8.2.Xilma-xillik va barqarorlik Bioxilma-xillik va ekotizim faoliyatining o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganishdagi asosiy yondashuvlardan biri bu laboratoriya va yoki dala sharoitida sintezlashgan model organizmlarni yig‘ish orqali bioxilma-xillikni bevosita boshqarishdir.
Muqobil yondashuv esa tabiiy organizmlar guruhlaridan turlarni ajratib olishdir. Uchinchi, bu boshqaruvsiz yondashuvbo‘lib, bunda bioxilma-xillik va ekotizim faoliyati o‘rtasidagi bog‘liqlik xaqida qanday qilib bu ikkala bog‘liqlik o‘simlik va xayvonot olamida o‘zaro munosabatda bo‘lishi mumkinligini kuzatgan xoldaxulosa qilishdir. Bu uchchala yondashuv o‘ziga yarasha afzalliklarga va noqulayliklarga ega. Ushbu bo‘limda biz diqqatimizni turli xilma-xillikdan namuna organizmlarni yig‘ishga qaratamiz. Tadqiqotning birinchi dekadasidagi meta-analiz bioxilma-xillik va ekotizim faoliyati o‘rtasidagi ijobiy bog‘liqlik (masalan, 2 rasm) bu quruqlikda xam suvda mavjud bo‘lgan trofik guruxlar (avtotrofik organizmlar,o‘txo‘rlar, o‘likxo‘rlar va yirtqichlar) o‘rtasida sezilarli darajada izchil bog‘langannamunadir. SHuningdek, bioxilma-xillik va ekotizim faoliyati o‘rtasidagi bog‘liqlik umuman olganda to‘ldiruvchi bo‘lib hisoblanadi, shuningdek, tasodifiy bioxilma-xillikning yo‘qolib ketishi ekotizim faoliyatibo‘lgan ta’siri dastlab sust bo‘ladi, ammo keyinchalik tezlashadi. Bioxilma-xillik va ekotizim faoliyati ustidagi izlanishning birinchi bosqichida umumiy qonuniyatlarni (bioxilma-xillik o‘zgarishlarning ekotizimga ta’siri bormi yoki yo‘q), shuningdek, tajriba uchun turli darajalarni yaratish maqsadida tasodifiy yig‘ib olingan turlarni aniqlashga e’tibor qaratilgan edi.Bu izlanishning asosiy natijalaridan biri shuni ko‘rsatdiki, ya’ni,turlar va tur guruxlari orasidaularning ekotizim faoliyatiga bo‘lgan ta’siriga ko‘rasezilarli farq borligi aniqlandi. Bu shuni ko‘rsatadiki, ya’ni ekotizim faoliyatidagi bioxilma-xillikning yo‘qolib ketishining sezilarli ta’siri tabiatdaqaysi turlarning yo‘qolib ketishiga bog‘liqdir. Tasodifiy hodisalardan tabiatning real xodislari qarab xarakatlanish tadqiqotning keyingi bosqichining asosiy maqsadi hisoblanadi.
3.Mexanizmlari Kirish qismida aytib o‘tilganidek, tadqiqotning dastlabki bosqichlaribioxilma-xillikdagi o‘zgarishlarning ekotizimga faoliyatiga,ayniqsa turlarning to‘ldiruvchi darajasiga salbiy ta’siriningbittagina yo‘nalishini aniqlab beradi (asosan,ko‘plab foydalanilmagan va bo‘sh nishalarga salbiy ta’sir qilish orqali). Demak, ko‘plab xilma-xil guruhlar mavjud nishalarningko‘p qismidan foydalanadi. SHu bilan birgalikda, yuqorida aytib o‘tilganidek, bioxilma-xilliknoyob turlarning mavjudligi yoki yo‘qolib ketishi va ularning ekotizim jarayonlariga kuchli ichki ta’siri tufayliekotizimga faoliyatiga salbiy ta’sirini ko‘rsatishi mumkin (namunalar olish va seleksiyata’sirlari kabi nomlanadigan); aksariyat xilma-xil guruxlar ekotizim faoliyatiga kuchli ta’sir o‘tkazayotgan tur yoki tur majmualarini qamrab olishga moyildir. YUqorida taxlil qilingan ijobiy bog‘likliklarningto‘ldiruvchi yoki seleksiya ta’siri orqali izohlanganligixaqida oxirgi o‘n yil mobaynidakeng miqyosda munozaralar olib borildi. Qo‘shimcha taqsimlash usullari bioxilma-xillikning ekotizimga ta’sirining umumiy natijasin iturlarning va o‘ziga xos turlarning seleksiya natijalariningo‘zaro bog‘liqligidan yuzaga keladigan qo‘shimcha seleksiyanitaqsimlashga imkon beruvchi yondashuvlardan biridir. Meta-analiz taxlili orqali shu ma’lum bo‘ldiki, ya’ni, deyarli barcha tadqiqotlar quyidagi natijalarning majmuasi bo‘lib hisoblanadi, lekin umumiyto‘ldiruvchi ta’sirseleksiyata’siriga qaraganda ikki hissa kuchlidir.