Ў збекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги


Suv manbalarning ifloslanishi



Yüklə 2,25 Mb.
səhifə64/109
tarix19.12.2023
ölçüsü2,25 Mb.
#185065
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   109
Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги

6.2. Suv manbalarning ifloslanishi.
Suv manba’lari. Sanitariya holati.
Gidrosfera biosferani muhim elementi hisoblanib, tabiatda kechadigan jarayonlar va kishi hayotini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Gidrosferani hajmi 1389 mln. kub. kilometrni tashkil etadi. Okean va dengizlar er shari yuzasining 70 % ko‘prog‘ini egallagan. Botqoqliklar erning 6 mln. km2 qismini egallagan. Bularning hammasi planetamizda suv zahiralarni ko‘pligini isbotlasa ham, chuchuk suv bor yo‘g‘i 2 % ni tashkil etadi. Uning ham katta qismi Grelandiya va Antarktida muzliklariga to‘g‘ri keladi.
Suv yerdagi tirik organizmlarni yashashi va ularni hayot faoliyatinig rivojlanishini ta’minlaydi.
Demak, suv planetamizga jon ato etuvchi «hayot eliksiri», planetamizga shakl beruvchi «buyuk skulptor», iqlim va ob-havoni «harakatlantiruvchi g‘ildiraqdir».
Suv tabiatda doimiy harakatda bo‘ladi. Quyoshdan kelayotgan issiqlik natijasida u okean, dengiz, daryo va ko‘llar yuzasidan bug‘lanadi, so‘ngra yana yomg‘ir bo‘lib erga qaytadi.
Har qanday xom-aщyoni boshqa turdagi mahsulot bilan almashtirsa bo‘ladi, lekin suvni o‘rnini hech narsa bosa olmaydi. Suv ta’minoti inson hayoti va taraqqiyotida o‘ta muhim muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Mutaxassislarni fikricha planetamizda daryo va er osti suvlari tobora kamayib bormoqda.
Amerikalik mutaxassislarni fikricha AQSHda tabiat in’om etgan chuchuk suv 2020 yilgacha etar ekan xolos. Amerikada eng qimmatbaho mahsulot bu suvdir, ba’zi bir shaharlarda suv etishmaganligi uchun haftada bir kun «suvsiz kun» deb e’lon qilinar ekan. SHu kuni maishiy ehtiyojlar uchun suvdan foydalanilmas ekan, hamma sohalarda suvni istemol qilish ustidan nazorat o‘rnatilar ekan.
Industriyalashtirish, qishloq xo‘jaligini rivojlanishi, yangi shahar va qishloqlarni qurilishi bilan turli ifloslikdagi oqova suvlar yuzaga kelmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining ekologik xavfsizligini ta’minlash nuqtai nazaridan qaragandan eng dolzarb muammo suv resurslarining (er usti va er osti) tanqisligi va ifloslanganligidir. Respublikaning daryolari, kanallari, suv omborlari va hatto er osti suvlari turli antropogen ta’sirlar ostiga tushib qolgan.
O‘tgan asrning oltmishinchi yillaridan boshlab yangi erlarni keng ko‘lamda o‘zlashtirish, sanoatning, chorvachilikning ekstensiv rivojlanishi, urbanizatsiya,
kollektor-drenaj sistemalarining qurilishi va daryo suvlarining sug‘orish uchun
olinishi munosabati bilan daryo havzalaridagi suvning sifati intensiv ravishda
yomonlasha bordi. Bu holat ekologik-gigienik va sanitariya-epidemiologik vaziyatni, ayniqsa daryo o‘zanlaridagi ahvolni yomonlashtiradi.
Daryo ekosistemalariga antropogen bosimning o‘sib borishi suvlarning tarkibi
va tuzilishidagi chuqur o‘zgarishlarga olib kelmoqda.
Er usti suv sifati
Er usti suvining ifloslanishi keng tarqalgan bo‘lib er osti, jumladan quduq suvining sezilarli darajada ifloslanishiga olib keladi. Suvning ifloslanishi kasallik (buyrak kasalliklari, onkologiya va o‘tkir infeksiyali kasalliklar) ko‘rsatkichi o‘sib borishida muhim rol o‘ynayapti.
Ichki suv havzalarini sanoat va maishiy oqova suvlari bilan ifloslanishi oxirgi paytda ortib bormoqda.
Er osti ichimlik suvi
Ichimlik suvi ta’minotining katta qismini er osti suvi beradi. Er osti chuchuk suvi zaxiralari notekis joylashgani tufayli Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro viloyatlari, Samarqand, Qashqadaryo, Jizzax va Surxondaryo viloyatlarining g‘arbiy hududlarida ichimlik suvi taqchil. Davlatning maqsadi markazlashgan suv ta’minoti tizimi orqali butun aholiga sifati yaxshi
ichimlik suvi etkazib berish va shahar va posyolkalarda suvga bo‘lgan kommunal talabni qondirishdan iborat.
Maydoni 330 km2, aholisi 2,3 million bo‘lgan va 99 foiz qamrab olingan Toshkentda ichimlik suvi ta’minoti uch asosiy manbadan iborat, ulardan ikkitasi er osti suvi zaxirasi va bir er usti manba bo‘lib 3.500 km tarmoq orqali kuniga 2,3 million m3 suv etkazib beriladi. Garchi xom suv tiniq keladigan davrlar
bo‘lsa-da, milliy va xalqaro standartlarga javob berish uchun suvni filtrlash va xlorlash orqali tozalash zarur. Ichimlik suvini sanoatda ishlatishga yo‘l qo‘yilmaydi, kichik korxonalar uchun ba’zi istisnolar bor.
Yer osti suvi zaxiralari aholiga etkaziladigan ichimlik suvining 80 foizini ta’minlab beradi. Umuman, mavjud er osti chuchuk suv zaxiralari aholining ichimlik suviga bo‘lgan talabini qondiradi.
Yer osti suvi ko‘rsatilgandek asosan uylarga suv berish va ichimlik suvi (173,5 m3/s), sug‘orish va suv zaxirasini rivojlantirish (70,5 m3/s) va sanoat va texnik suv ta’minoti uchun (29,6m3/s), foydalaniladi.
Biroq, shuni aytish lozimki, oxirgi bir necha yil davomida er osti suvining sifati yomonlashib bormoqda, oqibatda ichimlik suvi manbai sifatida foydalanib bo‘ladigan er osti suvi zaxirasi kamayib bormoqda.
CHuchuk er osti suvi asosan Farg‘ona vodiysida (34,5 foiz) va Toshkent
(25,7 foiz), Samarqand (18 foiz), Surxondaryo (9 foiz) va Qashqadaryo (5,5 foiz) viloyatlarida jamlangan, qolgani esa sho‘rtang yoki sho‘r bo‘lib ularni ishlatish imkoniyati kam. Qolgan hududlardagi chuchuk suv jami 7 foizni tashkil qiladi.
Er osti suvi sifati
Mamlakatning g‘arbiy qismida (Zarafshonning quyi oqimi va Qashqadaryo, Sirdaryo, Amudaryo va Markaziy Qizilqum basseyni)da er osti suvi yuqori darajada minerallashgan va qattiqdir. Yirik daryolar (Amudaryo va sug‘orish kanallari) oqimi bo‘lab hosil bo‘lgan, Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasida ichimlik suvi etkazib berish uchun ishlatilayotgan er osti chuchuk suv linzalarining suvi oxirgi 10-15 yil mobaynida minerallashuv va qattiqligi ortib borganligi
(sug‘orish ta’siri) tufayli milliy standartlar talabiga javob bermaydi.

Yüklə 2,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin