9 4
93
100
8 2
Sut pishish davriga kelib 90% oziq modda va 80% quruq modda
to ‘plab ulguradi. Oziq moddalarning eng ko'p jamg'arilishi mum pishish
davriga to ‘g‘ri keladi. M a kk ajo ‘xori 10 s don va shunga muvofiq
keladigan oraliq mahsulotlar bilan tuproqdan 34 kg azot, 12 kg fosfor
va 37 kg kaliyni, 10 s ko ‘k poya bilan esa 25 kg azot, 12 kg fosfor va
45 kg kaliyni olib chiqib ketadi.
Makkajo'xori mahalliy o'g'itlarga juda talabchan. Ayrim tuproq-
larda mahalliy o ‘g‘itlarsiz makkajo'xoridan ko'zlangan hosilni olib
b o ‘lmaydi. Shu sababdan
uni ferma oldi almashlab ekish ekinlari
qatoriga kiritish yaxshi samara beradi.
Sug‘oriladigan dehqonchilik sharoitlarida namlik m e ’yorida bo‘lsa,
azotli o'g'itlarning asosiy qismi tuproqlarni ekishga hozirlash paytida
beriladi. Fosforli va kaliyli o ‘g ‘itlar esa kuzgi shudgor ostiga kiritiladi.
Tuproqda kaliy yetishmagan hollarda makkajo'xori yotib qoladi. Makka
jo'xori oziqa ekini sifatida erta bahorda ekilsa, azotli o'g'itlarning
ahamiyati yanada oshadi.
Makkajo'xori nihollari tuproq eritmasining konsentratsiyasiga o ‘ta
sezgir bo'lganligi sababli ekish bilan gektariga 5— 10 kg P20 5 urug'dan
3 —5 sm uzoqlik va 2—3 sm pastga kiritiladi. Qatorlab beriladigan
azot dozasi ham gektariga 2,5 kg dan oshirilmaydi.
Namligi yaxshi bo'lgan
sug‘oriladigan yerlarda makkajo'xorini
qo'sh im cha oziqlantirish m uh im o'rin tutadi. O'suv davrida mak
kajo'xori nihollari gektariga 20—30 kg P20 5 bilan 1—2 marta oziqlan-
tiriladi. Nihollarga to'la m e ’yordagi o'g'itlarni ekin qator oralarini
birinchi bor ishlash davrida berish g'oyat samarali tadbir hisoblanadi.
Oziqlantirish uchun azotga boy mahalliy o'g'itlar — go‘ng shal-
tog‘i(3—5 t/ga) yoki parranda axlati (3—5 s/ga) dan ham foydalanish
mumkin. Makkajo'xori ro'vak chiqarishiga yaqin fosforli—kaliyli o'g'it
lar bilan ikki m arta oziqlantiriladi. Nihollar sust rivojlanayotgan
paykallarga ikkinchi oziqlantirishda o'g'itlar to'la tarkibda (NPK )
beriladi. Oziqlantirishda o 'g 'itla r tuproqning 8— 10 sm chuqurlikdagi
nam qatlamiga, yumshatgich-o'g'itlagich yordamida kiritiladi.
D u k k a k li- d o n ek in larn i o 'g 'it la s h
Dukkakli-don ekin lar boshqa guruh ekinlardan farq qilib, atmosfera
azotini fiksatsiyalash va tuproqdagi qiyin o'zlashtiriladigan fosforli
birikmalarni o'zlashtirish qobiliyatiga ega. Dukkakli-don ekinlar bir
m etr va undan ham ch u qurro q ketadigan o'q ildizga ega. Dukkakli-
don ekinlaridan no'xat, o'ris n o ‘xat, vika, so‘ya, mosh, loviya, lyu pin
va boshqalar aholi va chorva m ollari u c h u n zarur b o 'lg an o q sil
muammosini hal etishda muhim aham iyatga ega. Ular doni va poyasi
(paholi) tarkibida oqsil miqdorining k o ‘pligi bilan boshqa ek inlardan
farq qiladi.Almashlab ekislida eng yaxshi o'tmishdosh ekinlar jumlasiga
kiritiladi. O 'z navbatida ular uchun kuzgi d o n ekinlar va chopiq talab
ekinlar yaxshi o'tmishdosh hisoblanadi. D ukkakli-don ekinlar hosili
tarkibidagi oziq moddalarning miqdori boshqa donli ekinlarga q a ra -
ganda sezilarli darajada ko‘pdir. Misol uchun o'ris n o ‘xat, vika va
lyupinni olib, ularni arpa va suli bilan taqqoslasak (10 s d o n d a kg
hisobida), bunga yaqqol ishonch hosil qilamiz (91 -jadval).
9 1 -ja d v a l
Dukkakli-don va donli ekinlar tarkibidagi
oziq moddalarining q iyosiy tarkibi
Ekin turi
Azot
F o sfo r
Kaliy
Arpa, suli
31
12
25
O'ris no'xat, vika
66
15
18
Lyupin
68
19
4 7
S o ‘ya
71
16
18
O'ris no'xat va vikada azot va kaliyning eng ko'p t o 'p la n is h i
gullash davrining oxirida, fosfor esa pishish davrida kuzatiladi. O 's u v
davri uzoq davom etadigan ek in la rd a , masalan, lyupinda b a r c h a
oziq m od dalar bosh poyadagi d u k k a k la r pishib
yetilgan p a y td a
kuzatiladi.
Dukkakli-don ekinlar barcha hayotiy sharoitlar m e ’yorida b o 'lg a n -
da, tarkibidagi yalpi azotning taxm inan 2/3 qismini atm osferadan va
1/3 qismini tuproqdan o'zlashtiradi. Yuqorida sanab o'tilgan e k in la r
ichida eng ko'p azotni lyupin to 'p la sa , eng kam miqdordagi az o t
vika tomonidan to'planadi.
Dukkakli-don ekinlar mahalliy o'g 'itlarga (xususan go'ngga) tala b -
chan, lekin go'ng qo'llanilgandan keyingi ikkinchi yoki u c h in c h i
yillarda ko'proq o'zlashtiriladi.
Dukkakli-don ekinlar atmosfera azotini fíksatsiyalash qobiliyatiga
ega bo'lganligi sababli ular ko'proq fosforli va kaliyli o'g'itlarga kuchli
ehtiyoj sezadi. Olib borilgan tadqiqotlarning ko'rsatishicha, a tm o s -
23 - A g ro k im y o
353
feradan o ‘zlashtiriladigan azotning miqdori tuproqqa kiritiladigan azotli
o ‘g‘itlar miqdoriga teskari proporsional ravishda o'zgaradi. Shu sabab-
dan ham dukkakli-don ekinlariga azotli o ‘g‘itlarni qo'llash samarasiz,
nihollar o'zlarini tutib olishlari uchun gektariga 20—30 kg «bosh-
lang'ich» dozada azot berish kifoyadir degan xulosaga q a fiy amal
qilinadi.
L ek in t u p r o q m u h i t i , h a r a k a tc h a n f o s f o r va k a liy b ila n
ta’minlanish darajasi, namligi va harorati, uruglarni inokulyatsiyalash,
mikroclementlar (birinchi navbatda molibden)ning miqdori tugunak
bakteriyalar faoliyatiga kuchli ta'sir ko'rsatadi. M azkur omillardan
ayrimlarini m e ’yordan clietga chiqishi atm osteradan fiksatsiyala-
nadigan azot miqdorini kamaytirib yuboradi.
Barcha omillar m e ’yorida bo‘lib, tuproq unumdorligi yuqori bo'lgan
tuproqlardagina azotli o 'g ’itlarni kiritishga hojat qolmaydi.
Dukkakli-don ekinlar uchun azot miqdorini quyidagicha belgilash
mumkin. Masalan, k o 'k no'xatning gektaridan 35 s hosil olish rejalash-
tirilgan bo'lsin. Bir to n na don (poholi bilan birga) 60 kg azotni olib
chiqib ketishi m a’lum. U holda rejalashtirilgan hosil bilan 210 kg
azot chiqib ketadi. Lining yarmicha, ya’ni 105 kg azot o ‘simliklarning
o'sish organ lari tarkibida bo'ladi. Demak, o ‘simlik tanasida hammasi
b o iib 315 kg azot to'planadi. Yuqorida ta ’kidlab o'tilganidek, lining
1/3 qismi (105 kg) tuproqdan o'zlashtiriladi. Lekin bu miqdordagi
azot barcha tuproq tip iarid a bo'lavermaydi. Agar 100 g tuproqda
10 mg oson gidrolizlanadigan azot mavjud deb faraz qilsak, foydalanish
koeftitsienti 20% bo 'lgand a, o'simliklar 60 kg azotni o'zlashtiradi.
Qolgan 45 kg (105 — 60=45) azot mineral o'g'itlar hisobiga to'ldiriladi.
0 ‘g‘it kiritilgan birinchi yilda o ‘simliklar o 'g ‘it tarkibidagi azotning
60% ini o'zlashtirilishi hisobga olinsa, 75 kg ga yaqin azot qoilash
lozimligi anglashiladi.
Demak, azot bilan o 'rta c h a ta’minlangan tuproqlardan 35 s hosil
yetishtirish uchun bir ga maydonga 75 kg azot qo‘llash lozim.
Dukkakli-don ekinlar ekiladigan paykallarga, odatda, go'ng kiritil-
maydi, lekin so‘ya, loviya va vika go'nglangan tuproqlarda mo'l hosil
beradi. Cio'ng kiritilgan yerlarda loviyadan olinadigan qo'shimcha
hosil gektariga 3 s va und a n ham ko‘proq, so'yaniki esa, 2—5 s ga
oshadi. Almashlab ekishda go'ng kiritilgan kuzgi yoki chopiqtalab
ekindan keyin ko‘k n o 'x at ekilsa, yaxshi samara beradi.
Tarkibida o ‘simliklar tom onidan oson o'zlashtiriladigan azot kam
bo'lgan maydonlarda dukkakli-don ekinlarga molibdenli mikroo'g'itlar
berish va u r u g ia r n i nitragin bilan inokulyatsiyalash yuqori hosil olish
uchun zamindir.
Dukkakli-don ekinlar ekiladigan paykallarga kuzgi shudgor o ld id a n
sof m odda hisobida 45—60 kg fosfor va kaliy qo'llash tavsiya etiladi.
Ekishga qadar ozroq
m e ’y o r d a
(gektariga sof holda 20—30 kg)
azotli o'g'it q o ‘llash o'simliklarni rivojlanishning dastlabki davrlarida,
ya’ni liali ildizda tugunak bakteriyalar hosil bo'lmagan paytda, azot
bilan ta ’m inlanishini yaxshilaydi. Azotning bir qismi q o 's h i m c h a
oziqlantirish sifatida qo'ilaniladi. Lekin azotli o'g'itlar yuqori
m e ’y o r -
larda kiritilganda (hosil bilan chiqib ketadigan yalpi a z o tn in g 1/3
qismidan k o 'proq), atmosfera azotining fiksatsiyalanishi kam ayadi.
Azotli o 'g ‘itlar ko'p miqdorda ishlatilganda dukkakli-don ekinlarining
o ‘sish organlari «g‘ovlab», hosilning pishib yetilishi kechikadi.
Urug'larni ekish bilan bir vaqtda ozroq miqdorda(gektariga 10 kg
P20 , hisobida) fosforli o'g'it berish o'sim liklarni v egetatsiy aning
dastlabki davrlarida fosfor bilan ta ’minlaydi.
S h o lin i o ‘g ‘it la s h
Sholi dunyoda eng keng tarqalgan ekinlardan hisoblanadi. M D H
mamlakatlari hududida ham sholi ko‘p miqdorda yetishtirilib, u n in g
asosiy m aydo n lari Markaziy Osiyo Respublikalari, K avkaz o r ti,
Shimoliy Kavkaz, Primore o'ikasi, shuningdek, Volga, D on, D n e p r ,
Bug va Dunay daryolarining quyi qismida joylashgan.
Sholi issiqsevar, yorug'sevar va suvga talabehan ekin, suvga o 't a
talabehan. Muhiti tno'tadil va m o'tadilga yaqin tuproqlarda yaxshi
o'sadi. Kuchsiz nordon va kuchsiz ishqoriy tuproqlarda ham s ho lida n
yuqori hosil yetishtirish mumkin. Bu ekin chirindiga boy, granulom etrik
tarkibi o ‘rta va og‘ir soz hamda ioyli tuproqlarda yaxshi rivojlanadi.
Yengil tuproqlar sholichilik uchun yaroqsizdir. Vaqti-vaqti bilan suvga
bostirilib turilganligi sababli tu p ro q d a ko ‘proq anaerob ja r a y o n la r
sodir bo'ladi. Ildiz rizosferasi atrofida aerob mikroflora (nitrifikatsiya-
lovchilar, azotobakter, sulfofiksatsiyalovchilar) ishtirokida oksidlanish
jarayoni ham ketadi. Kislorod ildiz va rizosferaga bargdan o ‘sim likning
biologik xususiyatiga xos kuch bilan haydab beriladi.
Suvga bostirilgandan keyin bir kecha-kunduz o'tgach, tup roqdagi
azot butkul y o‘qoladi, besh-olti kundan keyin esa qaytarilish jara y o n i
kuchayib ketadi. Tuproqda hosil bo'ladigan bir yarim oksidlar ( R , 0 3)
o ‘simliklar uchun o ‘ta zararlidir. Lekin ildizning aerob m ittizonasida
ular oksidlanadi, qisman c h o ‘kmaga aylanadi va o'simliklarni oziqlanishi
uchun yaroqli, zararsiz oziqlanish manbayiga aylanadi.
Oziq elementlarining yutilishiga tuproqda hosil bo'ladigan vodorod
sulfid ayniqsa kuchli salbiy ta ’sir ko'rsatadi. Uni mo'tadillashishida
Fe20 3 ning xizmati katta, qaysiki, o'simliklar uchun zararsiz FeS ni
hosil qiladi.
Sholi asosan ammiak shaklidagi azot bilan oziqlanadi, chunki nitrat
shaklidagi azot cheklar suvga bostirilgandan keyin 5—6 kun o'tgach
tuproqdan butkul yo'qoladi.
Sholi paykalida o ‘sadigan ko'k-yashil suv o'tlari o'suv davrida
gektariga 20 kg dan 200 kg gacha azot va bir tonnaga yaqin organik
m odda to'playdi.
Bir tonna sholi hosili bilan (shunga mos miqdordagi paxoli bilan)
tuproqdan o'rtacha 22 kg azot, 10 kg fosfor va 30 kg kaliy olib
chiqiladi.
Sholi ning murg'ak nihollari tuproqdagi tuzlar konsentratsiyasi xlo-
ridli sho'rlanishda 0,1% dan, sulfatli sho'rlanishda esa 0,2% dan oshib
ketganda zararlanadi. Ulg'ayib qolgan nihollarga tuzlar konsentratsiya-
sining 0,7% ga yetishi ham unchalik ta’sir ko‘rsata olmaydi.
Sholi yonlamasiga tarmoqlangan, yutish qobiliyati uncha kuchli
bo'lmagan popuk ildiz tizimiga ega. Udizlarining taxminan 80% i
tuproqning ustki 4 —6 sm qatlamida joylashadi.
Sholining hosili va guruchning sifati navning biologik xususiyatlari
va tashqi muhit sharoitlariga bog'liq. Mazkur sharoitlar ichida ayniqsa
mineral oziqlantirishning ahamiyati katta.
U azotga juda talabchan bo ‘lib, o'suv davrining boshidan oxiri-
gacha o ‘zlashtiradi. Azot ning o'zlashtirilish jadalligi nihollar ulg'avgani
sari (so'nggi barg paydo bo'lgunga qadar) ortib boradi, so'ngra keskin
kamayadi. Azot tanqisligi sharoitida nihollarning rivojlanishi sekin-
lashadi, barglari sarg'aya boradi, fotosintez va shoxlanish sustlashadi,
ro ‘vaklar kam donli b o ‘lib, hosildorlik sezilarli darajada pasaya-
d i.O ‘tkazilgan tadqiqot m a ’lumotlariga qaraganda, azotli o'g'itlar
m e ’yorining ortib borishi qonuniy ravishda sholi hosildorligini oshiradi.
Gektariga 150—200 kg azot kiritish sholi uchun eng maqbul miqdor
hisoblanadi.
Qozog'iston sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti olib borgan tajri-
balarida turli shakldagi azotli o ‘g‘itlar, har xil usul va muddatlarda
q o ‘llanilganda, guruchning sifat tarkibini o'zgarib borishi kuzatilgan
(92-jadval).
A zotli o ‘g ‘itlarning shakli, q o ila s h usuli va muddatlarini
guruchning kim yoviy tarkibiga ta ’siri
( R a m a z a n o v a , Q o zo g 'is to n s h o l i c h i l i k instituti, 1999)
Tajriba vrianti
Q uruq m oddaga nisbatan % larda
oq sil
kraxm al
qand
kul
elem en tlari
1. O 'g 'itsiz (na zo ra t)
6 , 8
6 1 , 2
3,5
4 . 7
2. P 6(1 (fon )
7,1
6 0 , 7
4 ,7
—
3. F o n + N 9
u
( a m m o n i y sulfat
e k is h g a c h a )
8,0
5 8 ,7
4 , 7
4 , 4
4. F o n + N 4n ( m o c h e v i n a
e k is h g a c h a )
8,0
6 3 , 8
4 ,3
4 , 3
5. F o n + N 9(| (a m m o n iy s u lfa t 1/3
qi sm i e k i s h g a c h a , qolgani
nay ch a la sh d avrid a)
8,9
6 5 , 4
3.6
5 , 0
6. F o n + N 9
ü
( m o c h e v i n a 1/3 qismi
ek is h g a c h a , q o l g a n i naychalash
davrida)
9 , 5
6 2 , 2
4 , 7
4 . 2
Ekish oldidan beriladigan a m m o n iy sulfat va mochevina g u m c h
tarkibidagi oqsil miqdorini bir xilda oshirgan. Q o ‘shimcha oziqlantirish
amalga oshirilgan variantlarda esa m ochevina ko‘proq samara berishi
e ’tirof etilgan. G uruch sifatiga fosforli o ‘g ‘itlar ham sezilarli t a ’sir
ko‘rsatadi. Nihollar o ‘suv davrining boshlarida fosforga juda tala b ch a n
b o ‘ladi. Fosfor yetishniagan hollarda o'sim lik tanasidagi oqsil a lm a -
shinuvi jarayoni buziladi, ildiz tizimi kuchsiz rivojlanadi va o q ib atd a
hosildorlik keskin kamayib k e ta d i .O l ib borilgan bir q a t o r d a la
tajribalarida fosforli o ‘g‘it me’yori ortib borgani sari guruchning shisha-
simon yaltiroqligi va solishtirma og‘irligi ham ortib borishi aniqlangan.
Sholining kaliyga boMgan talabi, o d atd a, uning tuproqdagi zaxirasi
hisobiga qondiriladi. Kaliy yetishm agan hollarda. ayniqsa n ih o lla r
endigina unib chiqqan davrda, sholining barglari juda sekin shakl-
lanadi, shoxlanishi ham sust boradi. H a r 1 ga paykaldan 70—90 s
hosil yetishtirish uchun tuproqqa m a ’lum miqdorda kaliyli o ‘g ‘itlar
kiritilishi lozim. Bu borada 0 ‘zbekiston sholichilik ilmiy ta d q iq o t
institutining Qoraqalpog‘iston ta rm o g ‘ida olib borilgan tajribalarning
natijalari diqqatga sazovordir (93-jadval).
Kaliyli o ‘g ‘itla r m e ’yorining sholi hosili va guruch
s i f a l ig a t a ’siri (P. Mntkarimov)
Tajriba varianti
Sholi hosili,
s/ga
Quruq moddaga nisbatan % larda
oqsil
yog‘
1. 0 ‘g ‘itsiz
3 5 , 8
6.82
1,48
2-N IWP,J0 (fün)
5 3 , 7
7.06
1,58
3 . Fon + Koü
5 6 , 2
7,13
1.65
4 - F o n
+
K,„
5 7 , 9
7,26
1,75
5. F o n + K 1M
5 9 , 7
7.60
1.75
6 F o n
+
K |50
6 3 . 4
8,01
1,99
7Fon +
K„o
6 0 , 5
7.93
1,94
Mazkur tajriba harakatchan fosfor va almashinuvchan kaliy bilan
o 'rta c h a ta ’minlangan o ‘tloqi-taqir tuproqda amalga oshirilgan va
blinda kaliyning maqsadga muvofiq me'yori gektariga 150 kg boiishi
aniqlangan.
Mahalliy o'g'itlardan sholiga go'ng, kompostlar va ko'kat o'g'itlar
qoMlaniladi. G o lng va kompostlarni kuzda, sluidgor ostiga 20—40 t/ga
miqdorida ishlatish hosildoriikni gektariga 20—25 s ga oshiradi.
Respublikamizda sholi almashlab ekish sharoilida yetishtiriladi.
O'tmishdosh ekin sifatida ko'p hollarda beda, dukkakli-don ekinlari
bilan band bo'lgan shudgor va sholining o'zi tanlanadi. Beda uch
yildan keyin buziladi va o ‘rniga sholi ekiladi.
Blinda azotli o'g'it m e ’yori taxminan ikki baravar kamaytiriladi,
fosfor va kaliyning m e’yorlari aksincha, oshiriladi. Almashlab ekishning
keyingi yiilarida azot m e ’yori oshirib boriladi. Sumnkasiga 3—4 vil
sholi ekilgandan keyin tuproqqa kiritiladigan azotning yillik m e’yori
30—35% ga ko'paytiriladi.
Toshkent viloyatining o'tloqi-bo'z tuproqlar sharoitida (R. Hay-
darov, 1980) bedapoya buzilgan yilning o ‘zida sholi ekilganda, azotning
eng m a’qul m e’yori gektariga 100— 120 kg deb topilgan.
Keltirilgan azot m e ’yoriga 100 kg fosfor va 100 kg kaliy qo'shib
ishlatilganda guruchning kimyo-texnologik xususiyatlari ham yaxshi-
langan.
Yuqorida t a ’kidlaganimizdek, sholi uch u n azotli o ‘g‘itlar birin ch i
darajali ahamiyat kasb etadi. Azot m e ’yorini belgilashda o 'tm is h d o sh
ekinning turi h a m muhim ahamiyatga ega.
Azotli o 'g 'itn in g yillik m e ’yori b o 'lib -b o 'lib ekisli o ld id a n va
qo'shimcha oziqlantirishda beriladi. Asosiv o'g'itlash ammiak shakldagi
azotning nitrifikatsiyalanishini kamaytirish maqsadida ekish o ld id a n
o ‘tkaziladi. Bunda yillik azot m e’yorining 1/2 — 2/3 qismi kultivator
yoki diskali tirma yordamida tuproqning 8— 10 sm chuqurligiga kiritiladi.
Og'ir granulom etrik tarkibli tupro q lard a asosiy o'g'itlashdagi azot
miqdori bir m unch a oshirilishi muinkin. Azotli o'g'itning qolgan qismi
1—3 ta qo'shim cha oziqlantirish y o ‘li bilan beriladi. K o'p hollarda
qo'shimcha oziqlantirish ikki m uddatda — 2—3 chin barg va to 'pla nish
davrlarida o ‘tkaziladi. Qo'shimcha oziqlantirish oldidan sholipoyalarga
suv kirishi to'xtatiladi, o'g'itlashdan keyin 2—4 kun o'tgach, c h e k la r
yana suv bilan bostiriladi.
Almashlab ekish sharoitida fosforli o'g'itlar azotli o'g 'itla r bilan
birgalikda qo'llanilgandagina yaxshi sam ara beradi. Sholi u c h u n eng
yaxshi fosforli o'g'it — superfosfat hisoblanadi. Markaziy Osiyo s h a ro i
tida bir ga maydonga, tuproqning harakatchan fosfor bilan t a ’rnin -
langanligini hisobga olgan holda, 60—90 kg fosfor (P20 , ) kiritish
loziinligi aniqlangan. Lekin uni qo'llash muddatlari haqida yakdil
fikrga kelinmagan.
Fosforning yillik m e’yori k o 'p in ch a to'laligicha shudgor ostiga
kiritiladi. Ayrim mutaxassislar fosforning yillik m e ’yorining 1/2—2 /3
qismini shudgor ostiga, qolgan qismini esa to'planish davrida q o '
shimcha oziqlantirish sifatida kiritish tarafdoridir.
Kaliyli o'g'itlarning m e ’yori tuproqning almashinuvchan kaliy bilan
ta’minlanganlik darajasiga bog'liq ravishda belgilanadi. Kaliyli o 'g 'i tl a r
qadimdan haydalanadigan va qayir tuproqlarda yaxshi samara beradi.
Kaliyli o'g 'itlarning sholi uchun tavsiya etiladigan o'rtacha m e ’yori
gektariga 50— 100 kg. Belgilangan kaliyli o'g'it miqdori to'laligich a
tuproqni asosiy ishlash paytida kiritiladi. Ba’zi hollarda yillik m e ’yor-
ning 50—70% i ekishgacha, qolgan qismi qo'shimcha oziqlantirish
tarzida to'planish yoki naychalash davrida qo'llaniladi. Sholiga har
qanday shakldagi kaliyli o'g'itlarni qo'llash mumkin, bu m a q s a d d a
ko'proq kaliy xloridi va kaliy tuzi ishlatiladi.O'g'itlarning samaradorligi
sholining navi bilan bevosita bog'liq.
Masalan, tajribalar asosida U zR os 7/13
navi UzRos 59 naviga
nisbatan kaliyli o'g'itlarga talabchan.
Sholiga mineral va mahalliy o ‘g‘itlarni birgalikda qo'llash yaxshi
samara beradi. S.Majidov (1978) bo'z tuproqlar sharoitida uch yil
qatorasiga sholi ekilganda, ko'kat o ‘g‘it sifatida ekilgan o ‘ris n o ‘xatning
ko'k poyasi guruchdagi oqsil miqdorini 1,7—2,7% ga oshirishini aniqla-
gan. 94-jadvalda sholili almashlab ekishda o'g'itlash tizimi bayon
etilgan.
94-jadval
Dostları ilə paylaş: |