7.
Xlorsiz kaliyli o'g'itlar olishda qaysi m inerallardan foydalanish m u m k in ?
8. K aliyli o'g'itlarning tuproq bilan t a ’sirlashish m exanizm i q a n d a y ?
9. K a liyli o 'g 'itla r ek in la r h osildorligi va h o sil sifatiga q a n d a y t a ’s i r
q ila d i?
VII bob.
M IK R O E L E M E N T L A R VA M IK R O O ‘G ‘ITLAR
MIKROELEMENTLARNI 0 ‘RGANISH BORASIDA
OLIM LARNING Q O ‘SHGAN HISSALARI
Bizni o'rab turgan harnma narsalar, jonli va jonsiz mavjudotlar,
havo, suv, tuproq, hayvon, o'simliklar hamda hammasi kimyoviy
elementlarning aralashmasi yoki birikmasidan iboratdir. Tabiatda b a ’zi
elementlar tez-tez va k o ‘p niiqdorda, ba’zilari onda-sonda va oz
miqdorda uchraydi. Kislorod (erkin yoki birikma holida) eng ko‘p
miqdorda uchraydi. T uproq og‘irligining 49,3% ni kislorod tashkil
etadi. Masalan, yod yer qobig‘ida atigi 0,0001% dir. Bu ikki element
o'rtasidagi farq g‘oyat kattadir. Hozirgi davrda yer qobig'ining tarkibi
yetarli darajada to ‘la o'rganilgan. Uning tarkibida kisloroddan tashqari
anchagina kremniy (26%), aluminiy (7,45%), temir, kalsiy, natriy,
kaliy, magniy va vodorod bor. Bu 9 ta element yer qobig'i butun
massasining 98% dan ko‘prog‘ini tashkil etadi, shuning uchun ham
ular makroelementlar deb ataladi. Biz o'rgana oladigan yer qobig'i
massasining 2% dan kamrog‘i boshqaqolgan elementlarga to‘g‘ri keladi.
Quyida yer qobig‘idagi b a ’zi elementlarning Yer qobig'i og‘irligiga
ko‘ra % hisobida miqdori berilgan:
Tabiatda o ‘simlik va hayvonlar organizmida, tuproq va suvda juda
kam m iqdorda, k o ‘p i n c h a 0,001 dan 0,0000000000001% gacha
b o ‘ladigan kimyoviy elementlarga mikroelementlar deyiladi. Bunday
elementlarga rux, marganes, bor, mis, molibden, kobalt, xrom, yod,
brom va boshqa elem entlar kiradi. Mikroelementlarning yetishmasligi
o ‘simliklarning qator kasalliklarini keltirib chiqaradi. Tegishli mikro-
o ‘g‘itlardan foydalanish kasallikning oldini olibgina qolmay, balki
C —0,35
P - 0 , 1 2
S - 0 ,1 0
M n —0,10
N —0,04
Z n —0,02
V—0,02
C u—0,01
B-0,005
C o - 0 ,0 2
M o-0,001
To—0,001
J—0,001
R a - 0 , 0000000002
ancha yuqori va sifatli hosil olishga olib keladi. M ikroelem entlarning
ijobiy ta ’sir etishining asosiy sababi, ularning oksidlovchi-qaytaruvchi
jarayonlarda, azot almashinuvida qatnashishi o'simliklarning kasallik-
larga va tashqi muhitning noqulay sharoitlariga nisbatan chidamliligini
oshirish bilan b o g i iq bo'ladi. M ik ro e le m en tlar t a ’siri n a tija sid a
barglarda xlorofillning miqdori oshadi, fotosintez kuchayadi, b u tu n
o ‘simlikning assimilyatsion faolligi oshadi.
K o 'pin cha mikroelementlardan ultra mikroelementlar deb ataladi-
gan guruhga ajratiladi. Bunday e lem entlar tabiatda 0,00001% dan
ham kam bo'ladi (oltin, simob, radiy, uran va boshqalar). Bularning
aniq chegarasini belgilash qiyin, ch u nk i «ultra» qo'shim chasi tabiatda
bunday kimyoviy elementlaming kam ekanligini ko'rsatadi. «M ikroele
mentlar» degan nomning o'zi h am m a ’lum darajada shartlidir.
Ba’zi elem entlar tuproqda va to g ‘ jinslarida (tem ir, a lum iniy,
kremniy) k o ‘p miqdorda uchraydi, tirik organizmlarda esa ju da kamdir.
Tirik organizmlardagi asosiy massani suvda oson eruvchi birikmalar
va gaz hosil qiladigan kimyoviy ele m en tlar tashkil etadi. Bularni
organizm yaxshi o'zlashtiradi.
Lekin aluminiy va kremniy yer qobig‘ida juda keng tarqalgan
(qum, loy, liar xil silikatlarning g‘oyat k o'p qismi ana shu elem entlardan
tashkil topgan). Tirik organizmlarda esa bir necha ming m arta kam
chunki ular organizmda qiyin eriydigan birikmalar hosil qiladi. Kobalt
va nikel yer qobig'ida tirik organizmdagiga nisbatan tax m in a n 100—
400 m arta k o 'p bo'ladi. Ammo tirik organizm ucliun m os birikma
hosil qiladigan va tez eriydigan kimyoviy elementlar- uglerod, azot,
fosfor va yod yer qobig'ida kam uchraydi.
O rganizm lar ham kimyoviy ele m en tlar m iqdorining k a m yoki
ko'pligi bilan bir-biridan farq qiladi. Masalan, o'simliklarda krem niy,
aluminiy, hayvon organizmida azot, kalsiy, fosfor, ñ o r yoki yod k o 'p
bo'ladi. O'simlik va hayvonlar orasida nav yoki turlar borki, ularda
bir elem ent boshqa elementga qarag an da ko'p m iq d o rd a b o 'la d i.
Masalan, dengiz hayvonlarining orgnizmida yod ko'p bo'ladi. O'simlik-
larning m e’yorl rivojlanishi uchun 10 ta kimyoviy elementning zarurligi
allaqachon isbotlangan. Bunday elem entlarga kislorod, v o d o r o d ,
uglerod, azot, fosfor, kaliy, kalsiy, magniy, oltingugurt va tem ir kiradi.
O'simlik oziqasi tarkibida yuqorida ko'rsatilgan elementlardan birortasi
mavjud bo'lm asa u qurib qoladi. O'simlik va hayvon organizmlari
h am m a ’lu m miqdordagi ele m en tlard a n tashkil to p g an deb uzoq
vaqtgacha hisoblab kelingan. Ko'pchilik organizmlardan mis, mishyak,
rux, brom , marganes va boshqa ba’zi elementlarning mavjudligini
tasodifiy hoi deb tushuntirilgan. Maslihur rus olimi akademik V.I. Ver-
nadskiyning tirik organizmning kimyoviy tarkibi, yer qobig'i kimyoviy
tarkibi bilan chambarchas bog'liqligi to ‘g‘risidagi ajoyib ta'limoti bu
masalani tamomila yangicha yoritdi. V.I. Vernadskiy tashqi muhit
bilan organizm o ‘rtasida to'xtovsiz moddalar almashinib turishini
isbotlab berdi.
V.I. Vernadskiyni haqli ravishda mikroelementiar t o 'g ‘risidagi
t a ’limotning asoschisi deyish mumkin. U tirik organizmlarning normal
rivojlanishi uchun D.I. Mendeleyev davriy sistemasidagi deyarli barcha
elementlarning zarurligini ko'rsatdi. Hozirgi vaqtda turli organizmlarda
70 dan ortiq kimyoviy elementlarning borligi analizlar yordami bilan
aniqlangan. Endilikda mikroelementiar tirik organizmlar faoliyatida
m u h im ahamiyatga ega ekanligini hamma e ’tirof etadi.
Mikroelementiar, hatto ularning juda ozgina miqdori bo‘lmagan
taqdirda odam ham, hayvon ham, o ‘simlik ham yashay olmaydi. Qora
mollar oziqasida kobaltning yetishmasligi hayvonlarda og‘ir kasalliklar-
ning kelib chiqishiga sabab b o ‘ladi. Hammaga m a’lum b o ‘lgan bo‘qoq
kasali odam va hayvon organizmida yod yetishmaganida, ya’ni tuproq
va suvda uning miqdori 0,00001 foizdan kam bo'lganida yuz beradi.
Rux miqdori yetarli boMmagan tuproqda o'sgan o'simlik barglari
ola-bula rangga kirib qoladi. Tuproqlarda mis, temir magniy, bor,
marganes va boshqa kimyoviy elementlarbirikmalarining yetishmasligi
h am o'simliklarning kasallanishiga sabab bo iadi. Biroq mis, rux va
nikel konlari mavjud bo'lgan hududlarda (Janubiy Ural) ham o ‘simliklar
kasallanadi.
Atrof-muhitda ba’zi bir kimyoviy elementlar miqdorining oshib
ketishi natijasida ham, o'sim lik va hayvonlar har xil kasalliklarga
chalinishi mumkin ekan. Masalan, ichiladigan suvda ftor miqdori
0,00005% dan ortib ketsa, odam va hayvon tishining emal qavati ola-
bula dog‘lar bilan qoplanadi, suyakda fiyuoroz kasali paydo bo'ladi.
M ikroelem etlarning o ‘simliklaming hayotiy faoliyatiga ta ’siri,
ularning odamlar va hayvonlar hayotiy faoliyatiga ta ’sirini o'rganishdan
oldinroq boshlandi. Buning asosiy sabablaridan biri, o ‘simliklar ustida
eksperimental tajribalar olib borishning osonligidadir. Bundan sal kam
bir asr oldin, 1872-yilning 29-yanvarida rus olimi K.A. Timiryazov
P e te rb u rg tabiatshunoslari majlisida « 0 ‘simlik ha yotida ruxning
ehtimoliy ahamiyati» degan mavzuda so‘zga chiqadi. Olim tarkibida
te m ir tuzlari bo‘lmagan eritm ada o ‘stirilgan bir nechta tup makka-
jo'xori o ‘simligi ustida olib borilgan o ‘z tajribasini t a ’riflaydi. B unday
muhitda o ‘simlik bargi so'lib, sarg‘ayib qolgan. Shundan keyin Timirya-
zov bir o ‘simlik bargini ternir tuzi eritmasi bilan, ikkinchi o'sim lik
bargini rux tuzi eritmasi bilan ho'llagan. Natijada eritmalarga tushiril-
gan har ikki yaproq ham yashil rangga bo‘yalgan. Tajriba natijalari
o ‘simlik hayotida rux va temirning rolinigina ko ‘rsatibgina qolmadi.
Natijalar o ‘simlikka turli kimyoviy elementlarning zarurligini va bular-
ning ozginagina miqdori o'simliklarning holatiga kuchli t a ’sir etishini
ko'rsatdi.
M ikro elem entlar t o 'g ‘risidagi fan asta-sekin rivojlanib bordi.
K.K. Gedroys mikroelementlarning b a ’zi o ‘simliklarning hosilini oshirish
xususiyatiga ega ekanligini aniqladi. F.V. Chirikov bug'doy hosilini
hatto 2—3 martaga ko‘paytirishga erishdi. G. Bertrán inarganesning
asosiy funksiyalaridan birini, lining oksidlanish-tiklanish jarayonlarida
ishtirok etishini aniqladi.
O'simlikning rivojlanishida borning rolini o'rganish sohasida ko'p
ishlarni amalga oshirgan M.Ya. Shkolnik bor birikmasi spirt, shakar,
va tarkibida kislorod b o igan organik moddalar bilan tez reaksiyaga
kirishib, perekisga o'xshash organik birikmalar hosil qilish qobiliyatini
kashf etdi. Bu organik birikmalar esa o'simlik uchun juda zarur bo'lib,
uning ildizini va boshqa organlarini ham d a t o ‘qimalarini kislorod
bilan ta ’minlaydi. Bor fermentlar faoliyatiga ham jiddiy ta ’sir ko'rsa-
tadi. O'simlik organizmining hayotiy faoliyatida b orning roli ana
shunday katta. M ikroelem entlarni o 'rganish va q o 'lla sh bo rasid a
K.A.Timiryazev, D.N. Pryanishnikov, E.V. Bobko, M.V. Katalimov,
M.Ya. Shkolnik kabi olimlarning q o ‘shgan hissalari m uhim a ham iyat
kasb etadi. 0 ‘zbekiston tuproqlaridagi mikroelementlarni o ‘rganish
va paxtachilikda m ik ro o 'g 'itlar q o 'lla sh va ularning m e ’y o rla rin i
o'rganish borasida E.K. Kruglova, T.S. Zokirov, B. Isayev, M. Aliyeva,
G.I. Kobzeva, A.A. Karimberdiyeva kabi bir qancha olim larning ham
hissalari katta.
Mikroelementlarning o'simlik hayotidagi roli
Hozirgi kunga kelib, o'simliklar tarkibida kimyoviy e lem entlardan
74 tasining mavjudligi aniqlangan bo'lib, shulardan 16 tasi o'sim liklar
uchun zarur oziqa moddalar hisoblanadi. O'simlik quritilib tekshiril-
ganda, uning tarkibida 45% kislorod, 42% uglerod, 6,5% v o d o ro d va
1,5% atrofida azot bo'lib, bu 4 ta elem ent o'simlik tarkibidagi kimyoviy
m oddalarning 95% ini tashkil etadi. Qolgan 12 ta element juda oz
m iqdorda bo'lib, atiga 5% ni tashkil etadi. 0 ‘simlik tarkibidagi 87%
uglerod va kislorodni fotosintez jarayonida barglari orqali havodan,
vodorodni suvdan va boshqa qolgan oziq moddalarni esa tuproqdan
oladi.
O 's im lik la r tarkibidagi m ik ro e le m e n tla r m iq d o rin i quyidagi
m isoldan yaqqol ko'rish mumkin. 1 gektardan olingan 270 s qand
lavlagi tarkibidagi makro va mikroelementlarning ulushi quyidagicha:
azot 166 kg, fosfor 42 kg, kaliy 157 kg, bor 0,162 kg, marganes 0,502
kg, mis 0,0053 kg, rux 0,0188 kg, kobalt 0,002 kg. Bor, marganes,
rux, molibden, kobalt, yod va boshqalar o'simlik organizmining 100000
dan bir va hatto undan ham kam ulushini tashkil qilganidan ular
m ikroelem entlar deb atalgan. Bor, marganes, rux, mis, molibden,
kobalt o'simliklar uchun, rux, mis, yod, marganes, temir va kobalt
esa insonlar uchun zarur moddalar hisoblanadi. Bu elementlar organizmda
yetarli bo'lmasa harxil kasalliklar kelib chiqishi mumkin. Masalan: ayrim
hududlarda oziq moddalar va icliimlik suvida yodning kamligi tufayli
inson va hayvonlarda buqoq kasalligi kelib chiqishi mumkin. Tuproqda
va yaylovlarda kobalt yetishmasligi esa «sxotka» kasalligini keltirib
chiqaradi. Hayvonlarning yungi to'kila boshlaydi. Tuproqda mis bo'lma-
ganda esa, qo‘y va qora mollarning kasallanishi, o'simliklarning hosilining
keskin kamayib ketishi ilmiy jihatdan isbotlangan.
M a ’lumki, fermentlar biologik katalizator vazifasini bajaradi. Mod-
d a alm ashinuvi sintez va parchalanish singari hayotiy jarayonlar
ularning bevosita ishtiroki bilan kechadi. Nuklein kislotalar va oqsillar
sintezining ta ’minlanishida ham mikroelementlar muhim rol o'ynaydi.
M olibden nitratreduktaza fermenti tarkibiga kiradi. Agar nitratreduk-
taza fermenti bo'lmasa, o'sim lik azotning nitrat tuzidan oziq sifatida
foydalana olmaydi, natijada oqsil sintezlanmaydi. Mis esa oksidlanish
j ara y o n in i aktivlashtiruvchi polifenoloksidaza va askorbinoksidaza
fermentlari tarkibiga kiradi. Rux, marganes ham ko'pchilik fermentlar
faoliyatini yaxshilaydi.
M ikroelem entlar fotosintez, nafas olish va boshqa bir qancha
jarayonlarda bevosita ishtirok etadi. Shu sababli ham ular o'g'it sifatida
tu p ro q q a solinganda, ekinlarning hosildorligini oshiribgina qolmay,
ularning sifatini ham yaxshilaydi, shuningdek hosil shoxlarini shaklla-
nishini, shonalash, gullash va hosilni erta pishib yetilishini tezlashtiradi.
B or (B ).
Bor elementi (bor arabcha «oq va zarrabin modda»)
Farangistonlik olimlar J o z e f Gey-Lyussak va Lui Tener (1808) lar
tomonidan kashf qilingan. 0 ‘simliklar tarkibida oradan 50 yil o 'tg ach ,
ma’lum bo'ldi.
Bor tanqisligida gullar soni keskin kamayadi, shona va tu g u n c h a la r
to'kiladi, poya ham da ildizning o'sish nuqtalari shikastlanadi. Bor
hujayradagi suv miqdorini ko'paytiradi, oqsil va uglevod a lm ashinuv
jarayonini tezlashtiradi. Bu qand m odd alarini o ‘sish n u q ta la ri va
mevaga borishini tartibga soladi. 0 ‘simliklarning q urg‘o q c h ilik k a
bardoshini oshiradi.
Bor yetishmasa, fotosintezjarayoni sekinlashadi, shuningdek
0 ‘sim-
liklarning ildiz tizimi yaxshi rivojlanmaydi. O'simliklar tarkibidagi bor
miqdori o ‘rtacha 0,0001% yoki 1 kg quruq m oddada 0,1 mg ga tengdir.
Bor tanqisligida o'simliklarda quruq va jigarrang chirish, sarg'ayish,
ildizmevalarning o ‘zaklanishi h a m d a bakterioz kabi illatlar kuzatiladi.
Kungaboqar, pomidor, gulkaram, beda, xashaki ildizmevalilar,
g‘o ‘za, zig‘ir, sholi, sabzavotlar va q a n d lavlagi borga t a l a b c h a n
0‘simliklar jumlasiga kiradi. Tuproq tarkibida bor miqdori 30 m g/kg
dan oshib ketsa,
0‘simliklarda zaharlanish alomatiari paydo b o ‘ladi.
Poyaning pastki qismidagi barglar sarg'ayadi, to ‘kiladi. Borning k o ‘pligi
chorva m o lla rin in g salom atligiga salbiy t a ’sir k o ‘rsa ta d i. T u r li
tuproqlarda b o r tanqisligining quyi chegarasi turlicha b o ‘l a d i ,b u
k o 'rsa tk ic h q o ra tupro q lard a 0 , 3 —0,6 m g/kg, b o ‘z t u p r o q l a r d a
0,45—2 m g/kg dan past bo'lganda borli o ‘g ‘itlar q o ila s h lozim . Borli
o ‘g‘itlarni q o ‘llash natijasida zig‘ir (tola) va paxtadan gektariga 2—3
sentnergacha q o ‘shimcha hosil olish m umkin. Qand lavlagi hosildorligi
45 sentnerga oshib, tarkibidagi qand m oddasi 0,3—2,1% ga k o ‘payadi.
Agarda tuproq tarkibida bor m oddasi b o ‘lmasa, o'sim lik yoshlik
davridayoq o ‘sishdan to ‘xtaydi. 0 ‘simliklarda bor moddasining yetish-
masligini uning tashqi ko‘rin ish id a n y a ’ni, o ‘sim liklarning sekin
o'sishidan, yosh poya va y a p ro q la rn in g m o ‘rtlasha b o s h la s h id a n
dukkakli
0‘simliklar ildiz tuganaklarining zaiflashganligidan bilish m u m -
kin. Bu hoi o'simliklarda oziqa m oddalari harakat qiladigan y o 'lla r
faoliyatining buzilishiga bog'liqdir.
Bor h a m m a elementlarga bir xil m iqdorda zarur emas. Tarkibidagi
borning miqdoriga qarab, ular bir biridan kuchli farq qiladi. Arpa,
bug'doy, tariq, suli, makkajo'xori kabi bir pallali
0 ‘simliklarda bor
juda kam b o ‘ladi, ikki pallali o'sim liklarda esa ju da ko‘p b o i a d i .
0 ‘simlik tarkibida bor qanchalik k o ‘p bo'lsa, u borning yetishmasligini
shunchalik tez sezadi. Bir o 'sim lik n in g o'zida (ildizda, p o y a sid a ,
yaprog'ida, gulida) turli vaqtda m ikroelem entlar m iqdori tu rlic h a
b o ‘ladi. Demak, o ‘simliklarning borga bo‘lgan talablari turlichadir.
B a’zi o'simliklar shonalash davrida borga juda boy bo'ladi. Masalan:
shu davrda kungaboqar yaprog‘ida uning miqdori 0,005% gacha yetadi,
boshqa davrlarda esa ju d a kam bo ‘ladi. Tem peraturaning o ‘zgarib
turishi ham o'simlikning borga bo'lgan talabiga ta ’sir ko'rsatadi, harorat
pasayganda borga b o ‘lgan talab ham pasayadi.
Bularning hammasi o ‘simliklarning o‘ziga xos xususiyatlarini, tuproqni
tashqi muhit va boshqalarni hisobga olmay turib, mikroelementlami bir
xilda qo'llash mumkin emasligini yana bir bor ko'rsatadi.
Mis (Cu). Mis mikroelementi oksidlovchi fermentlar gumhi tarki-
biga kiradi va o'sim lik havotida asosiy element hisoblanadi. As-
korbinoksidaza fermenti tarkibida 0,15-0,25% mis bor. Shu mikroe-
lem ent yetishmaganda polifenoloksidaza umuraan faoliyatsiz bo'lib
qoladi. 0 ‘simlik hujayrasidagi oksidlanish-qaytarilish jarayonlarida mis
birikmalarining ishtirok etishining sababi ham ana shunda. Nafas
olishning kuchayishi o ‘z navbatida o ‘simlikda uglevod almashinishini
va oqsilning sintez b o ‘lishini tezlashtiradi. Bularning hammasi o ‘sim-
likning umumiy holatini yaxshilaydi, jumladan uni zamburug' kasallik-
lariga chidamliligini oshiradi. Mis asosan yaproq xloroplastlarida
t o ‘planib, xlorofillni buzilishdan saqlaydi. Bu liam oqsilning kuchli
sintez bo'lishi natijasidir. Oqsil ko'p bo'lgan taqdirda rang beruvchi
xlorofill moddasi oqsil bilan q o ‘shilib uning chidamliligi oshadi, bu
esa yaproq va um um an o'simlikning hayotiy faoliyatini kuchaytiradi,
fotosintez jarayonini uzaytiradi va natijada urug‘ hosili liamda undagi
uglevodlar miqdorini ko‘paytiradi. M is o ‘g‘iti lavlagida shakarni, moyli
o'sim liklarda yog'ni, beda, lavlagi, kartoshka va boshqa o'simliklarda
«C» vitam in nin g m iq d o rin i k o ‘paytiradi. Qizig'i s hundaki, mis
birikmalari (bor, marganes va rux birikmalari singari) o'simliklarning
suv rejimiga va ularning qurg'oqchilikka ham da sovuqqa bardosh
berishiga m a ’lum darajada t a ’sir ko‘rsatib, yaproqlarda suvni sezilarli
darajada k o ‘paytiradi.
Mikroelementning bunday ta’siri uning o'simlik hujayrasi protoplaz-
m asining kolloid-kimyoviy xossasiga qisman t a ’sir etishi, hujayrani
c h o ‘ziluvchan qilishi va suv o ‘tkazish xossasini kamaytirishi kabi
qobiliyatga ega bo'lishi bilan izohlanadi. Mis yetishmasligi tufayli
y u z beradigan kasalliklardan mevali daraxtlardan yuqori qismining
qu rib qolishi (ekzamtema) va o ‘tsimon o'simliklarni zararlaydigan
xloroz, barg uchining burishib qolishi kasalliklari yaxshiroq o'rganilgan.
M eva daraxtlari yuqori qismining qurib qolish hodisasi butun yer
yuziga tarqalgan. Ayniqsa sitrusli o ‘simliklar bu kasalliklarga te z -te z
chalanib turadi.
Yozda olma daraxtining tepa shoxlari quriydi. Shu kasallik tufayli
daraxtning o ‘sishi ham sekinlashadi. Yaproqning b a ’zi joylari asta-
sekin quriy boshlaydi. Kasallikning tez rivojlanishi natijasida yangi
yaproqlar burishib qoladi va t o ‘kiladi, novdaning yuqori qismi quriydi.
K o‘pincha suli, arpa, bug'doy va boshqa g‘alla o'simliklari h a m
xloroz, barg uchlarining qurib qolishi kasalliklari bilan zararlanadi.
0 ‘simlik qattiq zararlanganda o ‘sishdan to'xtaydi va qurib qoladi.
Mis birikmalaridan foydalanib, bu kasalliklarning hammasini yo 'q otish
yoki butunlay bartaraf qilish m umkin.
O'simliklarda misning o 'rtacha m iqdori 0,0002% yoki 1 kg og'irlik
hisobiga 0,2 mg ga t o ‘g‘ri keladi. 0 ‘simlik hujayrasida 2/3 q ism mis
erimaydigan, birikkan holda uchraydi. 0 ‘simlikning o ‘suvchi qismlari
va u ru g 'i nisbatan misga boy b o ‘ladi. Bargdagi m isning 70% i
xloroplastlarda konsentrlanadi. M a ’lu m darajada misning fiziologik
ahamiyati uning mis tutuvchi oqsillar va fermentlarning tarkibiga kirishi
bilan belgilanadi.
M arganes (M n). 0 ‘simlik organizmlarida marganesning bo 'lishi
1872-yilda qayd etilgan edi, lekin uning o ‘simliklar oziqlanishi u c h u n
zarurligi uzoq vaqtlar davomida m a ’lum bo'lmadi. Faqatgina 1897-
yilga kelib, uning o'simliklar hayotidagi ahamiyati aniqlandi.
Yetarli miqdorda marganesning b o ‘lishini talab etuvchi o 'sim lik lar
jumlasiga donli ekinlar, dukkakli d o n ekinlari, qand lavlagi, ildizm eva-
lilar, kartoshka va mevali daraxtlar kiradi. H ar xil ekinlarning hosili
bilan har gektar yerdan 1000—4500 g gacha marganes olib chiqib
ketilishi m um kin. 0 ‘simliklarda m a rg a n es n in g u m u m iy m iq d o r i
0‘rtacha 0,001% ga yoki 1 kg og'irlik hisobiga 1 mg ga to ‘g‘ri keladi.
Uning asosiy miqdori barglar va xloroplastlarda to ‘planadi.
Marganes yuqori oksidlash-qaytarish potensialiga ega, shu bois u
o'simliklar tanasida sodir bo'ladigan biologik oksidlash reaksiyasida
faol qatnashadi. Marganesning fotosintez jarayonlarida h a m ishtirok
etishi aniqlangan. Marganes tanqisligini sezgan o ‘simliklarga u n i kiritil-
ganda jarayonning kechish tezligi 20 m inut ichida tiklanishi ko'rsa tib
berilgan. Marganesning fotosintez jarayonida kislorodning ajralishi va
fotosintezning qaytarilish reaksiyalarida ishtirok etishi aniq la n g an .
Marganes shakar va xlorofil m iqdorining oshishida, uning oqsil bilan
bog'lanishining mustahkamligini t a ’minlashda, shakarlarning harakatini
yaxshilashda, nafas olish jadalligini kuchaytirishda ish tirok etadi.
Marganes yana askorbin kislota sintezida ishtirok etuvchi fermentlar
tarkibiga kiradi.
Marganesning fiziologik ahamiyatini tushuntirishda uning gidroksi-
lam in reduktaza ferm enti tarkibiga kirishini k o ‘rsatish lozim. Bu
ferment gidroksilaminni ammiakkaclia qaytarilishida ishtirok etadi.
Marganes ko'pgina reaksiyalarni faollashtirishda, jum ladan nafas olish
jarayonida hosil bo'ladigan 2 va 3 karbon kislotalarning almashinish
reksiyasida ishtirok etadi. Hozirgi kungacha marganes yordamida
faollanadigan 23 ta metalloferment kompleksining borligi aniqlangan.
Shunday m a’lumotlar borki, marganes fosforning qari pastki barglardan
ustki yosh barglarga harakatini kuchaytirisliga ijobiy ta’sir etadi. Marganes
to'qimalarning suvni ushlab qolish qobiliyatini oshiradi, transsperatsiyani
kamaytiradi, o'simliklarning hosil tugishiga ko'maklashadi.
Marganesning o 'ta tanqisligida rediska, karam, pomidor, no'xat
va boshqa ekinlarning hosil tugishi umuman to'xtab qolishi kuzatilgan.
Barglarning oqarishi va sarg'ayishi, dog'larning paydo bo'lishi, dukkakli
ekinlar bargining yoppasiga xlorozga chalinishi, bodring barg plastin-
kasining buralib qolishi-marganes tanqisligining asosiy belgilaridan
hisoblanadi. Marganes o'simliklarning rivojlanishini tezlashtiradi.
Marganes tanqisligida xlorozlar, g'allasimonlarning kulrang dog'liligi,
q a n d lavlagining sariq dog'liligi kuzatiladi.
M olib den ( M o ) . M o lib d e n n in g eng k o 'p m iqdori dukkakli
o'sim liklarda uchraydi. Dukkakli o'tlar urug'ida 1 kg quruq vazn
hisobiga 0,5 mg dan 20 mg gacha molibden bo'lishi, g'allasimonlar
u rug 'id a esa 1 kg quruq vazn hisobiga 0,2 mg dan 1,0 mg gacha
m olibden bo'lishi mumkin. Molibden o'simliklarga boshqa element-
larga nisbatan kamroq yutiladi. 0 ‘simlik barglarida molibden boshqa
a ’zolariga nisbatan ko'proq to'planadi. Aksariyat o'simliklarda molib
d e n m iq d o rin in g quyi che g ara si 1 kg quruq m o d d a d a 0,1 mg
hisoblanadi. Dukkakli ekinlarda bu ko'rsatkich 0,4 mg/kg ni tashkil
etadi. Molibden dukkakli o'simliklarning ildizidagi tuganaklarning
rivojlanishini kuchaytiradi, oqsil tarkibidagi azotning o'zlashtirilishiga
y o r d a m beradi. Dukkakli o'simliklarning tuganaklarida molibden
b irik m a si to 'p lan ad i. M .Ya. Shkolnik va M .M . Steklovalarning
tekshirishlari molibden birikmalari qo'llanilganda donli o'simliklarning
yarovizatsiya davrini tezlashishini ko'rsatadi. Beda ustida olib borilgan
t a j r ib a la r h am m o lib d e n birikm asining a h a m iy a tin i k o 'rsa ta d i.
A.A. Drobkov m a ’lumotlariga ko'ra, molibden ta ’siri ostida bedaning
y e r sirtidagi qismi 70% ga, urug' liosili esa 90% dan ko'proqqa
ko'payadi. Turli ekinlar no'xat, loviya, pom idor, qand lavlagi, b e d a ,
lyupin va baqlajon hosilini oshirishda m olibden m ikroelem entining
ijobiy ta ’siri isbotlangan. M olibden o'simliklardagi n itra tred ukta z a
fermenti tarkibiga kiradi va nitratlarning nitritlargacha qaytarilishida
ishtirok etadi. U m u m an olganda, m o lib den ni o ‘simliklardagi a z o t
almashinish jarayoni mikroelementi deb atash mumkin. M o lib d e n
fotosintez, nafas olish, vitamin va ferm entlar sintezida faol ish tirok
etadi.
O'simliklardagi molibdenning eng kam miqdori 1 kg quruq vazn
hisobiga 0,10 mg bo'lgan chegara hisoblanadi,boshqa o ‘simliklar va
dukkaklilar uchun 1 kg ga 0,40 mg ni tashkil etadi. Bu ko‘rsatkichdan
past bo'lgan m iq d o r m o lib d en ning tan qisligid an dalolat b e r a d i .
Bug'doyning o'rtach a hosili bilan 1 gektar yer hisobiga 6 g m o libd en,
bedaning hosili bilan esa 10 g gacha m olibden olib chiqib ketiladi.
Oziq muhitidagi molibdenning tanqisligini tadqiq etish shuni k o 'rsa -
tadiki, o'simliklarda azot almashinuvi izdan chiqadi, to 'q im a la rd a
ko ‘p miqdorda nitratlar to ‘planadi. H ayvon va odam organ izm ida
ko'p miqdorda iste’mol qilish tufayli konserogen birikmalar n itrozam in-
larning hosil b o ‘lishi kuzatiladi. M o lib d e n n in g oshiqcha m iq d o r i
o'simlikka toksik t a ’sir ko'rsatadi. Qishloq xo'jalik m ahsu lotlarida
m olib den nin g b o ‘lishi odam va h a y v o n la r n in g sog'lig'iga p u t u r
yetkazadi. 1 kg quruq massada 1 mg m olibden bo'lsa, o d a m va
hayvonlar uchun zararli hisoblanadi. 0 ‘simliklar tarkibida 1 kg q u ru q
massasi hisobiga 20 mg va undan k o 'p ro q miqdorda molibden b o 'lg a n
hollarda: hayvonlar molibdenli toksikoz, odam lar endemik pad ag ra
kasalliklariga duch keladi.
Kobalt (Co). 0 ‘simliklarning 1 kg quruq massasi tarkibida o ‘r ta c h a
0,021 mg kobalt mavjud. Ayrim o'simliklarda bu ko'rsatkich 11,6 m g /k g
ni tashkil etadi. Kobalt qo'proq dukkakli o'simliklarda u c h ra y d i,
ko'proq tuganaklarda yig'iladi. Shuningdek, kobalt generativ organiarda
ham to'planadi, changdonda yig'iladi va uning o ‘sishini tezlashtiradi.
0 ‘simlik tarkibidagi yalpi kobaltning 50% i ion, 20% vitamin B 12 va
qolgan 30% i barqaror organik birikmalar shaklidadir. B 12 m ikro orga-
nizmlar tomonidan sintezlanib, o'simliklarga tuproqdan o 'tad i yoki
azot to'plovchi tuganaklarida hosil bo'ladi. B |2 uchraydigan o 'sim liklar
dukkaklilar, turup, piyozlar hisoblanadi. U ning 30% ga yaqini yuq ori
darajada barqarorlikka ega bo'lgan hali aniqlanmagan organik birikmalar
tarkibida uchraydi. O'simliklar kobaltni molibdenga nisbatan 300 m a r t a
kam talab qiladi. Kobalt bakteriya va fermentlarning faoliyatiga ijobiy
ta ’sir ko'rsatadi. Kobalt t a ’sirida qand lavlagining hosildorligi gektariga
30—35 sentnerga shakar miqdori esa 0,8% ga oshishi kuzatiladi.
Rux (Zn). Rux h a m o'simliklar uchun zarur bo'lgan mikroele-
mentlardan biri hisoblanadi. Rux o'simliklarning issiqlikka va sovuqlikka
bo'lgan chidamliligini oshiradi, fosforning ko‘proq o'zlashtirilishiga
yordam beradi. Rux tanqisligida noorganik fosforning organik shaklga
o ‘tishi sekinlashadi, shuningdek o'simliklar tanasida saxaroza va kraxmal
miqdori kamayadi, azotning nooqsil shakldagi birikmalari to‘planishi
kuzatiladi. Rux yetishm aganda o ‘simlik hujayralarining bo‘linishi
sekinlashadi, barglar och yashil (ba’zan oq) tusga kiradi, shakli o'zgaradi,
poyadagi bo‘glim oralari qisqaradi, mevalar burishib qoladi.
Ruxning tanqisligiga grechixa, xmel (q ulm oq), qand lavlagi,
kartoshka, qizil beda o ‘ta sezgir bo‘ladi. Shuni ham aytib o'tish kerakki,
begona o'tlar madaniy ekinlarga nisbatan ruxga boyligi bilan ajralib
turadi. Ninabargli o'simliklar tarkibida va shuningdek, zaharli zam-
burug'larning tarkibida rux ko‘p uchraydi. Dala ekinlarining ruxga
b o ‘lgan talabi mevali daraxtlarga nisbatan pastroq bo'ladi.
Rux nafas olish fermenti karbongidraza tarkibiga kirib, o'simliklarda
auksin (fitogormon)lar hosil bo'lishini aktivlashtiradi. Hozirgi vaqtda
30 dan ortiq rux tutuvchi fermentlar m a ’lum.
Fotosintez reaksiyalarida marganes, mis, temirlarning qatnashishi
qayd etilgan, ruxning qatnashishi ko'rsatilmagan. Lekin u xlorofilldan
oldingi moddalarning hosil b o ‘lishidaqatnashadi. Fotosintez jarayonida
rux tutuvchi ferment karboangidraza m a’lum ahamiyatga ega. Rux
tutuvchi karboangidraza n o ‘xat, petrushka va pom idor xloroplastida
aniqlangan.
Karboangidraza ferm enti o ‘zida 0,31-0,34% foiz rux tutadi.
S o ‘nggi vaqtda rux mikroelementini vitaminlar, jumladan «C»
vitaminning to‘planish jarayoni bilan bog‘liq ekanligi aniqlangan. M.Ya.
Shkolnikning tekshirishlariga ko‘ra, rux mikroelementi o'simlikning
yaproq va poyalarida uglevodlar miqdorini k o'paytiradi, bu esa
o'sim liklarning sovuqqa, qurg‘oqchilikka va sh o 'rto b tuproqlarga
chidamli bo'lishiga bevosita bog'liq. Rux birikmasi tuproq chirindisi
tom onidan oson yutiladi, shuning uchun ham bu mikroelementning
bir qismi tuproqning chirindili qavatiga chiqadi. Tarkibida rux bo‘lgan
mikroo'g'itlar tuproqqa solinganda o'simlik azot, fosfor, kaliy, kalsiy
birikmalarini yaxshi o ‘zlashtiradi. Bu mikroelement tuproq makroor-
ganizmlari uchun h a m zarur hisoblanadi. Dala ekinlari hosili orqali
har yili 1 gektar yer hisobida 75—250 g rux olib chiqib ketiladi.
|