29
moslashtiruvchi endokrin organ sifatida o’rganilib kelingan. Stress omillari
ta‟sirida qonni tarkibida prolaktin miqdori ortib ketadi. Prolaktin gipofizning
oldingi qismidan ajralib chiqadigan dofamin gormoni bilan to’xtatiladi. Stress
dofaminergetik sistemaga ham ta’sir qiladi. Bu sistema gipofizni oraliq qismida
peptid gormonlarini sekretsiyasini ham boshqaradi. Treotropin – rilizing faktor
stress vaqtida kamdan – kam hosil bo’ladi, chunki tereotrop gormon stress
vaqtida ortmaydi, aksincha kamayadi. Lyuteinlovchi va folekullarni
rag’batlantiruvchi gormonlar stress vaqtida qonga ajraladi. Ammo
lyuteinlovchi gormon stressorli vaziyatda folikullarni rag’batlantiruvchi
gormonga nisbatan sezgir. Surunkali stress sharoitida gipofiz – ganado
sistemalarni faolligi sustlashadi, jinsiy bezlarni o’lchamlari kichrayadi va
qonda aylanadigan jisiy steroid gormonlarining konseptsiyasi kamayadi.
Kalamushlarning stress omillariga ta’sir etilganda osish gormonlari to’xtab
qoladi, chunki samotostatinni ajratish ko’p bo’ladi. Kuchuk va maymunda esa
aksincha, o’sish gormonlari ortib ketadi.
Odamlarda jarrohlik orqali qorin bo’shligining ochilishi, ogir jismoniy
zo’riqish yoki qorda uzoq vaqt davomida chang’ida uchish kabi stresslarning
ta’sirida o’sish gormonini qondagi konsetrasiyasi ortadi.
Stressni psixofiziolog
mexanizmi qon bosimini oshishiga olib keladi. Bu yerda buyrak usti bezi miya
qismidan ishlab chiqariladigan adrenalinni ahamiyati katta. Natijada nerv
sistemasidagi simpatik tonusni yuqoridagi, qanday sabab bo‟lishidan qat’iy
nazar, simpatik faollikni yanada oshiradi. Oxir oqibatda karotidli tendensiyani
rivojlanishi va byuroretseptorlar tomirlarni devorlaridagi sezgir nerv oxirlariga
ta’siri aortalar qon bosimini yuqori darajaga ko’tarilishiga olib keladi. Natijada
qon bosimi oshadi va korsatgichi oshib boradi.
Dostları ilə paylaş: