Empirik bilish. Empirik bilishga asoslangan bilish
y o‘nalishi empirizm sanaladi. Bu y o‘nalish bilishning ya-
gona manbayi sifatida jonli kuzatishni, sezgi a’zolari orqali
olingan bilimni, tajribani e’tirof etadi. Bunday bilim mazmu-
ni tajriba bergan malumotlarni tavsiflashni o‘z ichiga ola-
di. Demak, empirik bosqichda jonli kuzatish yetakchilik qila
di. Ratsional moment va uning shakllari (hukm, tushun-
cha va boshq.) ishtirok etadi, lekin jonli kuzatishga nisba-
tan orqa planda turadi. Unga ko‘makchilik vazifasini ba-
jaradi. Shuning uchun ham o ‘rganilayotgan obyekt jonli
kuzatishga berilgan belgilari asosida talqin qilinadi. Fakt-
larni yiglsh, ularni dastlabki umumlashtirish, kuzatish va
eksperiment malumotlarini tavsiflash, ularni tasniflash va
boshqa faktlarga asoslangan faoliyat empirik bilishning
asosiy xususiyatlari sanaladi.
Empirik tadqiqotlar bevosita (oraliq uzvlarsiz) obyektga
yo‘naltiriladi. Bu obyektlarni qiyoslash, olchash, kuzatish,
ek sp e rim e n t, an aliz, in d u k s iy a u s u lla ri a s o s id a
o‘zlashtiradi. Uning eng muhim elementi fakt sanaladi.
Har qanday ilmiy tadqiqot faktlarni to‘plash, sistemaga
solish va ularni umumlashtirishdan boshlanadi. Fan taraq-
qiyotida faktlarning ahamiyati kattadir. Shuning uchun
ham V.I. Vernadskiy: «Ilmiy faktlar ilmiy bilim va ilmiy tad-
qiqotlarning bosh mazmunini tashkil qiladi. Ular asosida
empirik umumlashmalar qilish, muayyan ilmiy faktlar siste-
masini ajratish mumkin», - degan edi.
Faktlar ilmiy tadqiqot uchun asos bolib xizmat qilishiga
qaramasdan, uning quliga aylanmaslik kerak. Har qanday
fakt subyekt tomonidan konseptuallashtirilgan, muayyan
nazariy tasawur bilan singdirilgan boladi. Shuning uchun
malum miqdordagi faktlarni to‘plab, ularni muayyan kon-
septual sistemaga birlashtirish lozim boladi. Tadqiqotchi
ko‘r-ko‘rona faktlarni izlamaydi. Faktlarni to‘plashda malum
bir maqsaddan, vazifadan, g‘oyadan kelib chiqadi.
Shunday qilib, empirik tajriba hech qachon, ayniqsa,
hozirgi zamon fanida ko‘r-ko‘rona bolmaydi. U nazariya bi
lan rejalashtiriladi. Shuning uchun faktlar doimo nazariy
yukka ega boladi. Fanning boshlanishi, uning tayanch
nuqtasi yalang‘och faktlar emas, balki nazariy sxemalar,
borliqning konseptual sinchlari sanaladi. Ular abstrakt
obyektlar (ideal konstruktlar), konseptual modellar va
boshqalardan iborat boladi.
A. Uaytxed ilmiy bilish ikki qatlamning birlashuvidan
iborat ekanligini talcidlaydi: ulardan birinchisi konkret
kuzatish yordamida olingan bevosita borliq faktlari, ik
kinchisi ularning kontseptuallashtirilgan faktlaridan ibo
rat. Birinchisini kuzatish qatlami, ikkinchisini konseptual
qatlam tashkil qiladi. Birinchisi doimo ikkinchisidagi tush-
unchalar yordamida tavsiflanadi.
Ko‘rinadiki, nazariyadan ajralgan quruq faktlar ilmiy
qimmatga ega bolmaydi. Faktlardan ajralgan nazariya ham
bolishi mumkin emas.
Ko‘p adabiyotlarda «metod» va «usul» atamalari bir xil
ma’noda qollaniladi. Ayrim mualliflar esa usulni metod-
ning tarkibiga kiruvchi qism sifatida tushunadilar. Bun
day vaqtda metod bir qancha tadqiq usullaridan tashkil
topgan murakkab bilish yolini ifodalaydi. Darhaqiqat, har
bir metod o£z tadqiqot usullari bilan bir-biridan farq qiladi.
Empirik metod ham butunlik sifatida quyidagi usullarni o‘z
ichiga oladi: 1) kuzatish; 2) eksperiment; 3) qiyoslash.
Tilshunoslikda empirik metodga asoslangan tilshunos
lik tavsifiy tilshunoslik deyiladi.
Tavsifiy tilshunoslikda har qanday tadqiqotning ibtido-
si kuzatish sanaladi. Sezgi a’zolari orqali kuzatishga beril-
gan faktik materiallar yig‘iladi.
Kuzatish jarayonida o ‘rganilayotgan obyektning faqat
tashqi belgilari haqidagi bilimgagina emas, balki uning
muhim xossalari va munosabatlari haqida ham bilimga ega
bolamiz.
Empirik bilishda eksperimentning ham o‘rni beqiyosdir.
0 ‘rganilayotgan obyektni muayyan sharoitda, m alum vos-
italarni qollagan holda, alohida ajratib tadqiq etishga e’tibor
qaratiladi. Masalan, paxta navini yetkazish, uning tolasi
sifatini aniqlash va h.k.
Lingvistik tadqiqotlarda ham bu usul katta ahamiyatga
ega. Masalan, tovushlarning akustik-artikulatsion belgi-
larini kuzatish usulida aniqlash qiyin kechgan hollarda
eksperimental usulga murojaat qilinadi.
Shuningdek, empirik bilishda qiyoslashning ham aha-
miyati katta. Har qanday shaxs yangi o ‘rganilayotgan
obyektni oldin o‘rganilgan obyektga qiyoslaydi. Ular o‘rtasi-
dagi o^shash va farqli tomonlami aniqlaydi. 0 ‘rganilayotgan
obyekt boshqalari bilan o^shash belgilari asosida muayyan
sinflarga birlashtiradi, farqli belgilari asosida esa sinf tarki-
bida uning o‘ziga xos xususiyatga ega ekanligini belgilaydi.
Dostları ilə paylaş: |