― pul va banklar



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə172/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   266
pul va banklar (2)

Yaponiya banki 
Yaponiya Banki 1882 yilda tashkil topgan. Monetar siyosatni hukumat 
tomonidan tayinlanadigan va parlament tomonidan tasdiqlanadigan, rais, uning 
ikkita o‗rinbosari, hamda oltita tashqi a‘zolardan tashkil topgan, Siyosiy Kengash 
olib boradi; ularning hammasi lavozimlarini besh yil davomida egallaydilar. 
Ohirgi paytgacha, Yaponiya Banki rasman, u erdagi asosiy rol Moliya 
vaziriga tegishli bo‗lgan, hukumatdan mustaqil holda faoliyat yuritar edi. Biroq, 
1998 yilning aprel oyidan amal qilayotgan, Yaponiya Banki haqidagi yangi Qonun 
55 yil davomida ilk marotaba uning vakolatlariga o‗zgartirish kiritdi. Avvalom bor, 
yangi qonunga binoan, monetar siyosatning maqsadi – narh barqarorligini saqlab 
qolish. Bundan tashqari, qonun Bankga instrumentlarni va maqsadni tanlashda 
ko‗proq mustaqillikni ta‘minladi. Bundan oldin hukumat Siyosiy Kengashda ovoz 
berish huquqiga ega bo‗lgan ikkita vakilga ega edi, Moliya vazirligi va Iqtisodiy 
rejalashtirish bo‗yicha Agentlikdan bittadan. Endi esa hukumat ushbu ikkita 
idoraning ikkita vakilini kengash majlislariga yuborishi mumkinligi bilan, ular 
ovoz berish huquqiga ega emas, faqat monetar siyosat bo‗yicha qarorlarning 
ijrosini keyinga qoldirishni so‗rashlari mumkin. Bundan tashqari, Moliya vazirligi 
Bankning ko‗plab operatsiyalarini nazorat qilish imkoniyatini yo‗qotdi, hususan, 
oliy rahbariyatni ishdan bo‗shatishni. Biroq, Moliya vazirligi Yaponiya Banki 
byudjetining, monetar siyosatga aloqasi bo‗lmagan, bir qismini nazorat qilishda 
davom etadi, bu holat Bank mustaqilligini bir oz darajada kamaytiradi.
 

Yevropa markaziy banki 
Maastrixt shartnomasi orqali ta‘sis etilgan, Yevropa markaziy banki (EMB) 
va Yevropa markaziy banklar tizimi o‗z faoliyatini 1999 yilning yanvar oyida 
boshladilar. Markaziy bank tuzilmasi AQSH FRT tuzilmasi bilan o‗hshash. 
Alohida davlatlarning banklari, AQSH federal zahiraviy banklari singari, huddi 
o‗sha pozitsiyalarni egallaydilar. Yevropa markaziy bankining ijroiya organi 
tarkibiga prezident, vitse-prezident va sakkiz yillik muddatga saylanadigan to‗rtta 
qolgan a‘zolar kiradi. Monetar siyosat bo‗yicha kengash ijroiya kengashining oltita 
a‘zosi va barcha Yevropa davlatlari markaziy banklarining raislaridan tashkil 
topgan; ularning hammasi kamida 5 yil ishlagan bo‗lishi kerak. 
Yevropa markaziy banki – dunyodagi eng mustaqil markaziy bank – hattoki 
Germaniya markaziy banki (Bundesbank) bilan solishtirganda, ko‗proq darajada 
mustaqil.
Yevropa markaziy banki monetar siyosatni to‗liq boshqarib, maqsad va 
instrumentlarni tanlashda mustaqillikka ega – ham Yevropa ittifoqidan, ham 
boshqa milliy hukumatlardan. Bundan tashqari, EMB narhlarning barqarorligi 
uchun javob beradi. 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin