Absolyut xatolikni asbob ko’rsatishining eng maksimal qiymatiga nisbatini
foizlarda olingani-keltirilgan xatolik deb ataladi.
Statik xatolik – vaqt mobaynida kattalikning o’zgarishiga bog’liq
bo’lmagan xatolikdir. O’lchash vositalarining statik xatoligi shu vosita bilan
o’zgarmas kattalikni o’lchashda hosil bo’ladi.
Dinamik xatoliklar – o’lchanayotgan kattalikning vaqt mobaynida
o’zgarishiga bog’liq bo’lgan xatoliklar sanaladi. Dinamik xatoliklarning vujudga
kelishi o’lchash vositalarining o’lchash zanjiridagi tarkibiy elementlarning
inertsiyasi tufayli deb izohlanadi. Bunday o’lchash zanjiridagi o’zgarishlar oniy
tarzda emas, balki muayyan vaqt davomida amalga oshirilishi asosiy sabab bo’ladi.
Kelib chiqish sababi (sharoiti)ga qarab: asosiy va qo’shimcha xatoliklarga
bo’linadi.
Normal (graduirovka) sharoitda ishlatiladigan asboblarda hosil bo’ladigan
xatolik asosiy xatolik deyiladi. Normal sharoit deganda temperatura 25
Dostları ilə paylaş: