― pul va banklar


 Markaziy bankning funktsiyalari: emission funktsiya; ―banklarning



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə159/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   266
pul va banklar (2)

11.3. Markaziy bankning funktsiyalari: emission funktsiya; ―banklarning 
banki‖ funktsiyasi. 
mission funksiyasi.
 
Markaziy bank banknotalarni muomalaga chiqarish 
bo‘yicha monopol mavqeiga ega. Bu «banknota yakka hokimligi», deb ham 
ataladi. Banknotalar mamlakat hududidagi hisob-kitoblarda cheklanmagan 
miqdorda qabul qilinuvchi yagona to‘lov vositasidir. Markaziy bankning naqd 
121
―The economy theory of money, banks and financial markets.‖F.Mishkin 2006. p.420-421
 



pullarni berish jarayonidagi monopol mavqei, uning barcha pul massasining 
hajmini, shu jumladan, tijorat banklarining hisob-raqamlaridagi pul mablag‘larini 
ham nazorat qilishiga imkon beradi. 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xaqidagi qonunning 34-38- chi 
moddalarida Markaziy bank mamlakatda muomalaga pul chiqarish huquqiga ega 
bo‘lgan monopol bank ekanligi qayd etilgan. Shu nuqtai nazardan, u muomaladagi 
pul massasining barqaror ravishda aylanishiga javobgardir. 
Markaziy bank uchun banknotalarning xarid qobiliyatini barqaror darajada 
saqlab turish muhim ahamiyatga ega. Bu esa, eng avvalo, muomaladagi 
banknotalar miqdorining o‘zgarishiga bog‘liq. Bu holatni hisobga olgan bir qator 
markaziy banklar, xususan, Germaniya Markaziy banki rahbariyati muomaladagi 
naqd pul massasini tartibga solishni, kreditlash hajmini nazorat qilish bilan bir 
qatorda, milliy valyutaning barqarorligini ta‘minlashning muhim sharti, deb 
hisoblaydi. 
«Banklarning banki» funktsiyasi.
 
Markaziy bankning «banklarning banki» 
sifatidagi funktsiyasi, bizning fikrimizcha, asosan, quyidagi to‘rt yo‘nalishda 
namoyon bo‘ladi:
Barcha tijorat banklari o‘z mablag‘larining ma‘lum qismini Markaziy 
bankdagi foizsiz hisob-raqamlarida minimal rezervlar sifatida saqlashga 
majburdirlar. 
Xususan, Germaniya Federativ respublikasida 1984 yildan boshlab, asosan, 
barcha tijorat banklari bilan bir qatorda uzoq muddatli qo‘yilmalar bilan 
shug‘ullanuvchi kredit institutlari va qurilish jamg‘arma kassalari ham minimal 
rezervlarini Markaziy bankda saqlashga majbur bo‘ldilar.
122
Bank mijozlari o‘zjamg‘armalarining yoki kreditlarining ma‘lum qismini 
Markaziy bank biletlarida, ya‘ni naqd pullarda oladilar. Mijozlarning bu talabini 
tijorat banklari Markaziy bankdagi muddatsiz jamg‘armalarining istalgan paytda 
naqd pulga almashtiriladigan qismi hisobidan qondiradilar. Markaziy bank ana 
shunday yo‘l bilan butun bank tizimining to‘lovga qobilligiga ta‘sir qiladi. Ammo, 
bundan har bir tijorat banki o‘zining naqd pullarga bo‘lgan talabini faqatgina ikki 
muhim vazifani hal qilish imkoniyatiga ega bo‘lib turibdi. Birinchidan, minimal 
emission bank mablag‘lari hisobidangina qondira oladi, degan xulosa kelib 
chiqmaydi. Ayrim banklarda banknotalarning ortiqcha zaxirasi mavjud bo‘ladi va 
ular boshqa banklarga bu pullarni kreditga berishi mumkin. Pul bozori rivojlangan 
mamlakatlarda bu jarayon texnik jihatdan juda silliq ko‘chadi. Shunisi xarakterliki, 
tijorat banklaridagi ortiqcha naqd pullar miqdori emission bank yaratgan pullar 
miqdoriga tengdir. Demak, tijorat banklarining banknotalarni kreditga berish 
imkoniyati cheklangan. Bu esa, ularning banknota emissiyasi sohasida Markaziy 
bankka bog‘liqligini saqlab qoladi. 
Shunday qilib, Markaziy bank rezervlar tizimi orqali bank tizimining to‘lovga 
qobilligini ta‘minlayotgan bo‘lsa, ikkinchidan, pul bozoridagi naqd pullarga 
bo‘lgan talabni boshqarish orqali tijorat banklarining pul va kredit ekspansiyasini 
nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‘layapti. 
122
Немецкий Федеральнқй банк. Специальное издания Немецкого Федерального банка, №7, 1993 г., стр. 64. 


1. Markaziy bank barcha tijorat banklari va boshqa kredit institutlari uchun 
«so‘nggi kreditor»dir. 
Tijorat banklari vaqtinchalik likvidli kredit oladilar. Bu kreditlar, albatta, 
tijorat veksellari bilan, davlatning qimmatbaho qog‘ozlari bilan yoki bankning 
boshqa qarz majburiyatlari bilan ta‘minlangan bo‘lishi kerak. 
Markaziy bankning tijorat banklarini qayta moliyalashtirish bo‘yicha amalga 
oshiradigan doimiy operatsiyalari tufayli pul bozorining mq‘tadil faoliyati 
ta‘minlanadi. Bu esa, o‘znavbatida, tijorat banklariga mijozlarga qulay bo‘lgan foiz 
stavkalarida kreditlar berish imkoniyatini yuzaga keltiradi. 
Ayni vaqtda, Markaziy bank, tijorat banklariga bergan kreditlari uchun 
belgilaydigan foiz stavkalarini qzgartirish yo‘li bilan kredit resurslariga bo‘lgan 
talabni tartibga solish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 
2. Markaziy bankning ushbu funktsiyasi doirasidagi uchinchi yo‘nalish, 
asosan, ikki holatda namoyon bo‘ladi. Markaziy bank mamlakat hududida amalga 
oshiriladigan hisob-kitoblar shakllarini, ularni qo‘llash tartibini va muddatini 
belgilab beradi. Xususan, Nemis Federal banki to‘g‘risidagi qonunda 
Bundesbankning «hisob-kitoblar tizimining banklar tomonidan mamlakatda va 
xorij bilan bo‘lgan aloqalarda ijro etilishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishi» belgilab 
qo‘yilgan.
Haddan ziyod katta miqdordagi zaxiralarni tijorat banklari tomonidan saqlab 
turilishi xazina va tijorat veksellari kabi pul bozori vositalariga bo‘lgan talabni 
qisqarishiga olib keladi. Shu bilan birga, tqlovning kechikishi yuqori inflyatsiya 
sharoitida kelib tushadigan pul mablag‘lari real qiymatining pasayishiga, davlat va 
korxonalar tomonidan kreditga bo‘lgan talabning kuchayishiga olib keladi. Bunday 
sharoitda restriktsiyaviy pul-kredit siyosatining amalga oshirilishi, shubhasiz, 
mablag‘lar etishmovchiligi natijasida ijro etilmagan to‘lov topshiriqnomalarining 
to‘planib qolishiga va korxonalarning o‘zaro qarzdorlik summalarining sezilarli 
darajada o‘sishiga olib keladi. 
3. Mamlakat bank tizimining mo‘‘tadil faoliyat ko‘rsatishida Markaziy 
bankning qanday usullar yordamida va qay darajada tijorat banklari faoliyatini 
nazorat qilishi muhim ahamiyatga ega. 
Hozirgi kunga kelib banklar faoliyatini nazorat qilish rivojlangan xorijiy 
davlatlarda markaziy banklarning muhim faoliyatiga aylandi. Faqat Buyuk 
Britaniya Markaziy bankigina nisbatan kech, ya‘ni 1979 yilda rasman, qonuniy 
asosda banklar faoliyatini nazorat qilish huquqiga ega bo‘ldi. 
Bundesbankning bu sohadagi o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, u 
bevosita banklar faoliyatini nazorat qilish bilan shug‘ullanmaydi. Balki nazoratni 
Federal nazorat mahkamasi amalga oshiradi. Ammo Bundesbank nazorat 
mahkamasiga yaqindan ko‘maklashadi. Xususan, ushbu mahkamaning joylarda 
bo‘linmalari mavjud emas va u to‘liq Federal bankning joylardagi 
muassasalaridan foydalanadi. Bundan tashqari, qarorlar qabul qilishda nazorat 
mahkamasi bir qator masalalar bo‘yicha Markaziy bankning roziligini olishi 


kerak. Masalan, banklarning o‘zkapitali va to‘lovga layoqatliligi xususida qaror 
qabul qilinishi uchun albatta, Bundesbankning roziligi bo‘lishi shart.
123
 
Markaziy bankning banklar faoliyatini nazorat qilishining eng asosiy sababi 
mamlakatda bank tizimiga bo‘lgan yuksak ishonchni ta‘minlash. Bu ishonch tijorat 
banklarining o‘zmijozlari - huquqiy va jismoniy shaxslar oldidagi majburiyatlarini 
to‘liq va o‘z vaqtida bajara olishi orqali ta‘minlanadi. 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin