― pul va banklar



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə155/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   266
pul va banklar (2)

Yaponiya banki.
Yaponiya Banki 1882 yilda tashkil topgan. Monetar siyosatni 
hukumat tomonidan tayinlanadigan va parlament tomonidan tasdiqlanadigan, 
rais, uning ikkita o‗rinbosari, hamda oltita tashqi a‘zolardan tashkil topgan, 
Siyosiy Kengash olib boradi; ularning hammasi lavozimlarini besh yil davomida 
egallaydilar. 
Ohirgi paytgacha, Yaponiya Banki rasman, u erdagi asosiy rol Moliya 
vaziriga tegishli bo‗lgan, hukumatdan mustaqil holda faoliyat yuritar edi. Biroq, 
1998 yilning aprel oyidan amal qilayotgan, Yaponiya Banki haqidagi yangi Qonun 
55 yil davomida ilk marotaba uning vakolatlariga o‗zgartirish kiritdi. Avvalom 
bor, yangi qonunga binoan, monetar siyosatning maqsadi – narx barqarorligini 
saqlab qolish. Bundan tashqari, qonun Bankga instrumentlarni va maqsadni 
tanlashda ko‗proq mustaqillikni ta‘minladi. Bundan oldin hukumat Siyosiy 
Kengashda ovoz berish huquqiga ega bo‗lgan ikkita vakilga ega edi, Moliya 
vazirligi va Iqtisodiy rejalashtirish bo‗yicha Agentlikdan bittadan. Endi esa 
hukumat ushbu ikkita idoraning ikkita vakilini kengash majlislariga yuborishi 
mumkinligi bilan, ular ovoz berish huquqiga ega emas, faqat monetar siyosat 
bo‗yicha qarorlarning ijrosini keyinga qoldirishni so‗rashlari mumkin. Bundan 
tashqari, Moliya vazirligi Bankning ko‗plab operatsiyalarini nazorat qilish 
imkoniyatini yo‗qotdi, hususan, oliy rahbariyatni ishdan bo‗shatishni. Biroq, 
Moliya vazirligi Yaponiya Banki byudjetining, monetar siyosatga aloqasi 
bo‗lmagan, bir qismini nazorat qilishda davom etadi, bu holat Bank mustaqilligini 
bir oz darajada kamaytiradi. 
Yevropa markaziy banki.
 
Maastrixt shartnomasi orqali ta‘sis etilgan, 
Evropa markaziy banki (EMB) va Evropa markaziy banklar tizimi o‗z faoliyatini 
1999 yilning yanvar oyida boshladilar. Markaziy bank tuzilmasi AQSH FZT 
tuzilmasi bilan o‗hshash. Alohida davlatlarning banklari, AQSH federal zahiraviy 
banklari singari, huddi o‗sha pozitsiyalarni egallaydilar. Evropa markaziy 
bankining ijroiya organi tarkibiga prezident, vitse-prezident va sakkiz yillik 
muddatga saylanadigan to‗rtta qolgan a‘zolar kiradi.Monetar siyosat bo‗yicha 
kengash ijroiya kengashining oltita a‘zosi va barcha evropa davlatlari markaziy 
banklarining raislaridan tashkil topgan; ularning hammasi kamida 5 yil ishlagan 
bo‗lishi kerak. 
Yevropa markaziy banki – dunyodagi eng mustaqil markaziy bank – hattoki 
Germaniya markaziy banki (Bundesbank) bilan solishtirganda, ko‗proq darajada 
mustaqil.
114
―The economy theory of money, banks and financial markets.‖F.Mishkin 2006. p.432 


Yevropa markaziy banki monetar siyosatni to‗liq boshqarib, maqsad va 
instrumentlarni tanlashda mustaqillikka ega – ham Evropa ittifoqidan, ham 
boshqa milliy hukumatlardan. Bundan tashqari, EMB narhlarning barqarorligi 
uchun javob beradi. 
115
 
Markaziy bankning asosiy maqsadi bo‘lib milliy valyuta kursini barqaror 
holatda saqlash va shu orqali mamlakat hududida baholar barqarorligini 
ta‘minlash hisoblanadi.
116
 

Bugungi kunda har qanday davlatning moliya-kredit tizimida eng asosiy va 
muhim o‘rinni rasmiy pul-kredit siyosatini yurgizuvchi - Markaziy bank egallaydi. 
O‘znavbatida pul-kredit siyosati byudjet siyosati bilan birgalikda iqtisodiyotni 
butun mamlakat miqyosida tartibga solishning asosi bo‘lib hisoblanadi. 
Banklar paydo bulishining boshlangich davrlarida ular markaziy emissiya 
yoki tijorat banklari tariqasida yuzaga kelgan emas, ya‘ni ular o‘rtasida
xozirgidek bo‘linish bulmagan. Bank ishi ivojlanishining birinchi 
bosqichlarida rivojlantan mamlakatlarda ijorat banklari kapitallarni yig‘ish 
maksadida muomalaga banknotalar chiqarganlar. Banklarning yiriklashuvi, bank 
ishining rivojlanishi natijasida banknotalarni muomalaga chikarish yirik tijorat 
banklar qo‘liga o‘ta borgan va keyinchalik biror yirik bank ixtiyoriga berilgan. Bu 
bank milliy yoki emission bank keyinchalik Markaziy bank deb atalgan. Markaziy 
bank ya‘ni kredit tizimini boshqarib turuvchi, barcha banklar faoliyatini nazorat 
qilib turuvchi kredit instituta sifatida namoyon bo‘ladi. 
Jaxon amaliyotida Markaziy banklar vujudga kelishining ikki asosiy yo‘li 
mavjud. 
Birinchi yo‘l - bu uzoq davr davomida tijorat banklarining rivojlanishi 
natijasida, ularni milliylashtirish yo‘li
 
bilan Markaziy banklarning tatkil tsilinishi. 
Bunga misol kilib Angliya bankini 1844yil, Frantsiya bankini 1848 yil, Ispaniya 
banki 1874 yil, Germaniya Reyxsbanki - 1875 yil, Italiyada 1893 yilda, Ispaniyada 
1874 yilda mavjud banklarning emission markaz sifatida faoliyat ko‘rsatishga 
moslashganligini keltirish mumkin. 
Ikkinchi yo‘l - tashkil qilingadayok Markaziy bank -emission markaz sifatida 
qabul qilingan banklar. Bunday banklarga AKShning Federal banklari, 1913 
yillarda kupgina Lotin Amerika mamlakatlarda tashkil kilingan banklar, Avstriya 
banki va boshqalarni misol keltirish mumkin. 
AQShda Markaziy bank funktsiyasini 12 federal rezerv bankdan iborat 
Federal Rezerv tizimi bajaradi. Federal rezerv banklar aktsioner banklar bo‘lib, 
bu banklarning aktsionerlari sifatida milliy tijorat banklari faoliyat ko‘rsatadi. 
Tijorat banklar aktsioner sifatida dividend olishadi. Dividend miqdori 6% dan 
oshmasligi kerak. 
Federal rezerv Konuni va boshka konuniy xujjatldarni urgangan paytda biz 
FZTning rasmiy tuzilishi va monetar siyosatga tegishli karorlarni kim kabul 
115
―The economy theory of money, banks and financial markets.‖F.Mishkin 2006. p.433
116
Узбекистон Республикаси Марказий банки тўғрисидаги Конун. Тошкент, 1995 йил, 21 декабрь. 


kilishini kuramiz. Ammo konunchilikdagi belgilangan faoliyat karorlarni kabul 
kilinish tartibi va xukmronlikni xakikiy bulinmasini tulik kursatmaydi.
FZT yaratuvchilari 1913 yilda bu tizim 12ta aloxida uzaro alokador 
markaziy bnklarni birlashtiruvchi butunlay nomarkazlashgan tizim bulishi 
kerarkligi xakida fikr berishgan. Boshlangich rejada FZT foiz stavkalarini 
boshkarib, pul massasini nazoratini olib borishda iktisodiyotni axvoliga umuman 
ma‘sul emasligi belgilangandi. Keyinchalik FZT iktisodni barkarorlashishiga
javob bera boshladi vash u bilan uzini yagona markaziy bank bulib aylanishiga 
yordam berdi. 
1913 yilda federal zaxira Konuni mualiflari FZT monetar siyosatni 
boshqarishda faqat bitta instrument ya‘ni FZTga kiruvchi banklarning diskont 
ssudalarini boshqarish orqali ishlatadi. Ochiq bozordagi operatsiyalarni 
ishlatilishi oxirgacha tushunasiz edi, chunki zaxira talablari Federal zaxira 
Konuni bilan mustaxkamlanardi. Diskont ssudalar federal zaxira banklari va 
Federal zaxira Kengashi karori bilan birgalikda berilardi, shuningdek ikkalasi 
xam monetar siyosatni belgilashi mumkin. Ammo, kengashning diskont stavkani 
«tekshirib tasdiklash» karori, shu siyosatni belgilashda viloyat banklari ustidan 
xukmronlik kilishga xukuk berardi. 
117
 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin