1 Билиш фалсафаси. - Тошкент: Университет, 2005. Б 64.
bolgan murakkab fenomendir. Ontologik tabiatga ega bolgan
murakkab tilga gnoseologik nuqtayi nazardan yondashil-
ganda, birinchidan, insonning til orqali olamni bilishi, til
ning obyektiv borliq uzvlarini nomlash (onomosiologik) vazi-
fasi, ikkinchidan, tilning shu til egalarining olam haqidagi
bilimlari to‘plami ekanligi (akkumulativ vazifasi) yoritiladi.
Tilning ontologik xususiyati deganda, uning o‘ziga xos
ichki tuzilishiga ega bolgan obyektiv hodisa ekanligi tu-
shuniladi. Tilning ontologik tabiati gnoseologiya uchun asos
bolib xizmat qiladi. Chunki til haqidagi fan tilning ontologik
tabiati haqidagi fandir. Shuning uchun ham falsafada on-
tologiya va gnoseologiyaning bir-biri bilan uzviy bogliq ekan
ligi e’tirof etiladi. Ontologiya borliq to‘g‘risidagi umumiy
talimot, borliqning fundamental asoslarini, umumiy mo-
hiyatini va mavjudlik kategoriyalarini o‘rganuvchi falsafa-
ning bolim i sifatida gnoseologiya masalalari uchun asos,
manba bolib xizmat qiladi. Gnoseologiyaning barcha tu-
shunchalari va tamoyillari o‘zining ontologik talqiniga, on
tologik jihatiga ega. Demak, gnoseologiya va ontologiya fal-
safaning o‘zaro uzviy bogliq bolgan ikki bolimidir. Ular-
ning uzviy bogliqligi shundaki, gnoseologiya ontologik, on
tologiya esa gnoseologik tabiatga egadir.
Bilish ko‘p bosqichli jarayon. Hozirgi kunda bilishning
hissiy (empirik) va nazariy (ratsional) bilish, amaliy va ilm
iy bilish turlari bir-biridan ajraladi. Bu jihatdan gnoseolo
giya tarkibidan epistemologiya alohida yo‘nalish sifatida
ajralib chiqdi. Gnoseologiya umumiy bilish nazariyasi,
umuman, bilish haqidagi talim ot bolsa, epistemologiya il
miy bilish haqidagi talimotdir.
Savol va topshiriqlar: 1. Bilish nima? 2. Gnoseologiya qanday fan?