― pul va banklar



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə171/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   266
pul va banklar (2)

Kanada banki
Kanada Banki nisbatan kech shakllangan – 1943 yilda. Uch yillik muddatga 
hukumat tomonidan saylanadigan bank direktorlari, bank raisini etti yillik 
muddatga tayinlaydilar. Rais hamda uning to‗rtta o‗rinbosarlaridan iborat bo‗lgan 
Boshqaruv kengashi – FOMC singari, monetar siyosat bo‗yicha qarorlarni qabul 
qiluvchi organ bo‗lib hisoblanadi. 
1967 yilda qabul qilingan, bank qonunchiligidagi o‗zgarishlarga muvofiq 
tarzda, hukumat monetar siyosat uchun asosiy ma‘suliyatga egadir. Bundan kelib 
chiqadiki, qonunga binoan Kanada Banki, FRT singari instrumentlarni tanlashda 
mustaqillikka ega emas. Biroq, tajribada aslida uning o‗zi monetar siyosatni 
nazorat qiladi. Bank va hukumatning o‗rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan 
holda, moliya vaziri bank bajarishi majbur bo‗lgan ko‗rsatmani chiqarishi mumkin. 
Biroq, ko‗rsatma yozma ravishda rasmiylashtirilishi va ma‘lum bir davrga tegishli 
bo‗lishi kerakligi sababli, uning vujudga kelishining ehtimoli kam. Haqiqatdan 
ham, bugungi kungacha bitta ham bunday ko‗rsatma chiqarilmagan. Monetar 
siyosatning maqsadi Kanada Banki va hukumat bilan birgalikda belgilanadi. 
Demak, Kanada Banki, FRTga qaraganda, kamroq darajadagi mustaqillikka ega. 
Angliya Banki
1694 yilda barpo etilgan Angliya Banki – eng qadimiy markaziy banklardan 
biri bo‗lib hisoblanadi. 1946 yildagi Banklar haqidagi Qonunga asosan, Angliya 
Banki hukumatga bo‗ysinadi. Angliya Banki Boshqaruvi (FRT boshqaruvchilari 
kengashining ekvivalenti) besh yillik muddatga saylanadigan rais va uning ikkita 
o‗rinbosari, hamda uch yilga tayinlanadigan 16ta boshqaruv a‘zolaridan iborat 
bo‗ladi.1997 yilga qadar Angliya Banki, ushbu bobda ko‗rib chiqilayotgan 
markaziy banklar orasida eng kam darajadagi mustaqil bank bo‗lib hisoblangan, 
chunki foiz stavkalarini o‗zgartirish haqidagi qaror Angliya Banki ichida emas, 
balki g‗aznachilik kansleri bilan birgalikda qabul qilinar edi (AQSH G‗aznachiligi 
kotibi ekvivalenti). Buning hammasi, leyboristlarning yangi hukumati 1997 yilning 
may oyida hokimiyat tepasiga kelgan paytda o‗zgardi. Ushbu paytda, g‗aznachilik 
yangi kansleri Gordon Braun Angliya Banki endi foiz stavkalarini belgilashga 
vakolatli emasligi haqida kutilmaganda xabar berdi. Biroq, Bank instrumentlarni 
tanlashda to‗liq mustaqillikka ega bo‗lmadi: hukumat uning qarorlarini o‗zgartira 
oladi va foiz stavkalarini ―favqulloddagi sharoitda‖ hamda ―cheklangan muddatga‖ 
belgilay oladi. Bunga qaramay, Kanadada bo‗lgani singari, ommaviy xarakterga 
ega bo‗lishi kerak bo‗lgan va faqatgina eng qattiq sharoitda hamda cheklangan 
muddat davomida qo‗llanilishi kerak bo‗lgan Bank qarorlarini bekor qilish – 
vujudga kelish ehtimoli kam bo‗lgan hodisadir. 
Foiz stavkalarini, rais, uning ikkita o‗rinbosari, kansler bilan konsultatsiyadan 
so‗ng tayinlanadigan ikkita a‘zo (odatda markaziy bankning mansabdor shaxslari), 
va kansler tomonidan tayinlanadigan yana to‗rtta tashqi iqtisodchi-ekspertlardan 
tashkil topgan, monetar siyosat bo‗yicha Ko‗mita belgilaydi. (SHunisi 
hayratlanarliki, ushbu ko‗mitaga birinchi bor kiritilgan to‗rtta tashqi ekspertlardan 


ikkitasi Buyuk Britaniya fuqarolari bo‗lmagan: bittasi golland millatiga mansub 
bo‗lsa, ikkinchisi amerikalik bo‗lgan, ammo ikkalasi ham doimiy ravishda 
Birlashgan Qirollikda yashagan). Angliya Banki uchun Inflatsiyaning maqsadli 
ahamiyatini g‗aznachilik kansleri belgilaydi, bundan kelib chiqib, Angliya Banki, 
FRTga nisbatan maqsadni tanlashda kamroq darajadagi mustaqillikka ega.

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin