1 -m a V z u : o n t o L o g I y a V a g n o s e o L o g I y a h a q id a m a u m o t. B IL is h V a u n in g a h a m iy a t I reja


Ontologiya falsafaning qanday bolimi?



Yüklə 26,32 Kb.
səhifə3/5
tarix01.06.2022
ölçüsü26,32 Kb.
#60262
1   2   3   4   5
epistomologiya emperik bilish (1)

3. Ontologiya falsafaning qanday bolimi?
4. Epistemologiya haqida o‘z tushunchangizni ayting.
Adabiyotlar
1. Билиш фалсафаси. - Тошкент: Университет, 2005. Б. 64.
2. Скирбекк Г., Гилье Н. Фалсафатарихи. -Тошкент: Шарк;, 
2002
.

3. Нурмонов А. Узбек тилшунослиги тарихи. - Тошкент: 
Узбеки стон, 2002.
4. Нурмонов А. Структур тилшунослик: илдизлари ва 
йуналишлари. - Тошкент: Таълим, 2009.
5. Нурмонов А., Искандарова Ш. Тилшунослик назарияси.
- Тошкент: Фан, 2008.
6. Бушуй Т. Сафаров Ш. Тил курилиши: та^лил методлари 
ва методологияси. -
Тошкент: 
Ф ан, 2007.
2 -M A V Z U : E M P IR IK V A R A T S IO N A L  
B I L I S H
Reja:
1. Bilish va uning turlari.
2. Empirik bilish va uning bilish tizimidagi o‘rni.
3. Ratsional bilish va uning imkoniyatlari.
4. Empirik va ratsional bilish o‘rtasidagi munosabat.
Tayanch so‘z va iboralar: empirik bilish, ratsional bilish, 
tushuncha, xulosa, hukm, muammo, faraz, nazariya.
Har qanday fan asosida kishilarning olamni bevosita 
kuzatishi yotadi. Inson o'zini qurshab turgan olam uzvlari- 
ni sezgi organlari yordamida his qiladi, boshqalariga so- 
lishtiradi, farqli va o‘xshash belgilarini aniqlaydi, so‘ngra 
muayyan xulosaga keladi. Demak, har bir fan insonlarning 
olamni kuzatishi, bilishi jarayonida, uning natijasida pay­
do boladi.
Fanning asosi bolgan bilish uzoq vaqtlardan buyon 
mutafakkirlarni qiziqtirib keladi. Jumladan, bizning bo- 
bokalonlarimiz ham bu sohada o'zlarining qimmatli fikrlarini 
bayon qilganlar.
Dunyo allomalari ichida ikkinchi muallim nomi bilan 
mashhur bolgan Forobiy bilishning ikki darajasini ajrata- 
di. Xususan, u «Ilmlarning kelib chiqishi to‘g‘risida» («Ixso 
al-ulum») asarida ilmning kelib chiqish sabablari haqida 
fikr yuritib, quyidagilarni bayon qiladi: «Olamda substan- 
siya (javhar) va aksidensiya (oraz) hamda substansiya va 
aksidensiyani yaratuvchi Marhamatli Ijodkordan boshqa 
hech narsa yo'qdir».

Forobiyning tilga olgan javhar va oraz haqidagi bu fikri 


bilish nazariyasida buyuk inqilob edi. Chunki bizni qur- 
shab turgan olam va uning unsurlari javhar va orazlar- 
ning o‘zaro dialektik munosabatidan tashkil topgandir.
Forobiy tilga olgan javhar va oraz tushunchalari ostida 
nima yotadi? Har qanday narsa dastlab bizning sezgi or- 
ganlarimizga ta’sir qiladi. Ana shu sezgi organlarimiz yor- 
damida his qilish mumkin bolgan belgilar oraz sanaladi. 
Oraz Aristotel falsafasidagi aksidensiyani bildiradi.
Forobiyning tushuntirishicha, orazni besh sezgi organ- 
lari yordamida his etamiz. Xususan, rang ko‘rish sezgi or- 
gani orqali; ovoz eshitish organi orqali; maza-ta’m - maza 
sezgi organi orqali; predmetlaming holati: sovuq-issiqligi, 
qattiq-yumshoqligi tana sezgisi orqali, hid hidlash organi 
orqali his etiladi. Bu sezgi organlari insondan tashqari 
hayvonlarda ham mavjuddir. Demak, yuqoridagi sezgi or­
ganlari barcha jonzotlarga xos. Ular orqali har qanday jonzot 
o‘zini qurshab turgan olamni amaliy biladi, unga moslashadi.
Har qanday fan amaliy bilish ustiga qo^ilgan nazariy 
bilimga asoslanadi. Bilish esa falsafa fanining asosi sana­
ladi. Nazariy falsafa asoschisi I.Kant uning oYganish pred- 
meti narsalar (tabiat va jamiyat) emas, balki insonning bilish 
faoliyatini ilm iy tekshirishdan, inson aqliy faoliyatini 
aniqlashdan iborat ekanligini talddlagan edi.
Falsafa insonning o‘z mohiyatini anglashi, borliqning 
turli sohalariga oid bolgan hodisa va voqealar haqida ular­
ning tub mohiyatini ifodalaydigan umumiy xulosalar chiqa- 
rishi demakdir. Falsafiy tafakkur olamdagi narsa va hodi- 
salarni fikrda umumlashtirib, o‘zaro bogliqlikda va rivojla- 
nishda o‘rganish, ularning mohiyatini chuqurroq va tola- 
roq bilishdir. Falsafa markazida borliq va uni bilish muam- 
mosi yotadi.
I.Kantning talddlashicha, bizning ongimizdan tashqa- 
rida, unga bogliq bolmagan holda «narsalar olami» mav­
jud. Bunday narsalami u «narsa o'zida» deb nomlaydi. Bilish 
ana shu «narsa o‘zida»ning sezgi organlarimizga ta’siri nati- 
jasida hosil boladi. Uning fikricha, sezgi organlarimizga 
ta ’sir qiladigan «narsa o ‘zida»ning sir-asrorlarini bilish 
mumkin emas.
Gegelning fikricha, dastlab olam va tafakkur ayniyati

bolgan va bu ayniyat dunyoning substansional (zotiy) aso- 


sini tashkil etgan. Tafakkur faqat subyektiv inson faoliyati- 
gina emas, balki obyektiv mohiyat, barcha mavjudotning 
birlamchi manbayi bolgan. Tafakkur modda, tabiat holida 
o‘zini «begonalashtiradi». «Absolut g‘oya»ning oliy taraqqiy- 
ot bosqichi «absolut ruh», ya’ni insoniyat, insoniyat tarixi 
sanaladi.
Gegel tarixiy jarayonning dialektik xarakterini tadqiq 
qilar ekan, til taraqqiyotiga alohida ahamiyat beradi. U tilni 
nazariy aqlning yaratuvchisi hisoblaydi, chunki til uning 
tashqi ifodasi sanaladi.
Insonning sezgi organlari yordamida hosil bolgan bilimi 
hissiy yoki amaliy bilish sanaladi. Bulardan tashqari, in­
son xayol surishi, nutq yordamida ham bilimga ega bolishi 
mumkin. Bilishning bu y o li quwayi notiqa va quwayi mu- 
tahayyila deyiladi. Notiqa quw ati boshqa barcha quwat- 
larning (sezgilarning) yetakchisidir.
Hissiy bilim bilish jarayonining markaziy nuqtasi sa- 
nalsa ham, lekin u ko‘pincha aldab qo‘yishi mumkin. 
Masalan, Quyosh Yer atrofida aylanayotganday ko‘rinadi, 
aslida esa aksincha.
Shuning uchun bizning ajdodlarimiz hissiy bilish bilan 
idrokiy bilishni ajratganlar. Idrokiy bilish hissiy bilimlarni 
solishtirish, qiyoslash, umumlashtirish, hissiy bilimlarning 
hosil bolishiga asos bolgan orazlar (aksidensiyalar) zami- 
rida yashiringan mohiyatni - javharni aniqlash orqali ho­
sil qilinadi. Masalan, tanada isitmaning k o‘tarilishini 
aniqlash hissiy bilim sanaladi. Lekin har qanday harorat 
o‘z-o‘zidan kolarilmaydi. Uning malum ichki sabablari bor. 
Ana shu sababni aniqlash isitmaga o'xshash, u bilan bogliq 
bolgan bir qancha hissiy bilimlarni solishtirish, qiyoslash, 
umumlashtirish orqali amalga oshiriladi va isitma niman- 
ing alomati ekanligi belgilanadi.
Solishtirish, qiyoslash, mantiqiy umumlashtirish orqali 
hosil qilingan bilim idrokiy, nazariy bilim sanaladi. Bu bilim 
orqali orazlar zamiridagi javhar belgilanadi. Har qanday 
fan ana shu belgilarni keltirib chiqaradi.
Bundan ko'rinadiki, hissiy (fahmiy) bilim tajriba, amali- 
yot, bevosita kuzatish bosqichi sanalib, haqiqiy nazariy 
(idrokiy) bilim amaliy bilimlarning o ‘zaro munosabatini

o‘rganish, umumlashtirish orqali hosil qilinadi va bu bi- 


limga ega bolish har qanday fanning bosh maqsadidir. 
Bilishning bu ikki bosqichi hozirgi davrda barcha fan va- 
killari tomonidan e ’tirof etiladi. Jumladan, tilshunoslikda 
ham bu ikki usulga amal qilinadi. Qaysi usulga tayanish- 
ga ko‘ra tilshunoslik amaliy va nazariy tilshunoslikka 
bolinadi.
Bilish faqat fan bilan chegaralanmaydi, fan inson bilish 
faoliyatining faqat bir qismini tashkil etadi. Inson o‘zini 
qurshab turgan obyektiv olamni doimo bilishga intiladi. 
Bilish diniy, afsonaviy, empirik va ratsional bolishi mumkin.
Kishilar olamning yaralishi, tabiat hodisalari, koinot va 
odamzot munosabati haqida fikr yuritganlar va ular haqi­
da turli bilimga ega bolganlar, ezgulik va yovuzlik kuchlari 
haqida xilma-xil afsonalar paydo bolgan. Olamning diniy 
va afsonaviy manzarasini yaratganlar.
Ilmiy bilish dinamik jarayondir. U rivojlanuvchi bilimlar 
sistemasi sanaladi. Shunday ekan, u bilishning turli bos- 
qichliligiga ega boladi. Olamning ilmiy manzarasini yara- 
tishda, uni ilmiy bilishda o‘zaro uzviy bogliq, bir-birini taqo­
zo qiluvchi ikki bosqich ajralib turadi: 1) empirik (amaliy) 
bosqich; 2) nazariy (ratsional) bosqich. Bilishning bu bos- 
qichlari o‘zaro bogliq bolishi bilan birga, o‘ziga xos jihat- 
lari bilan farq qiladi.

Yüklə 26,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin