Ў збекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги



Yüklə 2,25 Mb.
səhifə66/109
tarix19.12.2023
ölçüsü2,25 Mb.
#185065
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   109
Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги

Fizik usullar guruhi havodagi zaharli gaz, qattiq va suyuq qo’shilmalarni chang, tutun va boshqalarni tozalaydi.

Hozirgi vaqtda sanoat tarmoqlaridan atmosferada iflos gazlarni tozalab chiqarishda turli chang va mayda zarralarni tutib qoladigan oddiy filtrli uskunalardan foydalaniladi. Bu usullar gruppasi arzon energiya hisobiga havodagi juda mayda chang zarralarini quruq holda tutib turadi. Keyingi vaqtlarda iflos gaz va chang qo’shilmalarini elektr filtrlar orqali ushlanib qolinmoqda. Kam elektr energiyasi sarflash oqibatida soatiga millionlab kub metr havo iflos qo’shilmalardan toza bo’lmoqda.
Hozirgi kunda atmosfera havosini muhofaza qilish uchun uchta tadbirni amalgam oshirish ko’zda tutilgan. Bular texnologik, loyihalash, sanitariya-texnika tadbirlaridir. Mazkur tadbirlar amalga oshirilsa, atmosfera havosining ifloslanishini ruxsat etiladigan darajada ta’minlash mumkin bo’ladi
.Texnologik tadbirlar:

  • Atmosfera havosini muhofaza qilishda texnologik tadbirlarning ahamiyati katta.Tekshirish natijalariga qarab, ob’yektlarga va atmosfera havosiga tashlanadigan chiqindilar miqdorini kamaytirish yoki mutlaqo to’xtatish mumkin bo’ladi. Buning uchun sanoat korxonalaridagi texnologik jarayonlar takomillashtirilishi zarur.Shunda hatto chiqindisiz yoki kam chiqindili mahsulot ishlab chiqarish mumkin bo’ladi.Bunday jarayon berk jarayon bo’lib, bunda chiqindilardan umuman bo’lmaydi yoki chiqindilardan boshqa mahsulot ishlab chiqariladi.

  • Loyihalashga asoslangan tadbirlar o’z ichiga bir qancha kompleks holdagi masalalarni oladi:

  • Shahar hududini zonalarga bo’lish;

  • Tabiiy changlarga qarshi kurashish;

  • Sanitariya- himoya chegaralarini tashkil qilish;

  • Turar- joylar loyihalarini takomillashtiish;

  • Turar- joylarni ko’kalamzorlashtirish;

Loyihalashga asoslangan chora- tadbirlar asosan chiqindilarni atmosfera havosiga tushishining oldini olishga qaratilgan.Sanoat korxonalari shahar hududida to’g’ri joylashtirilishi, shahar bosh loyihasiga hamda sanitariya normalariga asoslangan holda qurilishi kerak.Sanoat korxonalari qurish uchun yer maydoni ajratilayotganda joining relyefi, uning iqlim sharoiti,tumanlatning payda bo’lib turish holatlariga ahamiyat beriladi.
Sanitariya-gigiyena tadbirlari sanoat korxonalari va avtotransport vositalaridan ajralib chiqadigan zararli chiqindilarni tozalash va bu usullarni takomillashtirishni o’z ichiga oladi. Mazkur usulda qurilgan tozalash inshootlari mazkur sanoat korxonalaridan ajralib chiqayotgan zararli omillarni kamaytirish yoki butunlay yo’qotish bilan shug’ullanadi.Tozalash inshootlari changlarni mexanik usulda filtrli apparatlar yordamida, elektrostatik filtrlar va namlaydigan apparatlar vositasida ushlab qoladi.
Atmosfera havosining tozaligini ta’minlash uchun kundalik sanitariya nazorati joriy qilingan.Sanoat korxonalarida kundalik sanitariya nazoratini amalga oshirish va atmosfera havosining ifloslanishining oldini olish maqsadida quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:

  • Gigiyenik jihatdan talabga javob beradigan uskunalar ishlatilishi:

  • Texnologik jarayonlar vaqtida quvurlarni mahkam berkitish, ular orqali zaharli gazlar chiqishiga yo’l qo’ymaslik;

  • Xom ashyo va reaktiv sifatida foydalaniladigan kimyoviy moddalardan me’yorida foydalanish;

  • Korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni qadoqlash va boshqa jarayonlarni avtomatlashtirilishi zarur;

  • Texnologik jarayonlarni berk sistemaga o’tkazish, iloji boricha isrofgarchilikka yo’l qo’ymaslik zarur.

  • Eng zaruri tozalash inshootlarining samarali ishlashini ta’minlash hisoblanadi;


Yüklə 2,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin