Nazariy bilishning o‘ziga xosligi va uning shakllari. Ilmiy bilishning nazariy bosqichi ratsional jihatning ustu-
vorligi bilan xarakterlanadi. U tushunchalar, nazariyalar,
qonunlar va boshqa tafakkur shakllari bilan ish ko‘radi.
Shu bilan birga jonli kuzatish, hissiy bilish uning tarki-
bidan soqit qilinmaydi, balki u bilish jarayonida ikkinchi
planga o‘tadi, ikkinchi darajali ahamiyat kasb etadi.
Nazariy bilim amaliy bilim bergan malumotlarni qayta
ishlash, ular o'rtasidagi ichki aloqa va munosabatlarni
ochish, sezgi a’zolarimiz ta’siriga berilmaydigan mohiyatni
aniqlash orqali qolga kiritiladi.
Nazariy bilishning eng muhim vazifasi obyektiv haqiqat-
ga erishishdir. Buning uchun mavhumlashtirish, ideallash-
tirish, sintez, deduksiya singari bilish vosita va usullari
keng qollaniladi.
Ilmiy bilish jarayonida mavhumlashtirish narsalarning
bir qator xossalari va munosabatlaridan uzish, ideallashti- rish esa sof fikriy predmetlarni yaratish, sintez analiz yor
damida olingan elementlarni sistema tarkibiga birlashti-
rish, deduksiya bilish harakatining umumiydan xususiyga,
mavhumlikdan konkretlikka qarab yo‘nalishi orqali amal
ga oshiriladi.
Nazariy bilishning xarakterli xususiyati uning o‘ziga
qarab y o ‘nalishi, y a ’ni bilish jarayonining o ‘zini uning
shakllarini, usul va metodlarini, tushunchalar apparatini
tadqiq qilish hisoblanadi. Bu orqali ilmiy izohlash va aniq-
langan qonunlarga tayanib, ilmiy bashorat qilish, kelajak-
ni oldindan ko'rishga erishiladi.
Nazariy bosqichda tafakkur orqali aniq o ‘z ifodasini top
gan ratsional bilish yetakchilik qiladi. Shuning uchun ham
nazariy bilish bosqichida tafakkurning o‘rni beqiyosdir.
Inson tafakkuri nutq bilan uzviy aloqada maydonga kela
di. Uning natijasi tilda belgilar sistemasi orqali o‘z ifodasini
topadi.
M.Born ilmiy bilishda tafakkurning muhim o‘rni haqida
fikr yuritar ekan, inson ongi tafakkur yordamida tabiat va
tafakkur qonunlari o'rtasidagi garmoniya natijasida tabiat
sirlariga y o l topishi mumkinligini taTcidlaydi.
Ilmiy bilishda o‘rganilayotgan obyektni mavhumlashti-
rishda tafakkur shakllari - tushuncha, hukm, xulosalarga
tayaniladi.