― pul va banklar


Markaziy bank faoliyatining maqsadi va vazifalari. Markaziy



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə157/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   266
pul va banklar (2)

 
11.2. Markaziy bank faoliyatining maqsadi va vazifalari. Markaziy 
bankning tashkiliy tuzilishi. 
arkaziy bank quyidagi asosiy funktsiyalarni bajaradi: 
-banknotalar (naqd pullar) emissiyasi, 
-davlatning oltin - valyuta zaxiralarini saklash, 
-pul-kredit siyosati instrumentlari yordamida iqtisodni muvofiqlashtirish
-kredit institutlari faoliyatini muvofiqlashtirish, 
-davlat banki sifatida faoliyat ko‘rsatish, 
-to‘lov-xisob munosabatlarini tashkil qilishni belgilab berish, 
-valyuta kursini muvofiqlashtirish. 
Jahonning barcha mamlakatlarida banknotalarni muomalaga chiqarish 
funktsiyasi Markaziy banklarning asosiy funktsiyalaridan biri xisoblanadi va u bu 
soxada monopol xuquqga ega. Kredit pullar Markaziy bank tomonidan qonunda 
belgilangan ravishda chiqariladi va Markaziy bank muomalaga chiqarilgan 
pullarning qaytib bankga kelib tushishi choralarini ishlab chiqishlari zarur. 
Davlatning oltin - valyuta rezervlarini boshqarish funktsiyasi. Markaziy Bank 
davlatning oltin, kimmatbaxr metal va kamyob toshlarni valyuta zaxiralarini 
boshqaradi. Davlatning rasmiy oltin-valyuta zaxiralari xalkaro xisob-kitoblarda 
aktivlar rezervi, xisob-kitoblar bo‘yicha davlatning kafolatli sug‘urta fondi sifatida 
namoyon bo‘ladi. Odatda mamlakat oltin zaxiralarining asosiy qismi Markaziy 
bank ixtiyoriga berilgan bo‘ladi. Ba‘zi davlatlarda oltin zaxiralar moliya ministrligi 
ixtiyorida bo‘lib, markaziy bank oltin bilan operatsiyalarni olib boradi. 
Markaziy banklar mamlakat valyuta rezervlarini o‘zida yig‘adi va burezervlar 
xaltaro xisob-kitoblarni amalga oshirish, to‘lov balansi defitsitini qoplash va
mamlakat milliy valyutasi kursining barqarorligini ta‘minlash uchun ishlatiladi. 
Markaziy bank orqali davlatning iqtisodiy siyosati, yanada aniqrog‘i 
davlatning pul-kredit siyosati olib boriladi. Markaziy bankning pul-kredit siyosati 
davlatning shugisodni boshkarish siyosatining bir qismi bo‘lib, muomaladagi pul 
massasi, kredit xajmi, foiz stavkalari darajasini va boshqa pul muomalasi va ssuda 
kapitali bozori ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish bilan bog‘liq bo‘lgan chora-tadbirlar 
yig‘indisidan tashkil topadi. 
Pul-kredit siyosatining asosiy maqsadi milliy valyuta barkarorligini 
ta‘minlash, valyuta kursi va foiz stavkalarini oqilona o‘rnatish asosida inflyatsiya 
118
cbu.uz/uzc/o-banke/istoriya-bankovskoy-sistemy/



sur‘atlarini kamaytirish, kreditdan foydalanishning samaradoryaigini oshirish va 
iqtisodiyotning barqaror o‘sishini ta‘minlashdan iborat. 
Pul-kredit siyosati ikki yo‘nalishda olib borilishi mumkin. Birinchi yo‘nalish - 
kredit ekspantsiyasi bo‘lib, bu siyosat pul-kredit emissiyasini rag‘batlantirish yo‘li 
bilan olib boriladi, ya‘ni ishlab chikarish sur‘atlari tushib ketgan holda, 
kon‘yunkturada rivojlanishga erishish mumkin. Ikkinchi yo‘nalish - kredit 
restriktsiya siyosati bo‘lib, u iqtisodiy o‘sish davrida pul-kredit emissiyasining 
qisqarishiga asoslanadi. 
Markaziy bank ―tor‖ va ―keng‖ ma‘noda pul -kredat siyosatini olib borishi 
mumkin. ―Tor‖ siyosatda valyuta bozorida investitsiya, xisob stavkasi va qisqa 
muddatli kreditlar buyicha foiz stavkalariga ta‘sir qiluvchi boshqa instrumentlar 
yordamida valyuta kursini maqbulliliga erishish tushuniladi. ―Keng‖ siyosatda 
muomaladagi pul massasiga ta‘sir qilish orqali inflyatsiyaga qarshi ko‘rash olib 
borish tushiniladi. Pul-kredit siyosatining xalqaro jixatlari valyuta kursi, valyuta 
rezervlari va to‘lov balansi kabi masalalarning echimiga karatilgan bo‘ladi. 
Markaziy bank ruxsat etilgan instrumentlar yordamida pul muomalasini boshqarib 
boradi. Markaziy bankning pul-kredit siyosatining asosiy instrumentlari bo‘lib 
quyidagilar xisoblanadi: 
-minimal majburiy rezerv normalarini o‘rnatish, 
-foiz (diskont) siyosati , 
-tijorat banklarini qayta moliyalashtirish, 
-ochiq bozor siyosati, 
-targetlash va boshqalar. 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin