Dars qurilishiga doir dars namunalari: 1. Tayyorlov bosqichi. Mavzu: Cho’pon yigit Shiroq.
Darsning maqsadi: a) afsonaviy qahramonlar haqida ma'lumot berish.
b)o`quvchilarda Vatan tushunchasini, vatanparvarlik tuyg’ularini tarbiyalash;
Darsning metodi: suhbat.
Darsning jihozi: asar mazmunini yorituvchi rasmlar.
Darsning borishi: 1. Kirish suhbati. O`quvchilardan Vatanini dushmandan asragan qahramonlardan kimlarni bilishlari so’raladi. To’maris, Jaloliddin Manguberdi, Najmiddin Kubro nomlari sanalib, Shiroq degan qahramon ham o’tganligini, uning qahramonligi haqida xalqimiz, "Cho’pon yigit Shiroq" degan afsona yaratgani aytiladi.
2. "Cho’pon yigit Shiroq" afsonasi o`qilb beriladi. Z.Afsona yuzasidan dastlabki suhbat:
Afsona sizga yoqdimi? Unda kimning qahramonligi hikoya qilib berilgan? Shiroq nima uchun xanjari bilan burni, quloqlarini kesdi? Keyin Shiroq kimning oldiga bordi? U shox Doroga nima dedi? Shiroq Doro qo’shinlarini kayerga olib bordi? Shiroq nima deb hayqirdi?
3. O`quvchilar javobi umumlashtirilib, ular Vatanni sevishga, uning tinchligi uchun kurashishga chorlaydilar.
4. Asarga ishlangan rasmlar ko’rsatiladi.
5. Shiroq rasmini uyda chizib kelish topshirig’i beriladi. Ota-onalaridan qahramonlar haqida ertak, hikoya, bilib kelishlari va ota-onalariga Shiroq haqida gapirib berishlari aytiladi.
Yana nimalar haqida bilishni istashlari o`quvchilardan so’raladi.
UMUMIY XULOSALAR Boshlang`ich sinflarda o'qish darslari to'g'ri yo'lga qo'yilsa sinfdan tashqari o'qish darslarida o‘qitish metodlarini qo'llash to'gri yo'lga qo'yiladi. Tuzilmaning ikki asosiy tashkil etuvchisi: o'qish darslari jarayoni va sinfdan tashqari o'qish darslari turlarining bir-birini rivojlantirishini ta'minlash uchun ularning har bir bo'g'inining o'zaro bog'liqlik asoslari ishlab chiqildi.
Maktab o'quvchini o'qish malakasi bilan qurollantirish bilan bir qatorda kitobni mustaqil o'qiy oladigan, uni tushunadigan, ma'lum bir mavzuga oid kitoblarni tanlay oladigan, gazeta va jurnallarni ham mustaqil o'qiydigan faol kitobxonni tarbiyalaydi. Shu jihatdan sinfdan tashqari o'qish tarbiyaning asosiy quroli sifatida xizmat qiladi, ko'p narsani bilishga havasni orttiradi. Sinfdan tashqari o’qishning maqsadi o'qish malakalarini takomillashtirish, kitob tanlay oladigan, muntazam kitob o'qiydigan, o'qilgan kitobni to'g'ri baholay oladigan ongli kitobxonni tarbiyalashdir. Sinfdan tashqari o'qish o'quv dasturi bilan chambarchas bog'liq bo'lib, unda ko'zda tutilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda yaqindan yordam beradi. Buning uchun o'quvchilarda kitobxonlik madaniyatini tarbiyalash, ularni oddiy kitobxondan ijodkor kitobxon darajasiga ko'tarish talab etiladi. O'quvchilarda kitobga havas uyg'otishda har bir bolaga yakka tartibda yondashish, shaxsiy qiziqishlarini hisobga olish zarur. Bolalarda kitob ustida ishlash malakasini shakllantirish ularda kitobxonlik madaniyatini tarbiyalashning muhim omilidir.
Har bir sinfda sinfdan tashqari o’qilgan barcha asarlar o’quvchilarga mos ravishda biror voqeani sahnalashtirish mumkin. Bu boladagi nutqni rivojlantirishga, lug’at boyligini oshirishga yordam beradi. Shuningdek, sahnalashtirilgan asarni tomosha qilgan o’quvchining diqqati oshib xotirada saqlash qobiliyati o’sadi. Hatto sahnalashtirish o’quvchini har tomonlama yo’naltiradi, ya’ni aktyorlik qobiliyatini rivojlantiradi, suxandonlik, rejissorlik kabi kasblarga ilk tasavvurlarni o’rgata boshlaydi. Asarni sahnalashtirish davrida albatta o’qituvchi rahbarlik qiladi. O’quvchilar ifodali, obrazli, shuningdek, qahramonlar harakatini to’g’ri bajarishlari, o’qishlari o’quvchilarda zavq-shavq uyg’otib kitobga, badiiy asarga havas, uni o’qib o’rganishga intilish uyg’otadi.
Badiiy adabiyot, bolalar adabiyoti voqelikni haqqoniy aks ettirishi, yorqin obrazlar yaratishi bilan bolalarda estetik did va axloqiy sifatlarni mujassamlashtiradi. Ularda hayot go’zalligini idrok etishga o’rgatadi. So’z san’ati badiiy asarda o’z ifodasini topadi. Xalq badiiy so’zning yosh avlod tarbiyasidagi kuch-qudrati va jozibasiga qadim zamonlardanoq e’tibor berib kelingan. Badiiy so’z xalqning barcha madaniy boyliklarini abadiylashtirgan. Buning uchun esa o’quvchi albatta xalq og’zaki ijodini yaqindan o’qishi lozim. “Ertaklar- yaxshilikka yetaklar” deganlariday o’quvchi ertaklar bilan tanishar ekan mard, jasur vatanparvar, mehribon bo’lishga, topishmoqlar o’qir ekan, topog’on, bilimdon, zukko bo’lishga intiladi.