― pul va banklar


-mavzu: Markaziy bankning mustaqilligi



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə161/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   266
pul va banklar (2)

 
12-mavzu: Markaziy bankning mustaqilligi
 
REJA: 
12.1. Markaziy bank mustaqilligi tushunchasi. 
12.2. Rivojlangan davlatlar markaziy banklari. 
12.3. Markaziy bankning iqtisodiy mustaqilligi va uni belgilovchi me‘zonlar. 
12.4. Xorijiy davlatlarda markaziy bankning mustaqilligini belgilovchi 
xususiyatlar. 
12.1. Markaziy bank mustaqilligi tushunchasi. 
qtisodiy adabiyotda Markaziy bankning mustaqilligi tushunchasi turli 
iqtisodchi olimlar tomonidan turlicha talqin etilgan. Massachusets 
texnologiya universiteti professori Stenli Fisherning fikriga ko'ra, Markaziy 
bank mustaqilligining 2 turi mavjud:
-
instrumentlarni tanlashdagi mustaqillik
-
maqsadlarni tanlashdagi mustaqillik 
1991-yilda V. Grilli fanga Markaziy bankning siyosiy mustaqilligi 
tushunchasini kiritdi. Uning fikriga ko'ra, Markaziy bankning siyosiy mustaqilligi 
– bu Markaziy bank rahbariyatini tayinlash jarayonini hukumatdan mustaqilligidir. 
Ammo hozirgi davrda Markaziy bankning siyosiy mustaqilligi nafaqat Markaziy 
bank rahbariyatini tayinlash jarayonidagi mustaqillikni, balki pul-kredit siyosatini 
amalga oshirishdagi mustaqillikni ham o'z ichiga oladi. 
Ko'pchilik iqtisodchi olimlar – (Maskiandaro, Tabellini, Sukerman, 
Eyffinger, Shennaev va boshq.) tomonidan Markaziy bankning iqtisodiy 
mustaqilligini mavjudligi e'tirof etilgan. Markaziy bankning iqtisodiy mustaqilligi 
126
―The economy theory of money, banks and financial markets.‖F.Mishkin 2006. p.423-424



– bu Markaziy bankning o'z ixtiyoridagi mablag'lar va instrumentlardan 
foydalanishda hukumatdan va davlat boshqaruv organlaridan mustaqilligidir. 
Markaziy bankning mustaqilligini belgilovchi indekslar: 
-
Sukerman indeksi;
-
GMT (Grilli, Maskiandaro va Tabellinilar tomonidan asos solingan) indeksi;
-
Eyffinger–Shaling indeksi; 
Sukerman indeksi mustaqillikni tavsiflovchi 4 ta guruhga bo'lingan 16 ta 
ko'rsatkichlarni o'zida mujassamlashtiradi. Kadrlar siyosatini mustaqilligi pul-
kredit siyosatini ishlab chiqish Uning maqsadlari va davlat byudjetini 
moliyalashtirishni chegaralash. Har bir 16 ta ko'rsatkich 0 dan 1 gacha belgilanishi 
mumkin. GMT indeksi 2 qismdan iborat bo'lib, MBning siyosiy va iqtisodiy 
mustaqilliligini belgilaydi. Har bir qism o'zida indekslarni aks ettirib faqat 2 ta 
ko'rsatkich bilan belgilanadi. Hozirgi vaqtda GMT indeksi MBning mustaqililigini 
baholash uchun ko'plab ishlatilayotgan indeksdir, chunki uni hisoblash uchun etarli 
ma'lumotlarni olish mumkin bo'ladi 
GMT indeksi doirasida MB siyosiy mustaqilligini baholashning asosiy 
me‘zonlari quyidagilar: 
-
MB raisini tayinlashda hukumat aralashuvi;
-
MB raisi 5 yildan ortiqroq muddatga tayinlanishi;
-
MB direktorlar kengashi hukumat aralashuvisiz tayinlanishi;
-
MB direktorlar kengashi 5 yildan ortiqroq muddatda boshqarishi;
-
MBning direktorlar kengashida xukumat vakillarini ishtirokiga zaruratning 
yo'qligi;
-
Pul-kredit siyosatiga oil qarorlarni hukumat tomonidan tasdiqlanishi lozim 
emasligi;
-
MB qonunchilikka asosan asosiy maqsadlardan biri sifatida narxlar 
darajasini barqarorlashtirishga harakat qilishi shart;
-
MB bilan hukumat o'rtasida muamolarni hal qiluvchi qonunchilik 
normalarini mavjudligi. 
Eyffinger–Shaling indeksi 3 ta faktor asosida hisoblanadi: 
-
MBning pul-kredit siyosatini aniqlashdagi mustaqilligi;
-
MB boshqaruv organlarida hukumat organlarining mavjudligi;
-
Hukumat tomonidan tayinlanadigan MB boshqaruv organlari a'zolarining 
ulushi; 
Bu indeks qanchalik shartlarni bajarilishiga ko'ra 1 dan 5 gacha baholanadi. 
Hozirgi vaqtda MB siyosiy mustaqilligi MB boshqaruvini tayinlash jarayonining 
qonun 
bilan 
boshqarilishidir. 
Rivojlanayotgan 
mamlakatlarda 
MBning 
boshqaruvini tanlash va ularning vakolat muddatlarini qisqartirishga hukumat 
doimiy aralashmoqda. Bank boshqaruvida hukumat vakillarining ko'pincha ishtirok 
etishi. 
Hukumat 
bilan 
munozaralarda 
MBning 
qonuniy 
himoyasining 
chegaralanganligi.
MB raisi yoki Prezidentlarini tayinlash. U quyidagicha amalga oshirilishi 
mumkin. MB rahbarlarini tayinlashda:
-
parlament, Bank boshqaruvi;
-
qonunchilik hokimiyati;


-
ijro etuvchi va qonunchilik hokimiyati birgalikda;
-
bir-ikki ijro jetuvchi hokimiyat vakillari(hukumat rahbar va/yoki moliya 
vazirligining ishtiroki) 
Xalqaro amaliyotda Markaziy bankning siyosiy mustaqilligini baholashda 
GMT indeksidan keng foydalaniladi. Ushbu indeksning nomi uni birinchi bo'lib 
taklif etgan olimlarning familiyalarini bosh harfidan kelib chiqqan.
* Grilli
* Maskiandaro
* Tabellini 
GMT indeksi bo'yicha Markaziy bankning siyosiy mustaqilligi 8 ta me‘zon 
bo'yicha baholanadi:
1. Markaziy bank rahbari Hukumatning aralashuvisiz tayinlanadi.
2. Markaziy bank rahbari 5 yildan ortiq muddatga tayinlanadi.
3. Markaziy bank Boshqaruvchilar kengashi a'zolari Hukumatning ishtirokisiz 
tayinlanadi.
4. Markaziy bank Boshqaruvchilar kengashi bankni 5 yildan ortiq boshqaradi.
5. Markaziy bank Boshqaruvchilar kengashida Hukumat vakillarining 
majburiy ishtirokiga zaruriyat yo'q. 
6. Pul-kredit sohasida qabul qilingan qarorlarni Hukumat tomonidan 
ma'qullanish zaruriyatining yo'qligi.
7. Markaziy bankda qonun bo'yicha ustuvor maqsadlardan biri sifatida 
mamlakatda baholar barqarorligini ta'minlash majburiyati bo'lishi kerak.
8. Markaziy bank Hukumat bilan qarama-qarshilikka borib qolganda, uning 
pozitsiyasini kuchaytirish imkonini beradigan qonunchilik me'yorlarining 
mavjudligi. 
Hozirgi davrda dunyo bo'yicha siyosiy mustaqillik darajasi eng yuqori bo'lgan 
Markaziy bank – bu Yevropa Markaziy bankidir (YeMB).
• 
YeMB Yevropa Ittifoqi boshqaruv organlariga va evrohudud hukumatlariga 
umuman bo'ysunmaydi.
• 
YeMB baholar barqarorligiga javob beradi.
• 
YeMBning vakolatlarini qonunchilik asosida o'zgartirilishi mumkin emas.
YeMBning vakolatlari faqatgina Maastrixt shartnomasini qayta ko'rib chiqish 
natijasida o'zgartirilishi mumkin. Bu esa, juda murakkab jarayon bo'lib, barcha 
ishtirokchilarning roziligini olishni talab etadi. 
Bugungi kunda Markaziy bank mustaqilligini baholash har bir mamlakat 
uchun bank tizimining nazorat qilinishida va eng asosiysi mamlakatda monetar 
siyosatning qay darajada olib borilishini baholashda muhim o'rin tutadi. Markaziy 
bank mustaqilligini baholashda xalqaro bank amaliyotida turli xil yondashuvlar 
mavjud. Ulardan so'nggilari sifatida ―The New Index for Central Bank 
Independence‖ reytingli baholash ko'rsatkichini keltirish mumkin. Ushbu 
ko'rsatkich 0-36 ballgacha oraliqda Markaziy bank mustaqillik darajasini 
aniqlaydi. Bunda asosiy me‘zon qilib, Markaziy bankning 3 guruh: Monetar 
siyosat mustaqilligi (MSM), Personal mustaqillik (PM) va Moliyaviy mustaqillik 
(MM) ko'rsatkichlariga yaratilgan holda ular ham tarkiban balli baholashga 
asoslanadi. 


GMT indeksi bo'yicha Markaziy bankning iqtisodiy mustaqilligi 7 ta me‘zon 
bo'yicha baholanadi:
1. Hukumatga avtomatik tarzda kreditlar berish jarayonining mavjud emasligi.
2. Markaziy bank kreditlari Hukumatga bozor stavkalarida beriladi.
3. Markaziy bank kreditlari Hukumatga ma'lum muddatga beriladi.
4. Kreditlar Hukumatga cheklangan miqdorda beriladi.
5. Markaziy bank davlat qimmatli qog'ozlarining birlamchi ishtirokchisi 
hisoblanmaydi. 
5. Markaziy bank davlat qimmatli qog'ozlarining birlamchi ishtirokchisi 
hisoblanmaydi.
6. Markaziy bank o'zining foiz stavkalari mustaqil, Hukumat bilan 
kelishmasdan, o'rnatadi.
7. Markaziy bank bank sektorini nazorat qilish yuzasidan javobgardir. (Bu 
holatda GMT indeksi asosida MB ga 2 ball o'zlashtiriladi yoki boshqa davlat 
organi bilan birgalikda amalga oshirilsa 1 ball qo'yiladi). 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin