyatini tashkil qila-
di va shu resurslarga asoslangan holda banklar ssuda operatsiyalari-ni olib boradi.
Vaqtincha bo‗sh pul mablag‗lar banklar ishtirokisiz bir korxona (tarmoq) 
tomonidan ikkinchi korxona (tarmoq)ga vaqtincha foydala-nishga beriladigan 
bo‗lsa, bu munosabatlarni tashkil qilishda ma‘-lum qiyinchiliklar yuzaga kelishi 
mumkin: 


 – birinchidan, kreditga so‗ralayotgan summa bilan kreditga berilishi mumkin 
bo‗lgan summa o‗rtasida nomutanosiblik bo‗lishi mumkin; 
– ikkinchidan, ortiqcha bo‗sh mablag‗ga ega bo‗lgan korxonaning 
mablag‗larni vaqtincha foydalanishga beradigan muddati mablag‗ zarur bo‗lgan 
korxonani qoniqtirmasligi mumkin; 
uchinchidan, banklar ishtirokisiz korxonalarni to‗g‗ridan-to‗g‗ri 
kreditlashda qarz beruvchi qarz oluvchi korxonaning moliyaviy ahvo-lini to‗liq 
o‗rgana olmasligi mumkin. Qarz oluvchining to‗lovga layo-qatsiz bo‗lishi kreditor 
korxonaning ham moliyaviy ahvolining yomonlashuviga va boshqa salbiy hollarga 
olib kelishi mumkin. 
Xalq xo‗jaligidagi barcha bo‗sh mablag‗larning bank tomonidan yig‗ilishi 
natijasida vujudga keladigan kredit resurslar hisobi-dan qarz oluvchi korxonaga 
zarur bo‗lgan summada, zarur bo‗lgan mud-datda kredit berishga imkoniyat 
yaratiladi. Undan tashqari, bank kor-xonalarning to‗lovga layoqatliligini har 
tomonlama tahlil qilishi, ularning moliyaviy ahvolini yaqqolroq baholab bera olishi 
mumkin. 
Iqtisodiyotning o‗sishi bank kreditining qo‗llanilish ko‗lamini kengaytirib 
boradi. Kredit faqatgina har kunlik faoliyat bilan bog‗liq ishlab chiqarish va 
muomala jarayonining qisqa muddatli eh-tiyojlari uchun emas, balki uzoq 
muddatga kapitalga bo‗lgan ehtiyoj-ni qoplashga yo‗naltiriladi. O‗tgan asrning 60-
yillaridan boshlab, banklar yirik mijozlarga xizmat ko‗rsatishga ixtisoslasha bordi. 
Bu maqsadni amalga oshirish uchun banklar mablag‗larni jalb qilish miqyosini
iste‘mol uchun kreditlar berish ko‗lamini kengaytirdi.
To‗lovlarda vositachilik funksiyasida banklar o‗z mijozlarining topshirig‗iga 
asosan to‗lov jarayonlarini amalga oshiradi, hisob varaqlariga mablag‗larni qabul 
qiladi, pul tushumlarining hisobi-ni olib boradi, mijozlarga pul mablag‗larini 
beradi.
Hisob-kitoblarning bank orqali olib borilishi muomala xara-jatlarining 
kamayishiga olib keladi. Mijoz mamlakat ichida va boshqa mamlakat bilan 
qiyinchiliksiz o‗z mablag‗larini bank orqali o‗z hisobvarag‗idan boshqa korxona 
hisobvarag‗iga yoki boshqa mamlakat bankiga o‗tkazishi mumkin.
Muomalaga kredit vositalarini chiqarish. Bank kreditining manbai faqat 
vaqtincha bo‗sh mablag‗lar va kapital bo‗lib qolmasdan, kredit asosida chek-
depozit emissiyasi ham amalga oshiriladi. Bank tomonidan beriladigan kredit 
miqdori mavjud jamg‗armalardan ko‗p bo‗lsa, bank chek-depozit emissiyasini 
amalga oshirishi mumkin.

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin