― pul va banklar


O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə156/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   266
pul va banklar (2)

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki.
 
O‗zbekiston banklari milliy 
iqtisodiyotga ta‘sir etuvchi qudratli tuzilmaga aylanish uchun rivojlanishning uzoq 
evolyusion, ya‘ni tadrijiy yo‗lini bosib o‗tishiga, anchagina mashaqqatlarni 
bartaraf etishiga to‗g‗ri keldi. 
1991 yilda qator banklar shakllana boshladi. Ular O‗zbekiston iqtisodiyoti 
rivojlanishining o‗zgaruvchan sharoitlarida faoliyat yuritib, zamonaviy ish 
uslublarini o‗zlashtirgan holda tobora yangi qirralarga ega bo‗la bordi. 1991-
1992 yillar banklar faoliyatiga doir qarashlarda chinakam burilish yillari bo‗ldi. 
O‗zbekiston Respublikasi "Banklar va bank faoliyati to‗g‗risida‖gi Qonunining 
qabul qilinishi ikki darajali bank tizimining tarkib topishi va mamlakat Markaziy 
banki zimmasiga yangi vazifalar yuklanishi uchun asos bo‗lib xizmat qildi. Uning 
oldiga pul muomalasini tartibga solish, tijorat banklari tizimi hamda to‗lov 
tizimini shakllantirish vazifalari qo‗yildi. Iqtisodiyotning turli tarmoqlarini 
moliyalashtirish endi tashkil etiladigan, zamonaviy tamoyil va talablar asosida 
faoliyat yurituvchi ixtisoslashgan tijorat banklari tomonidan amalga oshirilishi 
lozim edi. 
1993–1994 yillarda bank tizimidagi islohotlar davom etdi. 1994 yilning 1 
iyulidan e‘tiboran milliy valyuta — so‗mning muomalaga kiritilgani mustaqil bank 
tizimining, umuman, O‗zbekiston iqtisodiyotining shakllanishida muhim ahamiyat 
kasb etdi. Bu Markaziy bank o‗z faoliyatida to‗liq mustaqil bo‗lganini, kelgusida 
bozor instrumentlari orqali milliy pul tizimini tartibga solish samarali tashkil eti-
lishiga yordam berishi mumkin ekanini anglatar edi. Aynan shu vaqtdan boshlab 
117
―The economy theory of money, banks and financial markets.‖F.Mishkin 2006. p.433


Markaziy bankning pul-kredit siyosatini yuritish, valyutaga oid ishlarni tartibga 
solish, bank faoliyatini boshqarish va keyinchalik samarali to‗lov tizimini yaratish 
bo‗yicha faoliyati to‗laqonli ravishda milliy valyutaning barqarorligini 
ta‘minlashga qaratildi. 
1995 yil bank qonunchiligini takomillashtirish davri bo‗lgani bilan ajralib 
turadi. Tarixiy muhim hujjat — ―O‗zbekiston Respublikasining Markaziy banki 
to‗g‗risida‖gi Qonun nafaqat bank tizimining huquqiy asosini boyitdi, balki 
O‗zbekiston Respublikasi Markaziy bankining yangi, alohida maqomi va 
vakolatlarini, asosiy maqsad-vazifalarini aniq-ravshan belgilab berdi. SHu bilan 
bir qatorda mazkur yilda aholiga xizmat ko‗rsatish sifatini yaxshilash, shuningdek, 
kredit va depozit bozorlarida raqobat muhitini shakllantirish uchun zarur 
sharoitlar yaratildi. Banklarning kapital hajmiga jalb etiladigan aholi 
jamg‗armalari 
miqdorini 
cheklovchi 
qoida 
bekor 
qilingach, 
bank 
muassasalarining imkoniyatlari sezilarli darajada kengaydi va raqobat kuchaydi. 
Buning samarasi darhol namoyon bo‗ldi. Agar 1994 yil boshida aholi 
jamg‗armalarining 98,5 foizi Jamg‗arma banki (hozirgi Xalq banki), 1,5 foizi esa 
boshqa banklar hissasiga to‗g‗ri kelgan bo‗lsa, o‗sha yil oxirida boshqa tijorat 
banklarining hissasi ham ko‗payib, bu boradagi ko‗rsatkich 12,8 foizga etdi. 
Bugungi kunga kelib, bu boradagi ko‗rsatkich 83,2 foizni tashkil etmoqda. 
1996 yilda qabul qilingan O‗zbekiston Respublikasining ―Banklar va bank 
faoliyati to‗g‗risida‖gi Qonuni ikkinchi darajali bank tizimi — tijorat banklari 
faoliyatining huquqiy asosini konkretlashtirdi. 
Bank tizimiga taalluqli ikki asosiy hujjat — ―O‗zbekiston Respublikasining 
Markaziy banki to‗g‗risida‖gi hamda ―Banklar va bank faoliyati to‗g‗risida‖gi 
O‗zbekiston Respublikasi Qonunlarining ishlab chiqilishida rivojlangan moliya 
tizimiga ega mamlakatlar tajribasi inobatga olinganini alohida ta‘kidlash joiz. 
Mazkur qonunlar, shuningdek, ―Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar 
huquqlarini himoya qilish to‗g‗risida‖gi Qonun nodavlat banklarning xususiy va 
aksiyadorlik-tijorat shaklida tashkil etilishiga qulay huquqiy sharoit yaratdi. Bu 
davrda bank tizimi rivojiga alohida ta‘sir etgan ikki omilni ajratib ko‗rsatish 
mumkin. Birinchisi, olib borilgan islohotlar natijasida 1996 yilda O‗zbekiston 
Respublikasi Markaziy banki monetar boshqaruv va bank nazoratining to‗la 
huquqli organi bo‗ldi. Ikkinchisi, O‗zbekiston Respublikasi ―Banklar va bank 
faoliyati to‗g‗risida‖gi Qonuni ikkinchi darajali bank tizimi – tijorat banklari 
faoliyatining huquqiy asosini aniq-puxta belgilab berdi. Unda bank aktivlarini 
diversifikatsiyalash va xorijiy kapital jalb qilish asosida universal tijorat 
banklarini shakllantirish prinsiplari mustahkamlangan. 
Bu davrda iqtisodiyotning alohida tarmoqlariga xizmat ko‗rsatuvchi kredit-
moliya tashkilotlari tashkil etildi. Bunday ixtisoslashuv qishloq xo‗jaligi, avtomobil 
sanoati, aviasozlik kabi xalq xo‗jaligining muayyan soha va tarmoqlarini 
moliyalashtirish zarurati bilan bog‗liq edi. Kelgusida ixtisoslashgan banklar o‗z 
operatsiyalari va mijozlari doirasini mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishining yangi 
darajasi va biznes-muhit talablariga ko‗ra kengaytira boradi. 
Mazkur davrda O‗zbekiston Respublikasi Markaziy bankining bank sektorini 
boshqaruvchi va nazorat qiluvchi organ sifatida shakllanish jarayonlari davom 


etdi. Bank tizimiga taalluqli qonunchilik bazasi sifat jihatidan yangilanib, xalqaro 
bank amaliyoti bilan muvofiqlashtirildi.
118
 
Markaziy banklar ijrochi tashkilotlar ta‘sirisiz, o‘z faoliyatini olib borishlari 
kerak. 
Jahonda o‘z faoliyatini olib borishda eng mustakil bo‘lgan banklardan biri bu 
Nemis Federal banki - Bundes bank zxisoblanadi. Ba‘zi bir davlatlarda Markaziy 
bank parlamentga xisobot beradi- Ko‘pgina hollarda Markaziy banklar o‘z 
faoliyatida mustaqil bo‘lsada, shu bilan birga davlat banki xisoblanadi. 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin