1- amaliy mashg'ulot. Mavzu: Gulxaniy va uning " Zarbulmasal " asari. «Zarbulmasal»


Gulxaniy “Zarbulmasal”ida nutqiy xarakteristika



Yüklə 22,48 Kb.
səhifə4/6
tarix16.05.2023
ölçüsü22,48 Kb.
#114255
1   2   3   4   5   6
1- amaliy mashg\'ulot. Mavzu Gulxaniy va uning Zarbulmasal a

6. Gulxaniy “Zarbulmasal”ida nutqiy xarakteristika.
Javob. Gulxaniy lirik she`rlari va “Zarbulmasal” nomli etuk prozaik asari bilan tanilgan talantli adibdir.  
Bizgacha uning o`zbek va tojik tillaridagi 12 g`azali, Qo`qon xoni  
Amir Umarxonga bag`ishlangan 1 qasidasi va “Zarbulmasal” asari  
etib kelgan.  
1822-yilda Gulxaniy mashhur “Zarbulmasal” asarini yozadi.  
Gulxaniyning “Zarbulmasal” asari majoziy timsollar –  
Yapaloqqush va Boyo`g`li o`rtasidagi qudachilik mojarolari orqali  
turli toifadagi , har xil fe`l-atvordagi tabaqalar, kishilar munosabatini,  
mamlakatdagi vayronagarchilikni tasvirlaydi. “Zarbulmasal”da  
qushlar o`zaro masal, maqol, matal va hikmatli so`zlarni keltirish  
orqali mavjud haqiqatni ifodalaydi. Mazkur asar 1980-yilda alohida  
kitob holida nashr etildi.  
“Zarbulmasal” xalq og`zaki ijodi durdonalari-maqol, masal va  
hikmatli so`zlar asosida yaratilgan. Asarning maroqli syujetini tashkil  
etgan qoliplovchi hikoya xalq ertaklariga o`xshab ketadi. Undagi  
Yapaloqqush hikoyasiga bir necha mustaqil syujetli masala qoliplash  
yo`li bilan bog`lanib keladi.  Gulxaniy Yapaloqqush bilan Boyo`g`lining bir-biriga quda  bo`lish voqeasini bayon qilish orqali o`sha zamon uchun xarakterli  voqea-hodisalarni va ularga o`z munosabatini aks ettiradi. Yozuvchi  
asardagi Yapaloqqush, Boyo`g`li, Ko`rqkush, Hudhud, Kulonkir  
sulton, Sho`ranul va Kordonlarning bir-biriga aytgan masalalari,  
maqollari, hikoyalari orqali asarning g`oyaviy mazmunini ochadi.  
“Zarbulmasal” ning personajlari, asosan, qushlarning  
kinoyaviy-allegorik obrazlaridan iboratdir.  
O`z davr voqealarini majoziy usulda badiiy ioda etgan axloqiy- 
pandnoma va tanqidiy-hajviy yo`nalishdagi “Zarbulmasal” asari  
Gulxaniyga favqulodda shuhrat keltirdi. Unda ijtimoiy hayot  
muammolari, turli toifadagi odamlar o`rtasidagi munosabatlar, xalq  
turmush tarzi va udumlari haqida majoziy uslubda so`z yuritiladi.  
Insonga xos xususiyatlar boshqa jonli va jonsiz narsalarga ko`chirib  
tasvirlansa, majoziy asar deyiladi. Gulxaniy ham, qizim, senga  
aytaman, kelinim, sen eshit qabilida qushlar misolida o`z davri  
voqeligi manzaralarini tasvirlaydi. Toju taxt talashlari, mamlakat  
urushlar natijasida yurt vayron, xalq xarob bo`lgan. Buxoro va Qo`qon  
xonliklari o`rtasidagi munosabat yomon bo`lib, ular o`zaro urishib  
yurganlari uchun ham asarda Buxoro go`yoki vayronalarga boy  
muzofot singari tasvirlansa-da, Qo`qon ham undan obod emas edi.  
Adib aytmoqchi, xonning atrofini Boyo`g`li, Yapaloqqush, Ko`rqush,  
Kordon, Kulonkir sulton kabi yomon odamlar o`rab olgan. “Holo, bu  
turg`onlaring navola do`stlari, piyola hariflari, taom emakka hozir,  
maslahatga aqli qosir”. Bu ketishda mamlakat vayronaga, shoh uning  
ustidagi Boyo`g`liga aylanib qolishi hech gap emas. Gulxaniyning  
yirtqich va asosan, tunda ov qiladigan qushlarni o`z asariga qahramon  
qilib olishida nozik ishora mavjud. Shuning uchun Ko`rqush tilidan  
nasihat qiladi: “Ulug`ni borgohinda xiradmandi donish va aqli xiradi  
bohush har qancha ko`b bo`lsa ham, oz bo`lur. Xususan, podshohi  
odilg`a uch toifadin guzir yo`qdur: avval, odamni boamalki,  
podshohning oxiratlik asbobini tarabdudida bo`lsa. Ikkinchi vaziri    
sohibi ra`ykim, podshohning dunyolik yarog`ini tarabdudida bo`lsa.  
Uchinchi, munshiyi rostnavis, qalamzanu nigohdoru shamshirzan  
bo`lsa”.  
“Zarbulmasal” arabcha “zarb” va “masal” so`zlarining  
qo`shilishidan hosil bo`lgan bo`lib, «masallar yig`indisi» ma`nosini  
beradi. Masal so`zi o`tmishda biz hozir qo`llaydigan maqol  
ma`nosida ishlatilgan. Zarbulmasal so`zga maqol qo`shib gapirish,  
o`xshashi va dalilini keltirish ma`nolarini ham anglatadi. Zarbulmasal  
bo`lish – el og`ziga tushish, afsona bo`lish, mashhur bo`lish  
ma`nolarida ham keladi. Ma`lum bo`ladiki, Gulxaniy o`z davri va  
zamondoshlarini asarda zarbulmasal qilgan.  
Asar qahramonlari o`z nutqlarida vaziyatga mos ko`plab  
maqollarni keltiradilar, to`g`rirog`i, maqollar yordamida gapiradilar.  
Shu bilan birga, ular bir-birlariga turli masala va hikoyatlarni aytib  
beradilar.  
“Zarbulmasal” da 400 ga yaqin maqol, matal, naql va 15 dan  
ortiq katta-kichik masal va hikoyat mavjud. Bu muallifning xalq  
hayoti, turmush tarzi, an`ana va marosimlari, og`zaki va yozma  
adabiyotni chuqur bilganligidan dalolat beradi. U mashhur hind eposi
“Kalila va Dimna”, Abdurahmon Jomiyning “Silsilat uz-zahab”  
asarlari, shuningdek, Sa`diy Sheroziy, Hofiz Sheroziy, Xusrav  
Dehlaviy, Alisher Navoiy, So`fi Olloyor kabi ulug` so`z ustalari  
hikmatlaridan ham mahorat bilan foydalangan. Bularning barchasi  
asarning ta`sirchanligi va o`qimishliligini oshirgan.  


Yüklə 22,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin