1- amaliy mashg'ulot. Mavzu: Gulxaniy va uning " Zarbulmasal " asari. «Zarbulmasal»


Asarning hozirgi ma’naviy hayotimizda tutgan o‘mi va



Yüklə 22,48 Kb.
səhifə3/6
tarix16.05.2023
ölçüsü22,48 Kb.
#114255
1   2   3   4   5   6
1- amaliy mashg\'ulot. Mavzu Gulxaniy va uning Zarbulmasal a

4. Asarning hozirgi ma’naviy hayotimizda tutgan o‘mi va
ahamiyatini qanday izohlaysiz?
Javob. Biz Gulxaniyning “Zarbulmasal” asaridagi syujet (voqea) ipiga san`atkorona bog`lanib kelgan va har birini mustaqil asar deyish mumkin bo`lgan “Maymun bilan Najjor”, “Tuya bilan Bo`taloq”, “Toshbaqa bilan Chayon” masallarida “qissadan hissa” tariqasida axloqiy-ta`limiy fikr va ma`nolar ifodalanganini ko`rib o`tdik. Masal tuzilishi jihatidan xilma-xildir: ba`zi masallar she`r bilan yozilsa, ayrimlari nasriy yo`l bilan yoziladi. Chunonchi “Maymun bilan Najjor” she`riy formada, “Toshbaqa bilan Chayon” nasriy usulda yozilgan. Obraz badiiy asarning o`ziga xos xususiyatidir. Masalda ko`rib o`tganimizdek, maymun, tuya, bo`taloq singari hayvonlar, , Chayon kabi jonivorlarning majoziy-kinoyaviy obrazlari ma`lum bir ijtimoiy ma`noni bildiradi. Masalan, toshbaqa bilan Chayon obrazida fe`l-atvori bir-biriga zid kishilar ustida bahs yuritgan yozuvchi, toshbaqaning harakati orqali bir-biriga yordam, do`stlik, hamkorlik, mehr-shafqat singari insoniy tuyg`u va fazilatlarni ma`qullasa, Chayonning nojo`ya qilmishida insoniy qiyofasini yo`qotgan, kishilik jamiyati uchun tamomila zararli bo`lgan yaramas fe`l-atvorni fosh etgan. Gulxaniy bunday kishilardan nafratlanib, do`st bilan dushmanni ajrata bilish, dushmanga o`z vaqtida qaqshatqich zarba berishga chaqiradi. Insonparvar kishi sifatida tasvirlangan toshbaqa tomonidan cho`ktirib yuborilgan Chayonning halokati misolida masalning g`oyaviy mazmuni ochiladi. Gulxaniy yovuz xoinlar mahv etilishi muqarrar degan xulosa chiqaradi. Masaldagi bunday ibratli fikr va xulosalar qissadan hissa deyiladi. Qissadan hissa, ko`rib o`tganimizdek, ko`pincha, oxirida , ba`zan esa boshida keladi. 

5. Gulxaniy masallarida xalq maqollarining badiiy ifodasi.
Javob.«Zarbulmasal» majoz va masallar, xalqning jonli iboralari asosiga qurilgan asar boiganligi uchun tili, badiiy xususiyatlari va uslubi jihatidan nihoyatda jozibali, go'zal qissadir. Badiiy tasvir vositalarining o'tkirligi jihatidan o'zbekcha nasriy badiiy yodgorliklar ichida unga teng keladigan asar yo'q. Adibning maqol, matal va xalq iboralarini o'z o'mida uzukka ko'z qo'ygandek topib foydalanishi, ulami obrazlar xarakteri va asar g'oyasini ochishga xizmat etdirganligi, hazil-mutoyibaga, qochirimlarga boyligi Gulxaniy uslubini belgilovchi asosiy fazilatdir. «Zarbulmasal» badoy’ ilmida irsol ul-masal san’ati nomi bilan ataluvchi va qariyb hamma mumtoz shoiru adiblarimiz e’tiborini o'ziga tortib kelgan san’at go'zalligini, estetik ta’sirini namoyon yetib turuvchi yodgorlik sanaladi. Unda qofiyali sa’jlar: «Bu turganlaring navola do'stlari, piyola hariflari, taom emakka hozir, maslahatga aqli qosir, bazmda bo'ynida munchoq, urushda harbasi oshpichoq birla o'xloq, podshodin tegani — amli o'roq, to'g'ri so'zga to'g'onoq, kurk tovuqdek suvga pishaiga o'ngroq» — uchraydi.

Yüklə 22,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin