Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги
7-mavzu: Tuproqni ifloslantiruvchi manbalar. Tuproq muhofazasi.
Reja: 1. Tuproqni ifloslantiruvchi manbalar
2. Tuproqning asosiy xossalari.
3. Tuproqning kislotali muhitiga o’simliklarning munosabatlari.
Tayanch iboralar: edafik, orografik, relief, mikrobiota, mezobiota, makrobiota, tuproq orografik omillar, kislotali tuproq, Ph-muhit
7.1. Tuproqni ifloslantiruvchi manbalar Tuproq turli xil omillar: tog- jinslari, iqlim, tirik organizmlar (o‘simlikva hayvonlar), relyef, hudud yoshi va insonlaming faoliyati natijasida hosil bo'lgan muhim tabiat jismi in’omidir. U asosan yemirilgan tog* jinslari —gildan va chirindilar — gumusdan iborat. Gumus oiganik olam qoldig‘idan, xususan, o‘simliklaming mikrooiganizmlar faoliyati natijasida chirishdan hosil bo‘ladi. Tuproqda bundan tashqari, suv havo va ko‘plab tirik organizmlar (mikrooiganizmlar) ham bo‘ladi. Tuproq doimo o‘zgarib va rivojlanib turganligi tufayli turli xil iqlim sharoitida har xil tuproq turlari uchraydi. Masalan, Hamdo'stlik davlatlari hududida yuzdan ortiq tuproq xili bordir. Tuproqning ekologik omil sifatida eng muhim qismi bu tog*jinslaridan tuproqning yuzasigacha bo‘lgan qavatidir.0 ‘simlik ildizlarning asosiy qismi ana shu zona bo‘ylab joylashgan.Tuproqning ana shu qismi va gumus bo‘lgan zona qancha kuchli rivojlangan bo*Isa o‘simliklaming ildiz sistemasi shunchalik chuqur va eniga yaxshitarqaladi, chunki bu gorizontlarda suv va ozuqa moddalar miqdori ko‘p bo‘ladi. Tuproq aeratsiyasi va harorati o‘simliklar uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lib, past haroratli tuproqlarga nisbatan yuqori haroratli tuproqlarda o‘simlik ildizlari suv va mineral tuzlami ko‘proq va tez shimib oladi. Chunki past haroratli tuproqlarda suvni shimib oluvchi ildiz va ildiz tukchalarining o‘sishi susayadi, bu oiganlar hujayrasi sitoplazmasining suv o‘tkazuvchanlik xususiyati pasayadi va natijada, o‘simliklaming yuqoriga fco‘tariluvchi oqimi, ya’ni suvning o‘simlik bo'ylab yuqoriga ko‘tarilishi kamayadi. Tuproq tarkibida gumus moddasi miqdori ko‘p bo‘lsa, bu tuproqlar unumdor hisoblanadi. 2. Tuproqning biotik omfflari Tuproqda o'simliklar va hayvonlarning parchalanishidan qolgan qoldiqlaridan tashqari yana yuqori o‘simliklar hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan har xil mikro va makroorganizmlar ko‘p!ab uchraydi.Ana shu xildagi oiganizmlami Yu.Odum (1975) quyidagi guruhla^ga ajratadi:
Mikrobiota — bakteriyalar, zamburug‘lar, tuproq suvo41ari va sodda hayvonlar;
Mezobiota — nematodlar, kanalar, kichik hasharot va boshqa organizmlarning lichinkalari; Makrobiota — o‘simliklarning ildizlari, yirik hasharotlar, yomg‘ir chuvalchanglari.Shular orasida eng muhim ekologik ahamiyatga ega bo‘lganlari tuproqdagi xlorofilsiz organizmlar (bakteriyalar, zamburug‘lar, aktinomitsetlar,mfuzoriyalar, amyobalar, qorinoyoqlilar va boshq.) hisoblanadi.Mikroiganizmlar kul moddasi va azot ko‘p bo‘lgan bog‘-rog‘lar va shunga o‘xshash madaniy tuproqlarda juda ko‘p miqdorda bo‘ladi. Ildiz va uning atrofidagi tuproqlar mikroorganizmlaiga, ayniqsa boydir (rizosfera). Mikroorganizmlar miqdori faqatgina tuproq strukturasigagina emas balki o'simlik turiga ham bog‘liq. Lyupin, beda, sebaiga, no‘xat va shu kabi dukkakli 0‘simliklar rizosferasi, ayniqsa mikroorganizmlaiga' boy hisoblanadi.Masalan, beda yetishtiriladigan 1 g tuproqda 50—100 mlrd gacha bakteriyalar bo‘ladi (M.A.Krasilnikov, 1958). 0 ‘sha muallifning aytishicha g‘o‘za ildizida azotobakteriyalar beda ildizidagiga qaraganda ancha kam bo‘ladi. Lekin uning ildizida vilt kasalligini qo‘zg‘atuvchi zamburug‘ lar (Verticillium dahliae, Fusarium fasinfectum) ko‘p uchraydi. Timofeyevka javdar kabi 0‘simliklar ildizlarida esa diatom suvo‘tlari, lyupin,sebaiga rizosferalarida yashil suvo‘tlari, kartoshka rizosferasida esa ko‘k yashil suvo‘tlari yashaydi. Rizosferalardagi mikrooiganizmlar miqdori 0‘simliklaming yashashiga va rivojlanish fazalariga ham bog‘liq bo‘ladi. Yosh ‘simliklammg gullash davridan oldin mikrooiganizmlar, ayniqsa,ko‘p bo‘ladi. Chunki, aynan shu davrda mikrooiganizmlaming o‘sishini va rivojlanishini tezlatuvchi oiganik moddalar ildizlar tomonidan ko‘p hosil bo‘lib turadi. Shuni ta’kidlash lozimki, tuproqning gumusli qavatida mikroorganizmlar ko‘p bo‘ladi. A.N.Krasilnikovning yozishicha (1958) tuproqning haydaladigan qavatida gektariga 10 t. ga to‘g‘ri keladigan bakteriyalar, zamburug‘lar, suv o‘tlari, aktinomitsetlardan tashkil topgan tirik massa uchrar ekan.Bundan tashqari, haydaladigan tuproqlarda gektariga taxminan 600—664 ming dona yomg‘ir chuvalchangi to‘g‘ri keladi (Olimjonov, 1946).Yuksak agrotexnik qoidalarga amal qilingan yerlarda esa ularning miqdori bir tonnagacha boradi. Ularning bir yil davomida ovqat hazm qilish
tizimidan o‘tkazgan tuprog‘i gektariga 12 tonnadan 100 tonnagacha yoki 7 mm qilinlikdagi tuproqni tashkil etadi.
Shunday qilib, yuqori o‘simliklar rizosferasi tuproqning oiganik va mineral birikmalarini parchalab turadigan mikrooiganizmlaming yashashi uchun eng qulay zona hisoblanar ekan.Gumus qavatida ko‘pincha bakteriyalar ko‘p uchraydi lekin suvo‘tlari, zambumg‘lar va aktinomitsetlar ham tuproq hosil qilishda muhim rol o‘ynab, yuqori o‘simliklar yashashi uchun zarurdir. Ularning hammasi tuproqdagi o(simlik qoldiqlarini parchalab tuproq unumdorligini, uning tarkibidagi mineral moddalar miqdorini oshiradi.Tuproqdagi mikrooiganizmlar soniga tuproq unumdorligidan tashqari iqlim sharoiti va ayniqsa, harorat va namlik katta ta’sir ko‘rsatadi.Ye.M.Mishustinmwg yozishicha (1972) Janubiy va ayniqsa, Shimoliy rayonlarda o‘simliklar uchun optimal harorat tuproq haroratiga qaraganda yuqori. Haroratning yetishmasligi (balandhklarda) tuproqning hosil bo‘lishi jarayonini susaytiradi. Miroorganizmlarning tuproqdagi holatiga namlikning ta’siri ayniqsa, kuchlidir. Chunki tuproqdagi aminokislotalar organic moddalaming parchalangan qoldiqlari har xil tuzlar mikroorganizmlar tomonidan faqatgina suvda erigan holda qabul qilinadi.
Suv yetishmaganda hattoki, qurg‘oqchilikka cliidamli mikroorganizlar ham yaxshi ko‘paymaydi, ularning biokimyoviy aktivligi susayadi. Tuproq dala nam sig‘imi 60 % bo‘lganda mikroorganizmlar hayot faoliyati uchun eng qulay sharoitidir. Ana shunday qulay sharoitda tuproq havo va suv bilan yashash ta’minlangan va natijada, ammonifikatsiya va nitirifikatsiya jarayonlari intensiv bo‘lib turadi. Tuproqning kislotali holati ham mikroorganizmlar rivojlanishi uchun muhimdir. Neytrai va ishqorli tuproqlarda bakteriyalar va aktinomitsetlar,kislotali tuproqlarda esa zamburug‘lar ko‘p bo‘ladi.Tuproq tarkibida uchraydigan mikroorganizmlar tuproq xiligagina emas balki yuqorida ko‘rsatilgandek, turli xil ekologik omillarga bevosita bog‘liq. 1 g tuproqda 300 dan 3 mlrd gacha mirooiganizmlar uchrashi mumkin.
Tuproq zarrachalarining donadorligi ham hayvonlar uchun ekologik ahamiyatga ega. Ba’zi hayvonlar tuproqni kavlab hayot kechiradi. Hasharotlarning lichinkalari toshloqli tuproqlarda yashay olmaydi. Kavlash xususiyatiga ega bo‘lgan pardaqanotlilar tuxumlarini yer osti bo'shliqlarga, ko'pchilik chigirtkalar ham tuxumini g'ovak. tuproqqa qo‘yishga moslashgan. Tuproq ostida yashovchi hayvonlar uchun yorug‘lik uncha katta ahamiyatga ega emas. Tuproqning chuqur qatlamlarida harorat ham o'zgarmaydi. Kislorodning miqdori esa kamayib uglerod ikki oksidi ortib boradi. Tuproq namligi biigina o4simliklar uchun emas, balki hayvonlar uchun ham ahamiyati katta. Hayvonlar orasida ham tuproq qurg‘oqchiligiga chidamsiz turlari uchraydi. Ularga yomg‘ir chuvalchanglari va termitlarni ko'rsatish mumkin. Qumli tuproqlarda yashovchi hayvonlar qumning ostiga tezda kirib ketish xususiyatga ega. Psammafil hayvonlarning panjalarida har xil o‘simtalar, tuklar yoki muguz pardalar bo'lib, ularning yuzasini og‘irlashtiradi hamda tuproq qatlamida harakat qilishga, uya qurishga ham yordam beradi. Ilonlar, kaltakesaklar, ba’zi hasharotlar qum ostida anchagina masofalarga ko‘chib yurishi mumkin.
4. Tuproqning tuz rejimiga 0‘simliklarning reaksiyasi.Makro va mikro elementlarning o‘simliklar uchun ahamiyati
Tuproq eritmasidagi makro va mikro •elementlami o‘simliklaming hammasi ham bir xilday qabul qilolmaydi. Tuproqda mikroelementlar juda kam miqdorda bo‘ladi. Shu sababli ba’zan ularni kimyoviy analiz bilan ham aniqlash qiyin. Shunga qaramasdan o‘simliklar bu xil mikrodementlarni tuproqdan olib o‘z tanasida saqlash xususiyatiga ega. Masalan,qoqio‘tdoshlar, ayiqtovondoshlar oilalariga kiruvchi o‘simliklar tarkibida litiya ko‘proq, astragal, selen, yel, g‘o‘za barglarida marganes ko‘p uchraydi. Suvdagi suvo‘tlarda yod va brom ko‘p uchraydi. Masalan, Laminariya o‘simligi tarkibida yodning miqdori 0,1—0,5 % uchragan holda dengiz suvida esa bu ko‘rsatgich 0,000005 %ga teng. Karamgullilar va soyabongullilar oilalariga kiruvchi o‘simliklarda olitingugurtning miqdori boshqa oila vakillariga qaraganda 5—10 barobar ko‘pdir. Rux (Viola) binafsha tarkibida uclirasa lavlagi, kartoshka, paxta tarkibida kaliy, magniy, tilog‘och va sho‘radoshlar oilasi vakillarida ko‘pincha soda ko‘proq uchraydi.T.F.Morozovning (1943) yozishicha daraxtsimon o‘simhklar o‘t o‘simliklariga qaraganda mineral moddalami 10—15 barobar kamroq qabul qilishadi.Daraxt o‘simliklar fosfor va kaliyni juda ham talab etganliklari sababli ular qishloq xo‘jaligi ekinlari o‘smaydigan unumsiz tuproqlarda ham bemalol yashayveradilar. Bunday holatga, ayniqsa, qarag‘ay o‘ta chidamlidir.
0 4simliklarning yoshi o‘tishi bilan ularning mineral moddalarga bo‘lgan talabi o‘zgarib boradi. Daraxtsimon o‘simliklarda azot va mineral moddalarga bo‘lgan talabi ularning o‘sishi davrida kuchli bo‘lsa g‘allasimon o‘simliklarda esa naychalash va boshoq hosil bo‘lishi davrida bo‘ladi. Yem-xashak o‘simliklarida bu ko‘rsatkichga talab gullash va ullashdan oldin kuzatiladi. Tuproq unumdorligiga nisbatan o‘simliklar quyidagi guruhlaiga bo‘linadi.7. Evtrof o 'simliklar — unumli tuproqlarda o‘suvchi o‘simliklar (yasen, zarang, dub va boshqa daraxt o‘simlikIar).2. Oligotroflar — tuproq unumdorligiga kam talabchan o‘simliklar. Bu guruhga daraxtlardan oddiy qarag‘ay kiradi.