Suv omborlari O‘zbekiston suv resurslari tizimini boshqarishni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega ekanligini alohida ta’kidlamoq maqsadga muvofiq. Mamlakatda suvning kamayishi va ko‘payishi (gidrologik ekstremum) hamda suv resurslarining hajmi doimiy nazorat ostiga olingan. Ayni paytda mamlakatda ko‘p suv omborlari mavjud.
O‘zbekiston Respublikasi uchun jami ajratilgan suvning 92,5%i qishloq xo‘jaligiga, 5,2%i maishiy xizmat sohasiga, 1,4 %i sanoat sohasiga, 0,7 %i baliqchilikka va qolgan 0,2%i energetika sohalariga ishlatiladi. Demak, respublikamizningdehqonchilik qilinadigan erning 98 foizi yoki 4,3 mln. gektari sug‘oriladigan maydonlar bo‘lib, jami ajratilgan suvning 92,5 foizi sug‘orishga ishlatiladi va sug‘orish natijasida paxta, don, makka, meva va sabzavot, kartoshka, uzum va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtiriladi.
Havo tarkibida iflos texnogen qo’shilmalarining ko’payishi yoki kamayishi insonga bog’liq bo’lib qoldi.
Hozirgi kunda havoni zararli gaz va zarralardan tozlashda turli xil usullardan foydalanilmoqda. Bular asosan ikkita katta guruhga bo’linadi.
Fizik-kimyoviy usullar havoni zararli gazlardan tozalashda ishlatiladi. Bu usullar ko’pincha gazlarni kimyoviy yo’l bilan tozlash deb yuritiladi.
Turli sanoat ob’yektlaridan chiqadigan karbonat angidrid, oltingugurt (1V) oksid, azot (II) oksid fenol va boshqalarning havoni ifloslanishidan saqlashda kimyoviy usullardan foydalanish mumkin. Kimyoviy birikmalardan tarkib topgan filtrlovchi uskunalar yordamida zavod, fabrika va kombinatlardan chqadigan zaharli gazlar tutib qolinadi. Yoki turli katalizator yordamida saqlab turiladi. Sanoatning gaz holidagi chiqindilarini suyuqliklar yordamida absorbsiyalash zararli birikmalarning turli erituvchilarda tanlab erish xossasiga asoslangan bo’lib, eng ishonchli usul hisoblanadi. Absorbsion tozalash usuli uzluksiz- yopiq jarayon bo’lib, atmosferaga chiqariladigan uglerod oksidlari, azot oksidlari, xlor, oltingugurt birikmalari, sianli birikmalar, fenol kabi birikmalarni ushlab qolish uchun qo’llaniladi.
Absorbent sifatida suv, ammiakli suv, o’yuvchi ishqorlar, etanolaminlar, kaliy permanganat, kalsiy sulfatning suspenziyasi, marganets oksidlari ishlatiladi.Absorbsion reaktorlar sifatida esa, to’ldiruvchilar bilan to’ldirilgan minoralar yoki tarelkali reaktorlardan foydalaniladi. Sanoatning chiqindi gazlarini katalizatorlar yordamida tozalashning mohiyati shundaki, bunda barcha zararli gazlar boshqa zararsiz birikmaga aylantiriladi va havoga chiqarib yuboriladi.