'' Talabaning stressga barqarorligi shaxs xususiyatlariga bogʻliqligi ''



Yüklə 278,26 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/10
tarix01.04.2023
ölçüsü278,26 Kb.
#92069
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
 
 
 


30 
Xulosa
Hozirgi zamon kishisining kundalik hayoti turli – tuman yangiliklar, 
voqea va hodisalar, erishilgan muvofaqiyatlar va kamchiliklar, hamda yuqori 
maqsadlarga erishish uchun, qilinayotgan hatti – harakatlar bilan harakterlanadi. 
Talabalar aholi kontintgentlari orasidagi yosh, ko’p narsaga qiziquvchi, oldiga yetuk 
mutaxassis bo’lib chiqishi uchun ulkan vazifalar qo’ygan holda, bir vaqtning ozida 
o’sib rivojlanish davridagi shaxslardir. Agar aytib o’tilgan turmush tashvishlari katta 
odamlar orasida qator fiziologik va biokimyoviy o’zgarishlar chaqirsa, talaba 
yoshlar vujudida bu jarayon yanada yaqqolroq namoyon bo’ladi. Kishi organizmida 
atrof – muhitdagi sharoitlar bois yuzaga keladigan o’zgarishlar ichida 1930 – 
yillarning ikkinchi yarmida Kanadalik mashhur olim Gans Selye tomonidan ixtiro 
qilingan stress holati alohida o‟rin tutadi. Ushbu tushunchaning paydo bo’lganiga 
ko’p vaqt o’tgan bo’lsada, stress bo’yicha olib borilgan tadqiqotlar biologiya va 
tibbiyotda nihoyatda keng rivojlangan ta’limot bo‟lib qoldi. Buni quyidagilar bilan 
tushuntirish munkin:
1. Stressiz hayot yo’q. U har qanday o’simlik, hayvon va odam 
hayotida albatta uchraydi.
2. Stress holatini to‟g‟ri anglab unga to’g’ri munosabatda bo’linsa, 
hayotdagi aksariyat qiyinchiliklarni yengish va tegishli muvofaqiyatga erishish 
mumkin.
3. Hayot davom etar ekan har qanday tirik organizm stressga olib 
keluvchi turli – tuman omillarga doimiy ravishda duch keladi. Gans Selye 
ta’limotiga ko’ra stress reaktsiyalar ikki xil bo’ladi:
1. Eustress ya’ni foydali stress. 
2. Distress ya’ni zararli stress. Eustress paytida organizmning 
adaptatsion imkoniyatlari kuchayadi, kasalliklarga qarshi kurashish qobilyati oshadi 
hamda har xil ruhiy, hissiy hamda jismoniy noqulayliklarga bardoshliligi kuchayadi. 
Distress esa organizmning ta’sir etuvchi omillardan yoki stress omilidan yengilishi 
demakdir. U bunday holatda kasallanib halok bo’lishi ham mumkin. Stress so’zi 
ingliz tilidan olingan bo’lib, “stress” kuchlanish, bosim, tanglik ma’nolarini beradi. 


31 
U dastlab fizikada qo’llanilgan bo’lib, tirik organizmga nisbatan ishlatilishi qayd 
qilinganidek Gans Selye tadqiqotlari bilan bog’liq. Har qanday tashqi yoki ichki 
ta’sirot, agar uning kuchi yetarli bo’lsa, stress holatiga olib kelishi mumkin. Stressga 
olib keladigan har qanday qo’zg’alish stress omil deyilsa, u tufayli kelib chiqadigan 
fiziologik va biokimyoviy o‟zgarishlar stress reaktsiyalar deb ataladi. Stressga olib 
keluvchi omillar kuchli issiq yoki sovuq harorat, kuchli og’riq, kuchli ruhiy 
kechinma, davomli och qolish, kuchli jismoniy yuklama yoki jismoniy yuklamaning 
butunlay bo’lmasligi (gipodenamiya), ko’p qon yo’qotish, vaznsizlik holati, kuchli 
tezlik (kosmik bo‟shliqda) va boshqalar. Ta’sir etuvchi omillarning tabiatiga qarab 
hosil bo‟lgan stress reaktsiyalar 3 ta stadiyani bosib o‟tadi:
1. Xavotirlanish (tashvishlanish) davri.
2. Rezistentlik (turg‟un qarshilik ko‟rsatish) davri. 
3. Holdan toyish davri. 
Havotirlanish davri bir necha minutdan bir necha soatlab va kunlab davom 
etishi mumkun. Bu vaqtda buyrak usti bezi hamda gipofizdan ajralib chiqadigan 
adrenalin, noradrenalin va kortikosteroidlar, adrenokortikoid gormonlar va 
boshqalar ko’payib ketishi oqibatida organizm sarosimaga yoki tashvishga tushadi. 
Bunda qon bosimi ko’tariladi, yurak tez uradi, nafas olish tezlashadi, moddalar va 
energiya almashinuvi kuchayadi. Agar stress omilini qabul qiluvchi organizmda 
potensiyal imkoniyatlar yetarli bo’lib, ta’sir etuvchi omil shiddatli kuchaymasa
stress reaktsiyaning ikkinchi bosqichi ya’ni rezistentlik bosqichi yuzaga keladi. 
Rezistentlik davrida organizmning dastlabki meyoriy ko’rsatgichlari o’z o’rniga 
qaytib keladi. Qon bosimi, yurak urushi va nafas olishi me’yorlashadi. Bir so’z bilan 
aytganda, organizm o’zining meyoriy holatiga qaytadi. Agar stress omilini ta’siri 
uzoq vaqt davom etsa, organizmning adaptatsion rezervi asta – sekin tugab, holdan 
toyish davri boshlanadi. Bu davrda yurak qon tomirlari tizimi, nafas olish a’zolari, 
ovqat hazm qilish tizimi va asab tizimida kuchli qaytaqilmas o’zgarishlar paydo 
bo’lib, har xil og’ir kasalliklar kelib chiqadi va natujada organizm halok bo‟lishi 
ham mumkin. Shuni aytish kerakki har qanday stress reaktsiyasida ham, aytib 
o„tilgan davrlar aniq bir vaqt ichida sodir bo’lmaydi. Qayd qilinganidek stress 


32 
reaktsiya bosqichlarining qancha davom etishi stress omillarining kuchiga, davom 
etsh muddatiga, reaktsiyaga uchragan organizmning individual xususiyatlariga 
hamda ekologik sharoitlarga bog’liq. Shu boisdan stress reaktsiya bosqichlari 
soatlab, kunlab, oylab davom etishi ham mumkin. Talabalar hayotidagi stress 
reaktsiyani o’rganish, uning sabablarini aniqlash va zarur bo’lganida oldini olish 
choralarini qo’llay bilish, ularning sihat – salomatligini himoyalashda, yetuk 
mutaxasis bo‟lib chiqishini taminlahsda, bir so’z bilan aytganda har tomonlama 
barkamollikka erishishida alohida ahamiyat kasb etadi. Talabalarni stress holatiga 
olib keluvchi omillarga quyidagilarni kiritish mumkin:
1. Uyquning yetarli bo’lmasligi.
2. O’z vaqtida topshirilmagan mustaqil ishlar yoki labaratoriya 
ishlari.
3. Semenar mashg’ulotlariga tayyorlanmaslik. 
4. Ayrim predmetlar bo’yicha darslarga kam qatnashish.
5. Kurs ishlari va unga tegishli bo’lgan qo’shimcha tayyorlanishlarni 
o’z vaqtida bajarmaslik.
6. Ayrim fanlar bo’yicha tegishli bilimlarga ega bo’lmaslik.
7. Bazi bir fanlarni o’zlashtiraolmaslik.
8. Topshiriqlarning nihoyatda katta yoki kichik hajmda bo’lishi.
9. O’qish davrida turar joyda professor o’qituvchilar bilan, 
kursdoshlar bilan konflektlarga borish.
10. Guruhda yoki kursda o’zining ayrim harakterlari bois yakkalanib 
qolish.
11. Ayrim fanlarga umuman qiziqmaslik va berilgan topshiriqlarning 
yoqmasligi.
12. O’qish xonalarida, turar joylarda sharoitning yomonligi.
Quyida har xil stress omillarning oldini olish uchun as qotadigan antistress 
holatlarini keltiramiz. Ulardan to’g’ri foydalanish talabalar hayotida uchraydigan 
reaktsiyalardan (distresslardan) himoyalanish imkoniyatlarini yaratadi:


33 
1. Har bir talaba o’z shaxsiy sutkalik vaqtini o’qish, dam olish, dars 
qilish, ovqatlanish va boshqalarga ratsional bo’lish va uni nazorat qilish.
2. Stressdan himoyalanishda undan qutilish yo’llarini tasavvur qila 
olish.
3. Ochiq havoda doimiy holda qisqa muddatli sayr qilishni 
uyishtirish.
4. Madaniy hordiq chiqarishni tashkil qilish va unga doimiy amal 
qilish (teatr, muzey, kino, konsert va boshqalar).
5. Yaqin do’stlar yoki o’ziga yoqqan kompaniyalar (uyushmalar) 
bilan aloqa qilib turish.
6. Kulgu va yumordan oqilona foydalanish.
7. Tana va a’zolarni uqalash (massaj qilish).
8. Sportning biron turi bilan doimiy holda shug’ullanish. 
Adabiyotlarni o’rganish va tahlil qilish asosida quyidagi umumiy 
xulosalarga kelindi.
1. Stress reaksiya barcha tirik organizmlarga xos bo’lgan hayotiy 
jarayon bo’lib hisoblanadi. Uni eustress (foydali stress) holatiga aylantirish
distressga qarshi ratsional kurashish kerak.
2. Odatda talabalik davrida turli-tuman o’ziga xos stress holatlarga 
ko’proq duch kelinadi. Bunday holatdan muvaffaqiyatli himoyalanish uchun salbiy 
stresslarga qarshi kurashish metodlaridan samarali foydalanish maqsadga muvofiq. 
3. Stress reaksiyaning kelib chiqishi, uning davom etishi, foydali yoki 
zararli bo’lishi, stress omillarining davom etish kuchi hamda stress oluvchining 
individual xususiyatlariga bog’liq. 
4. Stress ta’limoti haqidagi tushunchalar har bir talabaning qanday 
mutaxassislik olishidan qat’iy nazar, o’quv yurtida tegishli fanlar tarkibida (odam 
va hayvonlar fiziologiyasi, yosh fiziologiyasi, valeologiya va b. ) o’tilishi lozim. 


34 
5. Talabalar hayotida stress holatini keng ko‟lamda o‟rganishni har bir 
hududning o’ziga xos sharoitini hisobga olgan holda, tadqiqotlar o’tkazish yo’li 
bilan olib borish lozim.
6. Stress omillar va stress reaksiyalar haqida to’g’ri va yetarli 
tushunchaga ega bo’lgan talaba zamonaviy yetuk mutaxasis bo‟lib chiqishi uchun 
o’ziga–o’zi zamin tayyorlaydi. 

Yüklə 278,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin