Ў збекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги


-mavzu Bioxilma-xillik va ekotizim faoliyati



Yüklə 2,25 Mb.
səhifə72/109
tarix19.12.2023
ölçüsü2,25 Mb.
#185065
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   109
Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги

8-mavzu Bioxilma-xillik va ekotizim faoliyati
Reja:

  1. Bioxilma-xillik va ekotizim faoliyatiningbog‘liqligi

  2. Xilma-xillik va barqarorlik

  3. Ekotizimning ko‘p yo‘nalishliligi


Tayanch iboralar: bioxilma-xillik,to‘ldiruvchi ta’sir,ekotizim faoliyati, ekotizim jarayonlari, ekotizimda xizmat ko‘rsatish, selektiv ta’siri
8.1.Bioxilma-xillik va ekotizim faoliyatiningbog‘liqligi
Xozirgi vaqtda sodir bo‘layotgan bioxilma-xillikning yo‘qolib ketishigaaloqadortaxminlarekologlarni 1990 yillarning boshlarida xarakatga keltirgan edi. Ularni turlarning yo‘qolib ketishi ekotizimga qanchalik salbiy ta’sir ko‘rsatishi xaqidagi savol tashvishga soldi. Ekotizim faoliyati atamasi bu ekotizim faoliyati jarayonlari uchun umumiy atama hisoblanadi, ya’ni biogeokimyoviy energiya oqimi va ekotizmlararova ichkimasalalar (jumladan, birlamchi ishlab chiqarish va oziq-ovqat moddalari aylanmasi). Ushbu mavzuning dastlabki umumiy bosqichidaekotizim jarayonlariga ta’sirlarni o‘lchash uchun turlidarajadagi xilma-xil model guruxlarni yig‘ish orqali shu savolga murojaat qilingan.Izlanishni dastlaki bosqichlaridagi meta-analiz natijalari shuni ko‘rsatadiki, ya’ni bioxilma-xiltrofik guruhlar va ekotizim turlari bilan izchil bog‘lanadigan ekotizim jarayonlariga umuman olganda ijobiy, ammo to‘ldiruvchi ta’sir kщrsatadi. Bu munosabatlar asosiy ta’sirga qaraganda deyarli ikki barobar kuchli to‘ldiruvchi ta’sir va asosiy ta’sir birikmalari oraqali kuzatiladi. SHu bilan birga, turli ekotizimlar kamdan-kam xollarda eng yaxshi yagona turga qaraganda sezilarli darajada yaxshi faoliyat ko‘rsatadi, kamida qisqa muddatga. Uzoq muddat davomida esa bioxilma-xillik moliyaviy investitsiyalarning turli xujjatlaridagi keltirilganxavf tarqalishi afzalliklari kabi sug‘urta qiymatini ta’minlab berishi mumkin. Izlanishning dastlabki bosqichlarida qisqa muddat ichida ko‘plab tadqiqotlar olib borilganligi va bir vaqtning o‘zida barcha muhim ekotizim faoliyatilariga diqqatni qaratmasdan,balki yagona ekotizim jarayonlarini izolyasiya xolatida o‘rganishga e’tibor jalb qilinganligi sababli bioxilma-xillik natijalarining ekotizim faoliyatiga bo‘lgan ta’siriga etarlicha baho berilmagan bo‘lishi mumkin. Tadqiqotning keyingi bosqichining bir qismida bioxilma-xillik afzalliklarining xaqiqiy hayotga tadbiq etilgan tajribalarda aks etganligigae’tibor qaratilgan.
Darvin o‘zining “Turlarning kelib chiqishi” kitobida dastlab shunday taxmin qilgan edi, ya’ni agar nishalartur tanqisligi sezilayotgan guruxlarga qaraganda xar-xil turlarga ega bo‘lgan guruxlarda bilan ta’minlansabioxilma-xillikdagi o‘zgarishlar ekotizim faoliyatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin degan edi.
Biz ekotizim faoliyati so‘zini ekotizim doirasida amalga oshiriladigan barcha biogeokimyoviy jarayonlarni qamrab oluvchi umumlashtiruvchi atama sifatida ishlatamiz, masalan, birlamchi ishlab chiqarish. Ma’lum bo‘lishicha, bu atama1990 yil boshlariga qadar unitilgan ko‘rinadi, lekin aynan o‘sha muloxazalar,baliq turlarining xar-xil aralashmasi mexnat unumdorligini yanada oshish kerakligi ko‘zda tutilgan vaqtgacha, ya’ni, to 20 asr o‘rtalarigacha muhokama qilinib kelingan. Taxmin qilinadiki, baliq ishlab chiqarish nishalar soni o‘sishi bilan oshadi....va shubxasiz, nishalar sonining ortishi baliq turlarining ko‘payishi bilan ortadi. Haqiqatdan xam, bu ikkala tadqiqot ushbu bog‘liklikni qo‘llab-quvvatlash uchun xatto ma’lumotlarni xam taqdim etishdi.
1992 yilda Rio shaxrida o‘tkazilgan Er sammitida antropogen xilma-xillikning ta’siri xaqidagi umumiy qiziqishgamunosabat bildirilgan bir paytda, bioxilma-xillik xaqidagi Konvensiya 150 mamlakat raxbarlari imzosi bilan ish boshlagan edi. Barqaror rivojlanishni rag‘batlantirish va bioxilma-xillikni muxofaza qilish uchun mo‘ljallangan ushbu xalqaro shartnoma antropogenik bioxilma-xillikning yo‘qolib ketishi insoniyat uchun jiddiy zararli ta’siri bo‘lishi mumkinligini isbotlovchi siyosiy qabul qilingan dalildir. Rioshaxrida va Konvensiyada ta’kidlab o‘tilgan muammolar bioxilma-xillikdagio‘zgarishlarning ekotizim faoliyatiga bo‘lgan ta’sirini va bunday o‘zgarishlarning insoniyat uchun ahamiyatini anglab etish barobaridaekologlarni yangi ilmiy qiziqishlarga va birgalikdagi xarakat qilishga undaydi. O‘n yildan oshiq muddatda olib borilgan tadqiqotlarhozirgi kunda bioxilma-xillik va ekotizim faoliyati o‘rtasidagi bog‘liqlikka asoslangan mexanizmlarga yuqori darajada e’tiborqaratilgan muxokamani o‘z ichiga olgan xoldanashr qilingan. Natijalarning birinchi dekadasini meta-analiz bo‘yicha taxlil qilish ikkalasini xamaniqlashga yordam beradi: o‘ziga xos hususiyatini va mexanizmini.

Yüklə 2,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin