Agar boshqaruv Kengashining hukmi shunday bo`lsa u xolda Federal
konsultativ kengash va FZB egalari FZT tasarufidagi banklar amaliyotda qanday
huquqlarga ega? Umuman xech qanday. FZT ishtirokchi banklari FZB aksiyalari
egalari bo`lsa ham ular uz mulkidan xech qanday foyda ko`rmaydilar. Birinchidan
ular, FZT kancha daromad olganiga qaramasdan yiliga 6%dan ko‘p bo`lmagan
dividentga ega. Ikkinchidan ular xususiy korporatsiya aksionerlaridan ko‘ra FZTda
mulki qanday ishlatilishiga ta‘sir qilmaydilar. Uchinchidan odatda o`ta direktorlik
joyiga faqat 1tadan nomzod bank ishtirokchilar tomonidan qo‘yiladi,
va shu
nomzodni ko`pincha FZB prezidenti tayinlaydi(uz navbatda boshqaruv Kengashi
bilan tasdiqlangan). Natijada FZT bank ishtirokchilari ko`pincha siyosiy
vaziyatdan chetlashtirilib real voqealarga kamdan kam ta‘sir kursatadilar.
Turtinchidan, Federal konsultativ kengashi uz nomidan kelib chiqib faqat maslahat
berish imkoniga ega va FZT real faoliyatini boshqara ololmaydi. Ammo,FZT bank
ishtirokchilari o`z mablag`iga hukmdor bo`la olmasligiga qaramasdan ular FZTda
asosiy ko`rimsizgina bo`lsada o`rin egallaydilar.
Federal zaxira tizimi Bank ishtirokchilarning o`rni.
FZT bank ishtirokchilari FZB aksionerlari bo`lsa ham FZTga to`g`ridan
to`g`ri faoliyatiga ta‘sir etmay asosiy urini egallaydilar. Direktorlar kengashida
ularning 6ta vakolatchilari xar bir FZBda nazorat funksiyasini olib boradilar.
Qolgan 3ta direktorlar bilan ular FZB audit faoliyatini nazorat qiladilar. Diskont
stavkani o`zgarishi bo`yicha takliflarga ovoz berish yo‘li bilan, monetar siyosatni
munozarasida ishtirok etishadi va xususiy sektorning vakili
sifatida prezident va
bank direktorlariga o`z fikrlarini bildirishadi. SHuningdek ular FZBning ishini
ichidan ham urganishadi. Shuning uchun ular Federal zaxiradagi vaziyatni xususiy
sektor vakillari va siyosatchilarga tushuntirib berishlari mumkin.
Umuman olganda federal zaxira bank egalari ovozga ega bo`lmasa ham, ular
Federal zaxirada xususiy sektor talabi va xoxishlari bilan aloqani ushlab turishda
muxim o`rin egallaydilar.
FZTni hozirgi vaziyatda Vashingtondagi shtab kvartiraga va 12ta shaxarda
filialarga ega markaziy bank deb ta‘riflash joiz (Kolumbiya federal okrugi).
Agarda FZTni barcha faoliyat turlarini amalda Kengash boshqarsa, Kengashni kim
boshqaradi? Boshqaruv Kengash Raisi qonun bo`yicha uning faoliyatini nazorat
qilish vazifasi yuklatilmagan bo`lsa ham shu ishni FZT nomidan Kongress eki
AQSH prezidentiga takdim etadi. SHunindek
boshqaruv Kengashi va FOMC
majlislarini kun tartibini belgilab beradi. Masalan, FOMC majlislarida
Kengash
raisi monetar siyosat masalasi bo`yicha birinchi bo‘lib so`z boshlashi, unga
konkret yo`nalishlariga ko`proq ta‘sir kursatilishi huquqi beriladi. Boshqaruv
Kengashi raisining o`rni uni tashki kurinishi va shaxsiy sifatlari ham rol uynaydi.
Kengash raislari doimo qo‘yilgan maqsadga erishuvchi kuchli sifatlarga ega
shaxslar bo‘lib xisoblanganlar.
Boshqaruv Kengash raisining faoliyati mutaxassis maslaxatchilar va
iqtisodchilardan tashkil qilingan katta shtat ushlab qo‘llab quvvatlaydi. Kengash
uchun ma‘lumot tuplab va uning uz echimlarini ishlab chikishdagi analitik
tadkikotlarini olib borish bilan birgalikda, olimlar shu bilan birga monetar
siyosatga ham ayrim ta‘sirni kursatadilar. Bundan tashqari boshqaruv