― pul va banklar


Banklar-Federal Zaxira Tizimi ishtirokchilari



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə164/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   266
pul va banklar (2)

Banklar-Federal Zaxira Tizimi ishtirokchilari. 
Barcha milliy banklar (valyuta nazorati Federal boshqaruvi litsenziyalagan 
tijorat banklari) FZT ishtirokchilari bo`lishi kerak. Shtat ma‘muriyati bilan 
litsenziyalangan tijorat banklari, FZT ishtirokchisi bo`lishi shart emas ammo ular 
ham qo`shilishi mumkin. Xozirda AQSH tijorat banklarning 3 qismi FZT 
ishtirokchilaridir. Eng yuqori salmoqni (umumiy tijorat banklaridan 49%) FZT 
ishtirokchi banklari 1947 yilda ega bo‘lgan. 
1980 yilgacha faqatgina FZT ishtirokchilari federal zaxira banklarida depozit 
xisobvaraqlarida zaxiralariga ega bulishi kerak. Qolgan banklar shtat ma‘muriyati 
belgilagan rezerv talablariga bo`ysinishgan. Odatga ko`ra, shtat darajasida, 
zaxiralarni qimmatli qog`ozlar foizi shaklida saqlashga ruxsat berilardi. FZBda 
joylashgan depozitlar bo`yicha foiz to`lanmaganligi uchun, FZT ishtiroki foiz 
stavkasi o`sishi bilan xarajatni talab qilgan. Shu sababli ko‘pchilik banklar 
tizimdan chiqib ketgan.
FZT ishtirokchi banklarning kamayib borishi boshqarma kengashini 
xavotirga solar edi, chunki bu monetar siyosatni olib borishga qiyinchilik tug`dirib, 
pul massasini hajmi ustidan nazoratni kuchsizlantirgan. Boshqaruv Kengashi raisi 
barcha tijorat banklari FZT ishtirokchisi bulishiga yangi qonunchiligini joriy 
etishga majbur qildi. FZTni Kongressga bosim utkazishni bir sababi depozit 
muassasalarini nazoratini susaytirish va 1987 yilgacha bo‘lgan 1980 yildagi pul 
massasini nazorati haqidagi qonuni ishlab chiqib, barcha depozit muassasalari 
yagona talablarga bo`ysinib – FZTdepozitlarida zaxira ushlashlari haqidagi qonun. 
Shunday qilib, rezerv talablar barcha banklar uchun ham FZT ishtirokchilari uchun 
ham qolgan banklar uchun bir xilda bo`ldi. Bundan tashqari barcha depozit 
muassasalar FZT imkoniyatlari doirasida bir xil xuquqlarga ya‘ni diskontli 
oyna(17 bobda kuriladi) va cheklar kliringi kabilarga ega bo`lishdi. 
Qonunchilikning o`zgarishi banklarning tizimdan ketishini tuxtatib FZT 
ishtirokchilari va oddiy banklar orasidagi farqlikni tekislab yubordi.

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin