7. “Zarbulmasal”ning ilmiy-tanqidiy matni tavsifi Javob. Buyuk Karimiy ikkinchi jahon urushi va undan keyingi dastlabki yillarda “Zarbulmasal”ning ikki qo‘lyozma va to‘rt litografik nusxalari asosida asarning tanqidiy matnini tuzdi, lekin bu matn, ma’lum sabablarga ko‘ra, ommalashmay qo‘lyozma xolida qolib ketdi. 1970-yillarga kelib Andijondan asarning nisbatan eskiroq, butunroq va ishonchliroq qo‘lyozma nusxasi topilib qolgan. Shu munosabat bilan ushbu satrlar muallifida ham “Zarbulmasal”ning bor qo‘lyozma va bosma nusxalarini jamlash, qiyoslash, agar manbalar izn bersa, ilmiy-tanqidiy matnini yaratish niyati to‘g‘ildi. O.Sharafiddinovning Gulxaniy “Zarbulmasal”ining xilma-xil qo‘lyozmalari borligi haqidagi xabarga ishongan edi.
“Zarbulmasalning” Andijon nusxasi (A), Buyuk Karimiy qo‘lida bo‘lgan ikki qo‘lyozma (BK1, BK2), Qo‘qon adabiyot muzeda saqlanuvchi uch manba (Q1, Q2, Q3) va undan ziyot litografik nusxalarni jamlab ularni qiyosiy o‘rganish natijasida asarni ilmiy – tanqidiy matnini yratdi. Bu matnlarga tayanib Muhammad Sharif Mulla Gulxaniyning “Zarbulmasal” nomli asari o‘zbekcha nasriy badiiy obidalrning kamyob namunasi bo‘lishi bilan birga, mazmuni, tuzilishi, tasvir usuli va vositalarining milliyligi o‘ziga xoslik jihatidan ham alohida qiymatga ega bo‘lgan nodir yodgorliklardan biridir desak adashmagan bo‘lamiz. Uning iliy-tanqidiy matnini yaratishga birinchi bo‘lib qo‘l urgan Buyuk Karimiy edi va u “Zarbulmasal” haqida shunday fikrlarni bildirdi: “Bu asar yuzasidan so‘z yuritgan bir qator olimlar “Zarbulmasal”ni, ko‘pincha, masallar to‘plami sifatida izohlab kelishmoqda. Ammo shunisi hammaga aniq va ravshanki, o‘zbek klassik adabiyotida “masal” va “Zarbulmasal” terminlari hozir biz tushunadigan ma’noda ya’ni ”basnya” ma’nosida emas, balki boshqacharoq ma’noda qo‘llaniladi.
8. Gulxaniyning «Zarbulmasal»da timsol yaratish mahorati. Javob. Muallif oʻz masallarida majoziy qiyofalar orqali oʻsha davrdagi hukmron sinf vakillarini fosh qiladi, mamlakatga xarobalik, xalqqa qashshoqlik keltirgan oʻzaro urushlarga qarshi ommaning noroziligini ifodalaydi.Gulxaniy oʻz zamonida sodir boʻlgan talon-tarojlik, xalqni qiynash, ortiqcha soliqlar solish kabi voqealarni ochiqdan ochiq yoza olmas edi. U buni faqat ertak yoʻli bilan amalga oshirish mumkin ekanligini tushunardi. Shuning uchun Yapaloqqush va Boyoʻgʻli bir-biriga quda boʻlishi voqeasini keltiradi. Bu ikki quda toʻy bahonasi bilan mamlakatni xonavayron qiladi. Yozuvchi Koʻrqush, Hudhud, Kulonkirsulton, Shoʻranul, Malik shohim va Kordonlarning bir-birilariga aytgan masallari, hikoyalari orqali asarning gʻoyaviy mazmunini ochadi.Yapaloqqush va Boyoʻgʻli yuqori tabaqa vakillari. Ularning xatti-harakatlari ochkoʻz va qonxoʻr boʻri, aldamchi va shayton tulkilarga oʻxshaydi. Bularning oʻy-fikrlari, yurish-turishlari, shumlik, shahar va qishloqlarning vayron boʻlishi ular uchun bayramdir.
Gulxaniy “Maymun bilan Najjor” masalida hunar va hunar ahlini ulugʻladi, qoʻlingdan kelmaydigan ishga aslo urinib kulgi boʻlma, koʻr-koʻrona birovga taqlid qilib falokatga yoʻliqma, degan fikrni maymun qismati orqali koʻrsatadi.
Najjor juda aqlli va mohir hunarmand sifatida tasvirlanadi. U ijtimoiy-foydali mehnat bilan shugʻullanishni har narsadan yuqori qoʻyadi. Gulxaniy Najjor va uning mehnatini, duradgorlik mahoratini katta muhabbat bilan tasvirlar ekan, hattoki maymun ham mehnatga muhabbat bilan qaraydi, hunarga va hunar egasiga uning havasi keladi, degan fikrni olgʻa suradi.
Mehnatkash xalqning ogʻir hayoti, huquqsizligi va nochorligi, bir soʻz bilan aytganda ayanchli qismati “Tuya bilan boʻtaloq”da oʻziga xos badiiy taʼsirli qilib beriladi.
Gulxaniyning tasvirlashicha, tuya hayotda ezilgan, tutqun, erk-ixtiyorsiz, ogʻir mehnat bandasi hamda qul qismatiga mahkum etilgan mehnatkashlarning majoziy timsolidir. Boʻtaloq esa ona sutiga ham toʻyolmay, ogʻir mashaqqatli hayot kechirgan, ochyalangʻochlikda, muhtojlikda yashagan erksiz mehnatkash bolalarning timsolidir.
Gulxaniyning “Toshbaqa va Chayon” masalida bir-biriga zid va qarama-qarshi ikki timsol berilgan: Toshbaqa – aqlli, farosatli, safarlarda koʻp yurib, ancha tajriba orttirgan, insofli, sodiq va qadrdon doʻst timsoli. U oʻz hamrohi Chayonning suvdan oʻta olmasligini bilgach, unga yordam qoʻlini choʻzadi. Lekin Toshbaqa Chayonning xiyonatini – “sen bilmaysanmi Chayonning muddaosi xoh doʻstning koʻksiga, xoh dushmanning orqasiga boʻlsin nish urishdir” degan javobini eshitgach, uni halok qiladi. Gulxaniy bu masali orqali Chayonga oʻxshagan odamlar bilan doʻst va hamroh boʻlmaslikka, kishi oʻzini va taqdirini oʻshanday kishilarga topshirib qoʻymaslikka chaqiradi.
Chayon butun umri boʻyi birovlarga yomonlik qilgan, ularga ziyon-zahmat yetkazgan, yaxshilikni bilmaydigan, yaxshilikka yomonlik qaytaradigan, xiyonatkor toifalarning ramziy qiyofasidir. Gulxaniy shu zaylda hozirgi zamon oʻzbek bolalar adabiyotining maydonga kelishida barakali hissa qoʻshgan qalamkashdir.